Asosiy kontent
Unit 14: Tayanch-harakat tizimi fiziologiyasi
Boʻlim haqida
Mushaklarning hujayra darajasidan to tepish yoki raqsga tushish darajasiga qadar qanday ishlashini bilib oling. Bizning miyamiz mushaklarni qisqarishga qanday undashini va harorat oʻzgarishlariga yoki hatto sher quvlaganda qanday javob qaytarishini bilib oling.Majoziy maʼnoda, mushaklar hech qachon uxlamaydi. Yaʼni ular uzluksiz ishlaydi. Agar siz nafas olsangiz, qisqarish yoʻli bilan koʻkrak qafasida manfiy bosim hosil qiluvchi diafragma mushagidan foydalangan boʻlasiz. Qanday qilib ayrim ogʻir atletikachilar 325 kg yukni hech qanday qiyinchiliksiz koʻtara oladi? Qiziq maʼlumot: tanangizdagi eng katta mushak bu gluteus maximus (dumba mushagi), eng kichigi esa stapedius mushagidir (u uzangining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, oʻrta quloqdagi eng kichik suyak).