Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 1
Lesson 2: Biologiya uchun muhim molekulalarBiologik makromolekulalar. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Maʼno | |
---|---|---|
Biologik makromolekula | Uglevod, lipid, oqsil, nuklein kislota kabi yirik organik molekula | |
Monomer | Yirik molekulalarning (polimerlar) asosiy tarkibiy qismi, qurilish materiali. Misol uchun, oqsil molekulasidagi aminokislotalar. | |
Polimer | Monomerlardan tarkib topgan yirik molekula. Misol uchun, uglevod polimeri monosaxaridlardan tashkil topgan. |
Biologik makromolekulalarning turlari
Biologik makromolekula | Tarkibiy qismi | Vazifalari | Misol |
---|---|---|---|
Uglevodlar | Monosaxaridlar | Hujayralarni tez/qisqa muddatli energiya bilan taʼminlaydi, kletchatka manbai | Glyukoza, saxaroza, kraxmal, sellyuloza, xitin |
Lipidlar | Yogʻ kislotalari, glitserin | Hujayralarni uzoq muddatli energiya bilan taʼminlaydi, biologik membranalarning tarkibiy qismi | Yogʻlar, fosfolipidlar, mum, moy, steroidlar |
Oqsillar | Aminokislotalar | Hujayraning asosiy tarkibiy qismi; kimyoviy signallarni joʻnatadi, kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi va hokazo | Keratin (soch tolasi va tirnoqda mavjud), gormonlar, fermentlar, antitanalar |
Nuklein kislotalar | Nukleotidlar | Genetik maʼlumotni saqlash va avloddan avlodga oʻtkazish | DNK, RNK |
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Makromolekulalarni “yirik” deb atash nisbiydir. Biz ularni boshqa molekulalarga nisbatan katta boʻlgani uchun “makro” deb ataymiz. Lekin bu oddiy koʻz bilan koʻrib boʻladigan darajada yirik degani emas. Hattoki yirik oqsil molekulasi ham oddiy guruch donidan million marta kichikroq!
- Barcha yogʻ va uglevodlar ham “yomon” emas. Turli xil parhez haqidagi fikrlar baʼzilarni yogʻ va uglevodlar haqida yomon xayolga olib kelgan boʻlishi mumkin. Aslida esa yogʻ va uglevodlar hujayrada juda koʻp vazifalarni amalga oshiradi!
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.