If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

2017 yildagi quyosh tutilishi

Quyosh tutilishlari nima, ular nima uchun yuz beradi va quyosh tutilishining turlari.
2017 yil 21avgustda butun Amerika Qoʻshma Shtatlari davlatning ixtiyoriy nuqtasidan koʻrinishi mumkin boʻlgan va deyarli bir asr davomida sodir boʻlmagan quyoshning toʻliq tutilishiga guvoh boʻldi!
Quyosh tutilishi siz kuzatishingiz mumkin boʻlgan eng maroqli hodisalardan biri. Osmon qorayadi va yulduzlar xuddi tundagidek koʻrinishni boshlaydi. Ushbu voqealarning guvohi boʻlgan qadimgi odamlar ularga hurmat bilan qarashgan va ularni xudolarning belgilari deb hisoblashgan. Ushbu voqealar bilan bogʻliq koʻplab muhim sanalar mavjud, paygʻambar Muhammad (s.a.v)ning tugʻilishi va Isoning oʻlishi kabi.
Odamlar bu ajoyibotni koʻrish uchun minglab kilometr yoʻl bosib oʻtadilar.

Quyosh tutilishi bu nima?

Yer Quyosh atrofida orbita boʻylab aylangani kabi Oy ham Yer atrofida orbita boʻylab aylanadi. Bu Oyning turli xil fazalarini hosil qiladi.
Baʼzida uchta jism bir toʻgʻri chiziq boʻylab joylashganda, biz tutilishning guvohi boʻlamiz. Yangi Oy fazasida oyning Quyosh va Yer oʻrtasiga tushib qolishi quyosh tutilishini hosil qiladi (quyidagi 1–rasmga qarang).
1–rasm: Quyosh tutilishi vaqtida Quyosh, Oy va Yerning joylashuvi. Tasvir Wikimedia Commons dan olingan, CC BY-SA 3.0.
Bizga quyosh tutilishi har oyda sodir boʻladigandek tuyulishi mumkin, biroq bu notoʻgʻri. Buning sababi, Oy Yer-Quyosh tekisligidan biroz yuqori yoki biroz pastroq yoʻnalish boʻylab harakatlanadi. Uning ushbu tekislikni kesib oʻtgan nuqtalari tugunlar deyiladi.
2–rasm: Oy orbitasi tekisligi ekliptika tekisligiga 5 gradus burchak ostida joylashgan. Tugunlar shu ikki tekislikning kesishish nuqtalari. Tasvir Wikimedia Commons dan oldingan, jamoat mulki.
Oy qachonki ushbu tugunlarning biridan Yer va Quyosh orasida boʻlgan paytida oʻtsa, biz quyosh tutilishi guvohiga aylanamiz.

Quyosh tutilishining turlari

Quyosh tutilishining bir necha xil turi mavjud boʻlib, ular Oyning Yerdan qanchalik uzoqda joylashgani va jismlarning tekislangani bilan aniqlanadi.
Sizni Oy va Yer orasidagi masofaning oʻzgarishi oʻylantirib qoʻygan boʻlishi mumkin. Oy Yer atrofida ideal aylana boʻylab emas, balki ellips boʻylab harakatlanadi.
Bu, baʼzan, Oy Yerga boshqa paytga qaraganda yaqinroq boʻlishini anglatib, bizga quyidagi tutilish turlari haqida maʼlumot beradi.
  1. Xalqasimon tutilish – bu kabi tutilish Oy Yerdan uzoqroq joyda boʻlganda sodir boʻladi. Natijada Oy Quyoshni toʻla toʻsa olmaydi (
    yerga yetib kelmaydi) va biz quyidagi rasmdagidek Oyni oʻrab turgan Quyosh xalqasini koʻrishimiz mumkin.
3–rasm: Xalqasimon tutilish tasviri Wikimedia Commons dan olindi, CC BY-SA 2.0
  1. Qisman tutilish - Biz
    sohasida boʻlgan paytimizda bu tutilish guvohi boʻlamiz (1–rasmga qarang). Biz quyidagiga oʻxshash manzarani kuzatamiz:
4–rasm: Qisman tutilish. Tasvir Wikimedia Commons dan olindi, CC BY-SA 2.0
  1. Gibrid tutilish – Bu kabi kam uchraydigan tutilishda Yerning egriligi sabab kimdir toʻla, kimdir xalqasimon tutilish guvohiga aylanadi.
  2. Quyoshning toʻliq tutilishi - bu kabi tutilish 2017 yil 21 avgustda kuzatilgan. Oy Yer va Quyosh oʻrtasidagi shunday masofadan oʻtadiki, toʻla soya sohasida Quyosh butunlay toʻsilib qoʻladi. Bular Yer yuzining qaysidir qismlarida har 18 oyda sodir boʻladi. Tutilish chiziqlari ingichka boʻladi, chunki Oy Quyoshdan ancha kichik (taxminan 400 marta!). Bunday tutilish aniq geometriya talab qilinishi sababli juda qisqa vaqt davom etadi, maksimal bir necha daqiqa. Quyidagi rasmlarni koʻrib chiqing.

Quyosh tutilishini toʻgʻridan toʻgʻri kuzatish mumkinmi?

Quyoshga hech qachon toʻgʻridan-togʻri qaramang. Hech qachon. HECH QACHON! Bunday qilishga urinish sizni koʻr qilib qoʻyadi. Shunga qaramay, siz quyosh tutilishini maxsus koʻzoynaklar yoki oʻzingiz uyda tayyorlagan maxsus moslama yordamida koʻrishingiz mumkin. Maslahatlar kerak boʻlsa, NASA ga murojaat qiling.
Maxsus koʻzoynaklaringiz bilan siz bir nechta ajoyib xususiyatlarni koʻrishingiz mumkin. Ulardan biri Beyli effekti boʻlib, u Oy Quyoshni toʻsayotganda, oy topografiyasining notekisligi sabab quyoshning baʼzi nurlari koʻrinib turishi tufayli hosil boʻladi.
5–rasm: Beyli effekti tasviri Flickr dan olindi, CC BY-NC-SA 2.0
Qoʻshimchasiga, quyosh tutilishining boshi va oxirida kuzatiladigan "olmos uzuk" effekti ham mavjud. Oy tomonidan toʻsilayotgan Quyoshning soʻnggi nurlari jamlanmasi xuddi charaqlayotgan olmos uzukka oʻxshash manzara hosil qiladi.
6–rasm: Olmos uzuk effekti. Tasvir Wikimedia Commons dan olindi, CC BY 2.0
Olimlar Quyosh tutilishini oʻrganish orqali Olam toʻgʻrisida juda koʻp narsalarni bilib oldilar. Biz quyosh tuzilishi haqida koʻproq maʼlumotga egamiz va Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi toʻgʻri ekanini bilamiz!
Quyosh tutilishini koʻrgan odamlar, siz abadiy oʻzgarasiz deyishadi. Agar siz Quyosh tutilishiga guvoh boʻlgan omadli insonlardan biri boʻlsangiz, kechinmalaringizni biz bilan boʻlishing!

Batafsil

Ushbu mavzuda nomlari keltirilgan olimlar haqida koʻproq maʼlumot olish uchun quyidagi manbalardan foydalaning: