Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 1
Lesson 4: pH, kislotalar va asoslarpH, kislotalar va asoslar. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Mazmuni |
---|---|
pH | Eritmadagi vodorod ioni (H+) konsentratsiyasining oʻlchovi |
Kislota | Vodorod ionlari konsentratsiyasi toza suvnikidan koʻproq boʻlgan eritma |
Asos | Vodorod ionlari konsentratsiyasi toza suvnikidan kamroq boʻlgan eritma |
pH shkalasini oʻqish
pH shkalasi eritmalarning qanchalik kislotali yoki asosliligiga qarab, ularni tartibga solishda ishlatiladi. Bu vodorod ionlari (H+) va gidroksid ionlarining (OH-) eritmadagi konsentratsiyasini koʻrsatadi. Ushbu ion konsentratsiyalari toza suvda oʻzaro teng va u pH 7 dir.
Ushbu pH 7 qiymati muhim hisoblanadi, chunki u neytral eritmani bildiradi. Boshqa barcha moddalar ushbu neytrallik nuqtasi bilan taqqoslanadi. pH darajasi 7 dan past boʻlgan har qanday eritma kislotali, pH darajasi 7 dan yuqori boʻlgan har qanday eritma esa asosli hisoblanadi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Kislotalar har doim ham xavfli emas. Kislotalar baʼzan xavfli boʻlishi tufayli yomon eʼtirofga ega, ammo foydali (va hatto mazali!) boʻlgan koʻpgina kislotali moddalar ham mavjud. Masalan, apelsin sharbati va qahva kislotali moddalardir. Bundan tashqari, siz ishlatmasligingiz kerak boʻlgan bir necha xil kislotalar boʻlsa-da (masalan: ftorid kislotasi), aldanib qolmang: kuchli asoslar ham zarar yetkazuvchi boʻlishi mumkin.
- Quyi pH darajasi kuchliroq kislotani, pH ning yuqori darajasi esa kuchli asosni anglatadi. Bu biroz chalkash tuyulishi mumkin, ammo moddaning pH darajasi qancha past boʻlsa, kislota shuncha kuchli boʻladi. Baʼzan modda neytrallikdan qanchalik uzoqlashsa, u kislotalilik yoki asoslilik yoʻnalishida shuncha kuchli boʻladi deb oʻylash foyda beradi.
- Kislotalar va asoslar nafaqat kimyoda muhim ahamiyatga ega. Siz kimyo sinfida ular haqida batafsilroq maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkinligiga qaramasdan, bilingki, kislotalar va asoslar jonzotlar uchun oʻta muhim! Aslida eng koʻp fermentlar ham maʼlum bir pH darajasida yaxshi ishlaydi. Masalan, pepsin fermenti oshqozondagi oqsillarni hazm qilish uchun juda zarur, ammo u faqat past pH darajasida ishlaydi. Shu sababdan tana oziq-ovqat yaxshi hazm boʻlishiga ishonch hosil qilishi uchun oshqozonda kislotali muhitni saqlab turishi juda muhimdir.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.