Agar siz ushbu xabarni oʻqiyotgan boʻlsangiz, demak, saytimizga tashqi resurslarni yuklashda muammolarga duch kelmoqdamiz.

If you're behind a web filter, please make sure that the domains *.kastatic.org and *.kasandbox.org are unblocked.

Asosiy kontent

Biogeokimyoviy jarayonlar. Takrorlash.

Asosiy atamalar

TushunchaMaʼnosi
Biogeokimyoviy siklJonli va jonsiz shakllar oʻrtasida elementlar yoki birikmalarning harakatlanish usullari
Oziq moddaOrganizm hayotining davomiyligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan elementlar
GidrosferaYer yuzidagi suv mavjud boʻlgan joylar toʻplami
GeosferaYer yuzasida va ostida joylashgan barcha qattiq jismlar
Cheklovchi ozuqaviy moddaTaʼminoti kam boʻlgan va oʻsishni cheklay oladigan ozuqa modda

Biogeokimyoviy sikllar

Materiya (modda) trofik sathlar boʻylab harakatlanadi va elementlar biogeokimyoviy sikllar yordamida ekotizimlar orasida qayta aylanadi.
Ozuqa moddalari ekotizim orqali aylanar ekan, ular hosil qiladigan birikmalar oʻzgargan koʻrinishda boʻladi.

Suvning aylanishi

*Suv aylanishi murakkab jarayon boʻlib, u suvning agregat holati oʻzgarishi, shuningdek, suvning ekotizim ichidagi va ekotizimlararo harakatiga bogʻliq.
Gidrosfera katta va xilma-xil. Suv yer yuzida va yerosti qismida suyuq holatda, qutb muz qoplamalari va muzliklardagi muz shaklida, shuningdek, atmosferada bugʻ shaklida boʻladi.
Suvning aylanishi. Rasm olingan manba: NOAA National Weather Service, CC BY 2.0.
Odatda suv molekulalari atmosferaga bugʻ holatida qaytadi, chunki ular bugʻlanish orqali suv havzalaridan yoki transpiratsiya orqali oʻsimliklarning barglari ogʻizchalaridan chiqib ketadi.
Suv bugʻlari atmosfera orqali harakatlanishi mumkin. Bugʻ sovuganda kondensatlanib, bulutlarda tomchilarni hosil qiladi va yomgʻir yoki qor kabi yogʻingarchiliklarga olib keladi.

Uglerod aylanishi

Uglerod tirik organizmlar tanasining asosiy tarkibiy elementidir. Hozirgi zamon odamlari uchun qazilma yonilgʻi sifatida ham muhim iqtisodiy ahamiyatga ega.
Uglerodning aylanishi. Rasm olingan manba: OpenStax, CC BY 4.0.
Avtotroflar (hosil qiluvchilar) uglerodni atmosferadan karbonat angidrid holida fotosintez orqali oʻzlashtiradi va undan glyukoza kabi organik birikmalar hosil qilish uchun foydalanadi. Geterotroflar (isteʼmolchilar), masalan, odamlar organik molekulalarni isteʼmol qiladi, natijada organik uglerod oziq-ovqat zanjirlari boʻylab harakatlanadi.
Uglerod avtotroflar yoki geterotroflarda kechuvchi hujayraviy nafas olish hisobiga yana atmosferaga chiqariladi yoki redutsentlar oʻlik organizmlarning tanalarini chiritganda uglerod atmosferaga qaytariladi.
Yonilgʻini yoqish kabi inson faoliyati ham atmosferaga uglerodni qaytarishi mumkin.
Uglerod oʻlik organik materiya (borliq) koʻmilib, parchalanganda geosferaga oʻtadi. Oxirida qazilma yonilgʻi yaratadigan bu jarayon million yillar davomida kechishi mumkin.

Azot aylanishi

Azot barcha tirik organizmlar uchun muhim oziq moddadir, chunki u oqsillarda, DNK va RNK tarkibida boʻladi.
Azotning aylanishi. Rasm quyidagi manzildan olingan: OpenStax*, CC BY 4.0.
Azot atmosferada gaz sifatida mavjud. Azotni biriktirishda bakteriyalar azot gazini ammiakka, oʻsimliklar foydalanishi mumkin boʻlgan azotga aylantiradi. Hayvonlar oʻsimliklarni isteʼmol qilganda ular azotli birikmalarga ega boʻladi. Baʼzi bakteriyalar, shuningdek, denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar denitrifikatsiya jarayoni orqali energiya oladi, unda nitratni erkin azot gaziga aylantiradi, keyin esa atmosferaga ajratadi.
Azot tabiatda (va qishloq xoʻjaligida) keng tarqalgan cheklovchi ozuqaviy moddadir. Mavjud azot bilan taʼminlanish kamayganda birlamchi ishlab chiqarish va parchalanish kabi koʻplab jarayonlar sekinlashadi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Har birozuqa moddasi ham ushbu sikllardan bir xil tarzda oʻtmaydi. Odamlar koʻpincha biogeokimyoviy sikllar chiziqli va har bir atom yoki molekula sikldan bosqichma-bosqich oʻtadi deb oʻylashadi. Biroq bu toʻgʻri emas. Xuddi shu atom yoki molekula siklning bir bosqichida uzoq vaqt davomida saqlanishi, ikki bosqich orasida aylanib yurishi yoki har bir bosqichdan oʻtishi mumkin.
  • Qazilma yonilgʻilari qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Qazilma yonilgʻisini yaratadigan jarayon tabiiy ravishda va doimiy ravishda sodir boʻlayotgan boʻlsa ham, qazib olinadigan yonilgʻilar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi, chunki ulardan foydalanish geologik jarayonlar natijasida ularning hosil boʻlishiga qaraganda tezroq boʻladi.