Asosiy kontent
Unit 4: Nafas olish tizimi fiziologiyasi
Boʻlim haqida
Har nafas olganda havo yuqori nafas yoʻllari orqali oʻpkaga kiradi. 20-30 bronx tarmoqlaridan keyin kislorod alveolalar atrofidagi suyuqlikka tarqaladi va qonga singib ketadi. Karbonat angidrid esa qondan alveola boʻshligʻidagi havoga oʻtadi va siz nafas chiqarganingizda tanani tark etadi. Ushbu videolar orqali nafas olish tizimi haqida koʻproq maʼlumot oling!Oʻng oʻpkangiz chapdagisidan kattaroq ekanini bilasizmi? Chunki yuragingizning aksariyat qismi tananing chap tomonida joylashadi, shuning uchun chap oʻpkamiz biroz kichikroq boʻladi. Oʻpkalar kislorodni qabul qilib, karbonat angidridni ajratish orqali nafas olishga yordam beradi. Odamlar murakkab nafas olish tizimiga ega boʻlib, undagi alveolalar deb ataluvchi yuz millionlab mayda havo qopchalarida barcha moʻjizaviy jarayonlar sodir boʻladi. Ushbu videolar sizni oʻpkangiz bilan tanishtiradi va u qanday qilib sizga hayot bagʻishlayotganini tushuntirib beradi.
Mashq qiling
Ushbu darsda bilimingizni oshirishingiz kerak boʻlgan joylarni belgilang: