Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 5
Lesson 2: No-Mendel (Mendelga xos boʻlmagan irsiylanish)- Kodominantlik va chala dominantlik
- Koʻplab allellar, chala dominantlik va kodominantlik
- Pleyotropiya va letal allellar
- Poligen irsiylanish va ekologik taʼsirlar
- No-Mendel irsiylanish haqida takrorlash
- No-Mendel (Mendelga xos boʻlmagan irsiylanish)
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
No-Mendel irsiylanish haqida takrorlash
Asosiy atamalar
Atama | Maʼnosi |
---|---|
Chala dominantlik | Bir allelning ikkinchi allel ustidan toʻliq ustunlik qilmasligi |
Kodominantlik | Geterozigota organizmda ikkita allelning teng namoyon boʻlishi |
Koʻp allellik | Bitta genning ikkitadan ortiq allelga ega boʻlishi |
Pleyotropiya | Bitta gen bir nechta belgiga taʼsir qilishi |
Letal allellar | Organizm oʻlimiga olib keluvchi allellar |
Poligen irsiylanish | Bitta belgining bir nechta gen tomonidan ifodalanishi |
Bitta genga oid chetlanishlar
Bitta genga oid Mendel qonunlaridagi bir nechta chetlanishlar.
- Chala dominantlik. Ikki xil allelning birga kelishi bir belgini toʻliq yuzaga chiqarish oʻrniga oraliq fenotipni namoyon qilishi mumkin.
Bunga misol qilib namozshomgul oʻsimligini olishimiz mumkin. Gomozigota oq gulli ( ) oʻsimlik bilan gomozigota qizil gulli ( ) oʻsimlikni chatishtirish natijasida pushti gulli ( ) oʻsimliklar olinadi.
- Kodominantlik. Fenotipni namoyon qilishda bitta allel oʻrniga ikkita allelning barobar yuzaga chiqishi.
Baʼzi joʻja turlarida patning qora rangi bilan oq rangi oʻzaro kodominantlik qiladi. Qora hamda oq joʻja oʻrtasidagi chatishish natijasida oq hamda qora aralash patli joʻjalar paydo boʻladi.
- Koʻp allellik. Mendel noʻxat oʻsimligida genlarning ikkita allelini oʻrgangan boʻlsa-da, koʻp hollarda organizmlarda bir gen ikkitadan ortiq allelga ega boʻlishi mumkin.
Bunga misol qilib quyonlardagi teri rangini ( geni) olish mumkin. Bunda toʻrt xil: , , va allellar uchraydi.
- Pleyotropiya. Bir gen bitta emas, balki bir nechta belgiga taʼsir etishi mumkin.
Bunga misol qilib Marfan sindromini olishimiz mumkin. Bu kasallikning bir nechta (boʻyning uzunligi, qoʻl hamda oyoq barmoqlarining uzunligi, koʻz dislokatsiyasi va yurak nuqsonlari kabi) simptomlari uchraydi. Bu belgilar oʻzaro bogʻliq boʻlmasa-da, hammasining asosi bitta gen mutatsiyasiga borib taqaladi.
- Letal allellar Baʼzi allellar gomozigota yoki geterozigota holatda organizm yashovchanligini kamaytirishi mumkin.
Organizm yashovchanligiga taʼsir etuvchi letal allellarning klassik misoli sichqonlarda spontan ravishda hosil boʻluvchi terining sariq rangi mutatsiyasidir. Gomozigota genotipli ( ) sichqonlar odatda embrional rivojlanishning dastlabki bosqichlarida nobud boʻladi. Garchi bu holatda letal allel dominant boʻlsa-da, aslida letal allellar dominant ham, retsessiv ham boʻlishi va gomozigota yoki geterozigota koʻrinishda yuzaga chiqishi mumkin.
Poligen irsiylanish hamda tashqi muhit taʼsiri
Aksariyat boʻy uzunligi, teri hamda koʻz rangi va har xil kasalliklarga moyillik kabi belgilar turli xil omillar taʼsiri ostida boʻladi. Bu omillar genetik yoki tashqi muhit omillari yoki ikkalasi birgalikda boʻlishi mumkin.
- Poligen irsiylanish. Ayrim belgilar poligen, yaʼni bir nechta gen taʼsirida ifodalanish xususiyatiga ega. Poligen irsiylanishda belgilar aniq bir turda boʻlmaydi, balki fenotipik xilmaxillikni hosil qiladi.
Bunga bir nechta genlar tomonidan boshqariluvchi odam terisi rangini misol qilib keltirishimiz mumkin.
- Tashqi muhit taʼsiri. Hozirgi kundagi koʻp belgilar faqatgina genotip emas, balki tashqi muhit omillari taʼsirida ham shakllanadi. Oʻz navbatida tashqi muhit omillari genotip fenotipni qanday koʻrinishda ifodalashiga ham hissa qoʻshadi.
Bunga gortenziya oʻsimligini misol qilishimiz mumkin. Genotipi bir xil oʻsimlik gullari tuproq pH koʻrsatkichiga qarab koʻk rangdan pushti ranggacha boʻlishi mumkin.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Baʼzilar pleyotropiya hamda poligen irsiylanishni chalkashtiradi. Bu ikkala holat oʻrtasidagi farq shundaki, pleyotropiyada bitta gen bir nechta belgiga taʼsir koʻrsatsa (masalan, Marfan sindromi), poligen irsiylanishda bitta belgi bir nechta gen taʼsirida rivojlanadi (odamdagi teri rangi).
- Kodominantlik va chala dominantlik farqli tushunchalardir. Kodominantlikda bitta allel ikkinchisi ustidan dominantlik qilmaydi, shunga koʻra geterozigota genotipda ikkalasi teng ravishda namoyon boʻladi. Chala dominantlikda esa oraliq xarakterli belgi hosil boʻladi (oq hamda qizil guldan pushti oʻsimlik hosil boʻlishi).
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.