If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Odamning ekotizimga taʼsiri. Takrorlash.

Asosiy atamalar

TushunchaMaʼnosi
Biologik xilmaxillikEkotizimdagi organizmlarning xilmaxilligi
Qayta tiklanadigan manbalarIshlatilganidan soʻng tezda oʻrni toʻldiriladigan manbalar
Qayta tiklanmaydigan manbalarTaʼminoti cheklangan manbalar, chunki ulardan oʻrni toʻldirilishiga qaraganda tezroq surʼatda foydalaniladi
Himoyalash (saqlab qolish)Yerning biologik xilmaxilligi yoʻqolishi sabablarini va uning oldini olish usullarini oʻrganish
Qirilib ketishTurning barcha aʼzolari yoʻq boʻlib ketadigan jarayon
Yoʻqolib borayotgan turlarYoʻqolib ketish jarayoni boshlangan turlar
Biologik xilmaxillikning qaynoq nuqtasiYuqori bioxilmaxillikni oʻz ichiga olgan, shuningdek, qirilib ketish xavfi ostidagi biogeografik hudud
Iqlim oʻzgarishiYer iqlimidagi oʻlchanadigan uzoq muddatli oʻzgarishlar

Insonning biologik xilmaxillikka taʼsiri

Inson faoliyati sayyoramizning biologik xilmaxilligi uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Buning sababi shundaki, populyatsiyaning oʻsishi hozirgi vaqtga qadar eksponensial boʻlib kelgan, demak, uning oʻsish surʼati populyatsiya sonidan qatʼi nazar oʻzgarishsiz qolmoqda. Bu populyatsiya tezroq va tezroq oʻsgani sayin uning kattalashishini taʼminlaydi.
Populyatsiya maʼlum vaqt davomida eksponensial oʻsishi mumkin, ammo ular resurs imkoniyatlari cheklangani tufayli maksimal sigʻimiga yetadi. Shunga qaramasdan, odamlar oʻsib borayotgan aholini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hisobiga maksimal sigʻimini oshirishda davom etadi.
Bu biologik xilmaxillikka tahdid soladi, chunki odam qancha koʻp boʻlsa, boshqa turlarni shuncha koʻp yoʻq qiladi va turlar boyligini kamaytiradi.

Odamlar tufayli biologik xilmaxillikning yoʻqolishi sabablari

Resurslarni qazib olish yoki urbanizatsiya uchun oʻrmonlarni yoʻqotish mahalliy organizmlarni yoʻq qilishi mumkin.
Madagaskarda oʻrmonni yoʻq qilish. Wikimedia, CC BY 4.0.
  • Yerdan foydalanishni oʻzgartirish: odamlar resurslarni qazib olish va hududlarni shaharlashtirish(urbanizatsiyalash) hisobiga tabiiy landshaftlarni buzishi mumkin. Bu zararli, chunki u oʻtroq turlarni yoʻq qiladi, mavjud yashash joylari va oziq-ovqat manbalarini kamaytiradi.
  • Ifloslanish: kimyoviy moddalarni chiqindiga aylantirish yoki oqova suvlarga ajratish yoki energiya manbalari (shovqin va nurli ifloslanish) oqibatida ifloslanish yuz berishi mumkin.
  • Joriy qilingan turlar: odamlar ataylab yoki bexosdan mahalliy boʻlmagan turlarni ekotizimga kiritishlari mumkin. Bu ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatadi, chunki joriy qilingan turlar mahalliy organizmlarni yoʻq qilishi va ularni joyidan siqib chiqarishi mumkin.
  • Resurslardan foydalanish: odamlar doimiy ravishda resurslardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadi. Baʼzi bir misollarga koʻmir kabi tabiiy boyliklarni qazib olish, hayvonlar (xususan, baliqlar)ni ozuqa sifatida ovlash, urbanizatsiya va yogʻochdan foydalanish uchun oʻrmonlarni qirish kiradi.
* Qayta tiklanmaydigan manbalar, masalan, qazib olinadigan yonilgʻi mahsulotlaridan haddan tashqari koʻp foydalanish atrof-muhit uchun zararli boʻlishi mumkin. Qayta tiklanmaydigan manbalardan tayyorlangan mahsulotlar (masalan, neftdan yasalgan plastmassa)dan takror foydalanish ushbu manbadan foydalanishning salbiy taʼsirini kamaytirishning bir usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, quyosh yoki shamol energiyasi kabi qayta tiklanadigan manbalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish resurslardan foydalanishning zararli taʼsirini kamaytirishga yordam beradi.

