Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 2
Lesson 4: Eukariot hujayra tuzilmalariEukariot hujayra tuzilmalari. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Taʼrif |
---|---|
Hujayra | Tirik organizmlarning eng kichik tuzilish birligi |
Organella | Maxsus vazifani bajaruvchi hujayraning maxsus tuzilmasi |
Eukariotlardagi maxsus organoidlar
Organella | Funksiyasi |
---|---|
Yadro | Genetik maʼlumotni oʻzida saqlaydi, hujayradagi barcha jarayonlarni boshqaradi |
Endoplazmatik toʻr(ET) | Membrana va kanallar toʻplamidan iborat boʻlib, u orqali hujayra boʻylab moddalar tashiladi; u oqsillarni qayta ishlash va lipid sintezida muhim ahamiyatga ega; ikki qismga boʻlinadi: donador endoplazmatik toʻr (ribosomalarga ega) va silliq endoplazmatik toʻr (ribosomaga ega emas) |
Golji apparati | Gʻovak membranalar tizimidan iborat boʻlib, oqsillarni qadoqlaydi va turiga qarab ajratadi |
Mitoxondriya | Uglevodlarni parchalab, hujayra uchun energiya hosil qiladi |
Xloroplast | Yorugʻlik hisobiga ozuqa moddalar hosil qiladi |
Vakoula | Suv, ozuqa hamda keraksiz moddalar toʻplanadigan joy; oʻsimliklarda katta vakoula oʻsimlik shaklini saqlab turadi |
Lizosoma | Yirik molekulalarni parchalab, ularni hazm qiladi |
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Oʻsimlik hujayralari mitoxondriyaga ham, xloroplastlarga ham ega. Baʼzilar hayvon hujayrasi faqat mitoxondriyaga, oʻsimlik hujayrasi esa faqat xloroplastlarga ega deb oʻylaydi. Ammo oʻsimliklar fotosintez hamda hujayrada energiya almashinuvi jarayonlari borishi uchun mos ravishda xloroplast va mitoxondriyaga ega boʻlishi kerak.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.