If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 8: Endokrin tizimi fiziologiyasi

Boʻlim haqida

Biz aynan bir aʼzoni endokrin tizimning tarkibiy qismi deb ayta olmaymiz, chunki ular gormonlar ishlab chiqaradigan bezlar oilasidir. Gormonlar nishon hujayralarga va aʼzolarga taʼsir qilish uchun qon oqimi orqali kerakli joyga boradi. Ushbu signalizatsiya tizimi butun tananing muvozanatlashgan holda ishlashiga yordam beradi.
Bezlar gormon deb ataluvchi kimyoviy xabarchilarni ishlab chiqaradigan maxsus aʼzolar hisoblanadi. Gormonlar qonga shunday tarqaladiki, goʻyo choyning rangi issiq suvda tarqalgan kabi. Yurak qonni haydaganda qondagi gormonlar ham butun tanaga yetkaziladi, bu esa gormonlarga maxsus nishon hujayra va aʼzolar bilan oʻzaro aloqada boʻlish imkonini beradi. Endokrin bezlar ishtaha hosil boʻlishida, oʻsishda, molekulalar metabolizmida, siydikni konsentratsiyalashda va yana koʻp narsalarda yordam beradi! Organizm oʻzgaruvchan muhitga moslashishida, yaʼni gomeostazda ushbu gormonlar qanday rol oʻynashini koʻrib chiqamiz.