Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 2
Lesson 1: Hujayralarga kirishHujayralarga kirish. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Tushuncha |
---|---|
Hujayra | Hayotning eng kichik tiriklik birligi |
Hujayra nazariyasi | Hujayralar va barcha tirik organizmlar orasidagi bogʻliqlikni tushuntirib beradi |
Mikroskop | Inson koʻzi bilan koʻrish qiyin boʻlgan kichik narsalarni kattalashtirib beruvchi asbob |
Oddiy yorugʻlik mikroskopi | Obyektni kattalashtirish uchun koʻrinadigan yorugʻlik nuri va bitta linzadan foydalanadigan mikroskop uskunasi |
Murakkab yorugʻlik mikroskopi | Obyektni kattalashtirish uchun koʻrinadigan yorugʻlik nuri va koʻplab linzalardan foydalanadigan mikroskop uskunasi |
Elektron mikroskop | kattalashtirilgan tasvirni hosil qilish uchun elektronlar oqimidan foydalanadigan mikroskop uskunasi |
Hujayraning kashf etilishi va hujayra nazariyasi
Vaqt | Hodisa |
---|---|
1600-yillarning boshi | Robert Guk dastlabki mikroskoplardan foydalangan holatda oʻlik hujayralarni kashf etdi. |
1600-yillarning oxiri | Anton von Levenguk mikroskopni biroz takomillashtirgan holatda bakteriya kabi tirik hujayralarni ham koʻrishga muvaffaq boʻldi. |
1800-yillarning boshi | Matias Shleyden va Teodor Shvann barcha tirik organizmlar hujayralardan tashkil topgan va hujayralar boshqa hujayralardan hosil boʻladi degan xulosaga keldi. |
1800-yillarning oʻrtalari | Rudolf Virxov barcha hujayralar oldin mavjud hujayralardan hosil boʻlishini taʼkidladi. (Bu fikr polshalik olim Robert Remakdan oʻgʻirlangani haqida ham dalillar mavjud.) |
Bu hodisalar zamonaviy hujayra nazariyasi yaratilishiga yoʻl ochib berdi, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Barcha tirik organizmlar bitta yoki koʻp hujayralardan tashkil topgan.
- Hujayra hayotning asosiy birligi hisoblanadi.
- Yangi hujayralar oldin mavjud boʻlgan hujayralardan hosil boʻladi.
Hujayralarni koʻrish (tekshirish)
Hujayralarni tekshirish uchun olimlar mikroskop deb ataladigan kattalashtiruvchi asboblardan foydalanishlari kerak.
Oddiy yorugʻlik mikroskoplari, masalan, kattalashtiruvchi lupalar hujayralarni tekshirish uchun yetarli kuchga ega emas. Shu sababli hujayralarning mayda tuzilmalari yoki kichik obyektlar, masalan, viruslarni tekshirish uchun olimlar murakkab yorugʻlik mikroskopi yoki elektron mikroskoplardan foydalanishlari kerak.
Yorugʻlik mikroskopi va elektron mikroskopni solishtirish
Yorugʻlik mikroskopi | Elektron mikroskop |
---|---|
Koʻrinadigan nurdan foydalanadi | Elektronlar oqimidan foydlanadi |
Kamroq aniqlik va kattalashtirishga ega | Yuqori aniqlik va kattalashtirishga ega |
Oʻlik yoki tirik hujayralarni tekshiradi | Oʻlik hujayralarni tekshiradi |
Arzon, ixcham | Qimmat, juda katta |
Koʻp uchrovchi xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Barcha hujayralar bir xil emas. Hujayralar hayotning asosiy birligi boʻlishiga qaramasdan, koʻp hujayrali organizm koʻplab turdagi hujayralardan iborat boʻladi. Ayrim hujayralar maxsus vazifalarni bajarishga moslashgan boʻlib, bu ularga boshqa hujayralar bilan birgalikda organizmning biologik funksiyasini amalga oshirishga yordam beradi. Barcha hujayralar ham bir xil shakl va oʻlchamga ega emas. Masalan, sperma hujayralari muskul hujayralariga nisbatan ancha kichik oʻlchamga ega.
- Hujayralar eng kichik tirik narsalar hisoblanadi, lekin ulardan ham kichik narsalar mavjud. Hujayralar faqat mikroskopda koʻrinadigan darajada kichik, lekin hujayralar biz bilgan ayrim moddalardan ancha yirik. Misol uchun, hujayralar koʻplab atomlardan tashkil topgan, demak, ular makromolekulalar va viruslardan ancha katta ekan!
- Barcha mikroskoplar ham kattalashtiruvchi oynalardan iborat emas! Kattalashtiruvchi oynalar faqatgina bitta linzadan iborat boʻlgani sababli oddiy mikroskop vazifasini bajaradi. Lekin murakkab mikroskoplar ham mavjud. Bir nechta linzalarga ega boʻlgan murakkab mikroskoplar bor va ular yorugʻlikni tutib qolib, oddiy mikroskopga qaraganda ancha kattalashtirilgan rasmlarni hosil qila oladi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.