If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Fermentlar. Takrorlash.

Asosiy atamalar

AtamaMaʼnosi
KatalizatorReaksiya tezligini oshirib, lekin reaksiya davomida oʻzi oʻzgarmasdan qoladigan modda
FermentBiologik katalizator (koʻpincha oqsillar)
SubstratFerment taʼsir koʻrsatadigan reaksiyaga kirishuvchi molekula
Faol nuqtaFermentning substrat birikuvchi qismi

Fermentlarning tuzilishi va vazifasi

Fermentlar katalizatorlar boʻlib, odatda ular oqsil, baʼzida RNK molekulalari ham boʻlishi mumkin.
Fermentlar reaksiya sodir boʻlishi uchun kerakli energiya miqdori – aktivlanish energiyasini pasaytiradi. Ular buni substratga yopishish va reaksiyani unumliroq qilish orqali amalga oshiradi.
Reaksiya koordinatalari diagrammasi reaksiya jarayonini katalizatorli va katalizatorsiz holatda koʻrsatmoqda. Katalizatorsiz reaksiyaga qaraganda katalizatorli reaksiyaning aktivlanish energiyasi kamroq.
Rasm OpenStax, CC BY 3.0 dan oʻzgartirib olingan.
Fermentning substratga birikuvchi qismi faol nuqta deb ataladi. Bu holatda ferment tuzilishini biroz oʻzgartiradi va ferment/substrat kompleksini hosil qiladi.

Ferment faolligiga taʼsir etuvchi omillar

Fermentning faolligiga turli xil omillar – harorat, pH va konsentratsiya taʼsir qilishi mumkin.
Fermentlar oʻziga xos temperatura va pH koʻrsatkichlarida oʻz funksiyasini bajara oladi. Agar koʻrsatkichlar ushbu optimal darajadan ortsa yoki kamaysa, ferment substratga birikish qobiliyatini yoʻqotadi.
  • Harorat: haroratning ortishi reaksiya tezligini oshiradi, tushishi esa reaksiyani sekinlashtiradi. Lekin oʻta yuqori haroratlarda fermentlar oʻz tuzilishini oʻzgartiradi (denaturatsiyaga uchraydi) va faoliyatini toʻxtatadi.
  • pH: har bir ferment oʻzining optimal pH koʻrsatkichiga ega. Ushbu koʻrsatkichning oʻzgarishi ferment faolligini pasaytiradi. pH ning yuqori koʻrsatkichlarida fermentlar denaturatsiyaga uchrashi mumkin.
  • Ferment konsentratsiyasi: Ferment konsentratsiyasini oshirish uning substratga birikishini oshiradi va bu reaksiya tezligini oshiradi. Hamma substrat birikkandan keyin reaksiya tezligi oshishdan toʻxtaydi, chunki ortiqcha ferment birikishi uchun ortiqcha substrat qolmaydi.
  • Substrat konsentratsiyasi: Substrat konsentratsiyasini oshirish ham reaksiyaning tezligini maʼlum miqdorda oshiradi. Hamma fermentlar substratga birikib boʻlgandan soʻng reaksiya maʼlum miqdorda oshadi, lekin har qanday ortiqcha substrat miqdorining ortishi reaksiya tezligiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Fermentlar “maxsus” boʻladi. Har bir ferment turi oʻziga xos bir yoki bir nechta substrat bilan reaksiyaga kirishadi. Baʼzi fermentlar judayam maxsus boʻlib, faqat bir turdagi substrat bilan taʼsirlashadi. Boshqa fermentlar esa tarkibidagi bogʻ turlari va funksional guruhlarga qarab bir necha turdagi molekulalar bilan taʼsirlashadi.
Enzimning faol nuqtasiga birikayotgan substrat.
Rasm OpenStax College, BiologyCC BY 3.0 ning “Fermentlar: 2-surat”idan oʻzgartirib olindi.
  • Fermentlarni qayta qoʻllash mumkin. Fermentlar reaksiyaga kirishmaydi, shu sababli ular oʻzgarishsiz qoladi. Ferment substratga birikib, reaksiya tezligini oshirgandan soʻng ferment ajraladi, oʻzgarishsiz qolib, qayta ishlatilishi mumkin. Bu reaksiya borishi uchun 1:1 nisbatda ferment va substrat talab etilmasligini anglatadi.