Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 2
Lesson 5: Prokariotlar va eukariotlarProkariotlar va eukariotlar. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Maʼnosi |
---|---|
Endosimbioz nazariyasi | Ushbu nazariyaga koʻra, eukariot hujayralar prokariot hujayralarning oʻzaro simbioz aloqalari natijasida paydo boʻlgan |
Eukariot va prokariot hujayralar bir-biridan qanday farq qiladi?
Prokariotlar | Eukariotlar | ||
---|---|---|---|
Genetik maʼlumot | DNK halqasimon boʻlib, sitoplazmada joylashgan | DNK chiziqli boʻlib, yadroda joylashgan | |
Organoidlar | Yadro yoki boshqa membranali organoidlarga ega emas | Yadro va membaranali organoidlarga ega (masalan: mitoxondriya, xloroplast, Golji apparati, endoplazmatik toʻr) | |
Oʻlchami | Kichik (1–5 mikrometr) | Kattaroq (10–100 mikrometr) | |
Organizmlar | Bakteriya/koʻk yashil suvoʻtlar | hayvonlar, oʻsimliklar, zamburugʻlar va sodda hayvonlar | |
Hujayra tuzilishi | Doimo bir hujayrali | Bir yoki koʻp hujayrali boʻlishi mumkin |
Endosimbioz nazariyasi nima?
Eukariot hujayralar tuzilishidagi murakkablikni tushuntiruvchi nazariyalardan biri endosimbioz nazariyasidir.
Yuqoridagi nazariyaga koʻra, mitoxondriya va xloroplastlar dastlab erkin yashovchi prokariotlar boʻlib, keyinchalik xoʻjayin hujayrada birgalikda yashay boshlagan. Vaqt oʻtishi bilan bir-birisiz yashay olmasligi tufayli ular birgalikda rivojlangan.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Eukariotlar bir hujayrali ham boʻlishi mumkin. Aksariyat odamlar eukariotlarni koʻp hujayrali deb oʻylaydi, lekin har doim ham bu holat kuzatilmaydi. Prokariotlar har doim bir hujayrali boʻlsa-da, eukariotlar ham bir hujayrali, ham koʻp hujayrali boʻlishi mumkin. Masalan, sodda hayvonlarning koʻpchiligi bir hujayralidir!
- Prokariot hujayralar yadroga ega boʻlmasa-da, ularda genetik maʼlumot mavjud. Koʻpincha prokariotlarda genetik maʼlumot halqasimon koʻrinishdagi xromosomalarda joylashadi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.