Asosiy kontent
Unit 6: Qon aylanish tizimi fiziologiyasi
Boʻlim haqida
Qon yurakdan boshlab, tanani bir marta toʻliq aylanib chiqishi uchun 30-60 sekund kerak boʻladi. Eritrotsitlardagi oqsil tuzilishli gemoglobin kislorod va karbonat angidridni oʻziga biriktirish qobiliyatiga ega. Qon taxminan 45% hujayralardan va 55% plazmadan iborat. Shu sababli ilmiy nuqtayi nazardan, “qon suvdan koʻra quyuqroq” desak boʻladi! Quyidagi videolar orqali ushbu tizim qanday ishlashi haqida koʻproq bilib oling.Butun tanadagi jami arteriya, vena, kapillyar va venulalar boʻylab taxminan 5 litr qon oqadi. U hujayralarning nafas olishi uchun kislorodni, shu bilan birga, lipid, gormon kabi bir qancha moddalarni tana boʻylab tashiydi. Travma singari qon yoʻqotish holatlarida shifokor turli qon guruhlari bilan ehtiyotkorlik bilan ishlashi kerak boʻladi. Gematologik tizimning nozik tomonlarini koʻrib chiqamiz.