Iqlim oʻzgarishi va bioxilmaxillik

Hozir yer yuzida yuz berayotgan iqlim oʻzgarishi global haroratning oshishi bilan bogʻliq.
Inson faoliyati butun atmosferani tarixda yuz bergan har qachongi oʻzgarishdan ham tezroq oʻzgartirmoqda.
Yonilgʻining sanoatda va transport vositalarida yoqilishi atmosferaga karbonat angidrid va boshqa issiqxona gazlarini chiqaradi.
Yonilgʻi yonishi. Rasm olingan manba: OpenStax, CC BY 4.0.
Qazib olinadigan yonilgʻining yonishi va chorvachilikning koʻpayishi atmosferada koʻp miqdordagi issiqxona gazlarining (karbonat angidrid va metan kabi) toʻplanishiga olib keldi. Issiqxona gazlarining yuqori konsentratsiyasi biosferada koʻp issiqlikni ushlaydi va global isishga sabab boʻladi. Bu oʻz navbatida iqlim oʻzgarishiga olib keladi.
Sanoatlashtirish boshlanganidan beri atmosferada CO2 konsentratsiyasi doimiy ravishda oshib bordi.
Vaqt oʻtishi bilan atmosfera CO 2 miqdorining ortishi. Rasm olingan manba: OpenStax, CC BY 4.0.
Iqlim oʻzgarishi atrof-muhitga shu qadar taʼsir qiladiki, u organizmni qoʻllab-quvvatlay olmaydi, ular moslashishi, koʻchishi yoki oʻlib ketishi mumkin. Shu sababli iqlim oʻzgarishi biologik xilmaxillikka katta taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Himoya qilish (saqlab qolish)

Himoya qilish harakatlari turlar va ular yashaydigan joylarni himoya qilishga qaratilgan. Turli xil tabiatni saqlash harakatlari mavjud.
Turlarni himoya qilish – bu yoʻq boʻlib ketishga qarshi kurashning bir usuli. Yoʻqolib ketish tabiiy jarayon boʻlsa-da, u odatda kutilganidan koʻra ancha tezroq va yuqori surʼatda sodir boʻladi.
Mahalliy, milliy va xalqaro qonunlarning yaratilishi yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlar yoʻqolishining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, turlarni koʻpaytirish boʻyicha dasturlar yoʻqolib borayotgan turlarning sogʻlom populyatsiyasini himoyada saqlab qolish orqali yoʻqolib borayotgan turlarni himoya qilishga yordam beradi.
Bioxilmaxillikni saqlash uchun yashash joylarini saqlash va tiklash muhimdir. Bu himoya qilinadigan turlarning yashash joylariga ega boʻlishini taʼminlaydi.
Xullas, bitta yashash muhitini saqlab qolish keskin taʼsirga ega va butun ekotizimni himoya qilishga yordam beradi. Olimlar himoya qilishda ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan bir nechta bioxilmaxillikning qaynoq nuqtalarini aniqladi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Hozir qirilib ketish darajasi tabiiy yoʻq boʻlib ketish darajasidan 1 000-10 000 baravar yuqori. Baʼzi odamlar yoʻq boʻlib ketish favqulodda muammo emas deb hisoblaydi, ammo aslida bu har qachongidan ham dolzarbdir! Tarixda tabiiy yoʻq boʻlib ketish darajasi yiliga 1-5 tacha atrofida boʻlgan. Inson taʼsiri bu koʻrsatkichning ancha yuqori darajaga koʻtarilishiga olib keldi va bioxilmaxillik muvozanatining buzilishiga sabab boʻldi.
  • Issiqxona taʼsirining barchasi ham salbiy emas. Biz issiqxona gazlarining keltirib chiqarayotgan salbiy taʼsiri (global oʻzgarish) haqida gapirayotgan boʻlsak-da, issiqxona effekti tabiiy maqsadga, yaʼni Yerdagi hayotni qoʻllab-quvvatlaydigan issiqlikni saqlash uchun xizmat qiladi. Muammo haddan tashqari issiqlik toʻplanganda yuzaga keladi, bu esa oʻrtacha global haroratning oshishiga sabab boʻladi.
  • Bir kishi bioxilmaxillikka taʼsir qilishi mumkin. Garchi biologik xilmaxillikning yoʻqolishi katta miqyosdagi muammo boʻlishi mumkin boʻlsa-da, biologik xilmaxillikka tahdidlarni kamaytirish yakka shaxsdan boshlanishi mumkin. Mahsulotlarni qayta ishlatish yoki qayta ishlash, hatto barqaror oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish kabi kichik harakatlar natija berishi mumkin. Yaʼni agar har bir kishi bunday ishlarni amalga oshirsa, ular qoʻshilib, ozgina boʻlsa-da biologik xilmaxillikning yoʻqotilishini kamaytirishga yordam beradi.