Asosiy kontent
Unit 11: Modda holati va molekulalararo kuchlar
Boʻlim haqida
Bu boʻlim Kimyo kutubxonasining bir qismidir. Mavzular boʻyicha video, maqola va mashqlarni koʻrib chiqing.Moddalar suyuq, qattiq, gaz yoki plazma holatida boʻlishi mumkin. Biz ushbu mavzuda har bir agregat holatning xossalarini oʻrganamiz, shu bilan birga, fazaviy oʻzgarishlarni issiqlik egrilari va fazaviy diagrammalari yordamida tahlil qilamiz.
Oʻrganish
Molekulalararo kuchlar qoʻshni atomlar, molekulalar yoki ionlarning oʻzaro taʼsirlanishi hisoblanadi va ular moddalarning barcha makroskopik xususiyatlarini yaxshi tushuntirib beradi! Bu mavzuda biz molekulalararo kuchlarning turlarini va ular sirt tarangligi kabi xossalarga qanday taʼsir koʻrsatishini oʻrganib chiqamiz.
Oʻrganish
Siz nafas olayotgan havo kislorod va azot gazlarining aralashmasidir. Boshqa soʻz bilan aytganda, u kislorod gazining azot gazidagi eritmasidir. Bu boʻlimda biz aralashmalarning turlarini, konsentratsiyani hisoblash usullarini va kolligativ xossalarni oʻrganamiz.