Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Hujayra membranasi. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Taʼrif |
---|---|
Hujayra membranasi | Hujayraning ichki muhitini oʻrab turib, hujayradan chiqadigan va unga kiradigan moddalalarni nazorat qiluvchi maxsus tuzilma |
Gidrofob | Suvni itaruvchi molekula (“suvdan qoʻrquvchi”) |
Gidrofil | Suvga tortiluvchi molekula (“suvni sevuvchi”) |
Amfipatik | Gidrofil va gidrofob qismlar tutuvchi molekula |
Fosfolipid | Glitserin, ikkita yogʻ kislota qoldigʻi va fosfat guruhidan iborat amfipatik lipid |
Fosfolipid qoʻshqavat | Dumlari ichkariga qaragan ikki qavat fosfolipidlardan tuzilgan biologik membrana |
Yarimoʻtkazuvchi membrana | Ayrim moddalarni oʻtkazadigan membrana |
Hujayra membranasining tuzilishi va vazifasi
Hujayra membranasi – yarimoʻtkazuvchi (yoki tanlab oʻtkazuvchi). U turli lipid, oqsil va uglevodlar bilan birgalikda fosfolipid qoʻshqavatdan tuzilgan.
Har bir fosfolipid amfipatik boʻlib, ikkita gidrofob dum va gidrofil bosh qismlaridan iborat. Gidrofob dumlar ichkarida bir-biriga qarab joylashadi, gidrofil bosh qismi esa tashqariga qarab joylashadi.
Hujayra membranasining oʻziga xos xususiyati u orqali kichik moddalarning (kislorod yoki karbonat angidrid) oson oʻtishiga imkon beradi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Gidrofob dumlar ichkariga va gidrofil boshlar tashqariga qarab joylashadi. Agar siz buni esdan chiqarib qoʻysangiz, “fobiya” soʻzi “qoʻrquv” maʼnosini anglatishini eslang. Gidrofob dumlar suvdan qoʻrqadi, shuning uchun ular hujayra tashqarisi va ichkarisidagi suvli eritmalardan iloji boricha uzoqroq boʻlishga harakat qiladi.
- Hujayra membranasi fosfolipid qoʻshqavatdan tuzilgan, lekin bu ikki atama bir narsa emas. Hujayra membranasining bir qismi ikki qavat fosfolipid molekulalaridan tuzilgan. Lekin hujayra membranasi oqsil va uglevod singari makromolekulalar ham tutadi. Shu sababli hujayra membranasi fosfolipid qoʻshqavatdan tuzilgan deyishimiz mumkin, lekin membrana faqat fosfolipidlardan tuzilgan deya olmaymiz.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.