If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

13,8 yil oldin kengayishni boshlagan koinot qanday qilib cheksiz boʻlishi mumkin?

Agar olam cheksiz boʻlsa, demak, u doim cheksiz boʻlgan. Katta portlash paytida u juda ham zich boʻlgan. Shundan keyin fazo kengaygani sari uning zichligi kamaymoqda.
Tasavvur qiling, katta tekis rezinali yuza ustida qum mumkin boʻlgan darajada zich holatda toʻplanib turibdi. Bunda rezinali yuza – bu fazo-vaqtning (makon va zamon) ikki oʻlchovli koʻrinishi va qum materiya deb qaralishi mumkin. Endi tasavvur qilingki, agar rezinali yuza choʻzilsa, uning maydoni oshib boraveradi. Shunda qumning zichligi kamayadi. Agar qum zarralari orasidagi tortishish kuchi (gravitatsiya, elektromagnit, kuchli va kuchsiz yadro kuchlari kabi kuchlar) yetarlicha katta qiymatga ega boʻlsa, fazoning kengayishiga qaramay, ular atomlarga/sayyoralarga/yulduzlarga/galaktikalarga jamlanishi mumkin. Ammo har bir galaktika bir-biridan uzoqlashishi mumkin (galaktikalar orasidagi tortishish kuchi fazoning kengayishini yengib boʻlmas darajada deb taxmin qilsak).
Endi rezinali yuzani cheksiz darajada kengaytiring.
Cheksiz holda fazo-vaqtda gipersferani hosil qilish uchun yetarlicha egrilik boʻlmaydi.

Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?

Ingliz tilini tushunasizmi? Khan Academyʼning inglizcha saytida boʻlayotgan muhokamalarni koʻrish uchun shu yerga bosing.