If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 1: Koinot koʻlami

Boʻlim haqida

Koinotda narsalar tasavvur qilib boʻlmas darajada kichik va katta boʻlishi mumkin. Ushbu darsda biz aqlga sigʻmas narsalarni tasavvur qilishga urinamiz!

Ushbu dars sizga yorugʻlik va toʻrtta fundamental kuch haqida maʼlumot beradi. Bu darsdan soʻng siz fizika boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlmaysiz, ammo u sizga kosmologiya va biz hayot kechirayotgan koinotni tushunish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Buni ilm-fan sohasida juda oz maʼlumotga ega boʻlgan kishi ham tushunishi mumkin.
Koinotning kengayishi nimani anglatadi? Katta portlash bu qandaydir portlashmi yoki fazo-vaqtning juda tez kengayishimi (aslini olganda ikkinchisi)? Agar koinot kengaygan/kengayayotgan boʻlsa, unda uning "tashqarisida" nima bor? Biz narsalarning qanchalik uzoqligini/yoshini qanday aniqlaymiz? Ushbu mavzu qadimda insekundt duch kelgan ayrim savollarga javob beradi.