Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 2
Lesson 2: Hujayraning asosiy tuzilmalariHujayraning asosiy tuzilmalari. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Taʼrif |
---|---|
Hujayra | Tirik organizmlarning eng kichik tuzilish birligi |
Organella | Maxsus vazifani bajaruvchi hujayraning maxsus tuzilmasi |
Hujayraning asosiy organellalari
Organella | Vazifasi | Barcha hujayralarda uchraydimi? |
---|---|---|
Hujayra membranasi | Hujayrani himoya qiladi; moddalarning hujayra ichiga va undan tashqariga harakatini nazorat qiladi; hujayrani tashqi muhitdan ajratib turadi | Ha |
Hujayra devori | Pishiq, mustahkam tuzilma boʻlib, hujayra membranasini tashqi tomondan oʻrab turadi va uni himoya qiladi | Yoʻq |
Sitoplazma | Hujayra ichida joylashib, boshqa organellalarni oʻrab turadigan tiniq, quyuq, gelsimon modda | Ha |
Ribosoma | Sitoplazmada suzib yuruvchi yoki endoplazmatik toʻrga birikkan, oqsil ishlab chiqaruvchi kichik tuzilma | Ha |
Hujayraning harakat tuzilmalari
Organella | Vazifasi |
---|---|
Xivchin | Hujayrani oldinga itarishga xizmat qiluvchi dumsimon tuzilmalar |
Kiprikcha | Hujayra harakatiga yordam beruvchi kalta sochsimon tuzilmalar |
Soxtaoyoq | Hujayraga “oʻrmalab” harakatlanish imkonini beruvchi, sitoplazmaning hujayra membranasiga oʻsib kirgan oʻsimtasi |
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Barcha hujayralar irsiy axborot saqlaydi. Barcha tirik organizmlar hujayradagi jarayonlarni nazorat qilish uchun irsiy axborotga ega boʻlishi kerak. Ayrim hujayralar ushbu axborotni yadroda, ayrimlari esa boshqa usulda saqlaydi.
- Hujayra membranasi va hujayra devori bitta narsa emas. Barcha hujayralar hujayra membranasiga ega, lekin doim ham hujayra devoriga ega emas. Hujayra devori juda mustahkam boʻlib, hujayraning harakatlanishiga xalaqit beradi. Hujayra devori turli moddalardan tuzilgan boʻlishi mumkin, masalan, oʻsimlik va bakteriya hujayralarining devori bir-biridan farq qiladi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.