If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Said Mumtoz Ahmad bilan tanishish

Said Mumtoz Ahmad bilan tanishing.  U 3M (AQSHning koʻp tarmoqli kompaniyasi) da tadqiqotchi va tabla (zarbli cholgʻu) chaluvchi.

Salom, mening ismim Said Mumtoz Ahmad!

Ayni vaqtda nima bilan bandsiz?

Hozirgi kunda men 3M korporatsiyasida katta ilmiy xodim sifatida ishlamoqdaman. Mening vazifam xavfsizlik va grafikaga sohasida biznesga taʼsir koʻrsatuvchi yangi mahsulotlarni va texnologiyalarni rivojlantirish hisoblanadi. Shaxsiy himoya vositalari; yoʻl harakati xavfsizligi mahsulotlari; tijorat grafik-jadvallari va tizimlari; qurilish kafellari va yoritish vositalari; tijorat mahsulotlarini tozalovchi va himoyalovchi mahsulotlar hamda qadoqlash ayni vaqtda biz mashgʻul boʻlgan masalalardir.
3M korporatsiyasida boʻlgan vaqtimda siz har kuni uchratishingiz mumkin boʻlgan koʻplab mahsulotlarni reklama qilishga yordam berganman: sevimli oziq-ovqat doʻkoningizdagi pol yaxshi saqlanishi va chiroyli koʻrinishi uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan pol qoplamalari, balki maktabingizda ishlatiladigan oyna tozalagichlar va hattoki doʻkonlarda yurganingizda polda sirpanib ketishingizga qarshi qoplamalarni ommalashtirishda ishtirok etganman.

Siz qanday qilib kimyo faniga qiziqib qoldingiz va nimalarni oʻrgandingiz?

Men yoshligimdan Lego oʻynashni yaxshi koʻrardim. Men xayolimdagi narsalarni turli qismlardan yasash va ayni shaklga keltira olish nafaqat oʻziga jalb qiladigan, balki ruhlantiruvchi yumush boʻlgan. Kimyo faniga va Legoga boʻlgan mehrim oʻrtasidagi bogʻliqlik kollejdagi birinchi organik kimyo darsida uygʻongan, men xayolimdagi narsalarni kimyoviy moddalardan ham hosil qilishim mumkinligini tushunib yetdim, bu holatda qurilish materiallari molekulalar va atomlar edi. Bu men uchun juda ham qiziq edi!
Men kimyo va matematika boʻyicha bakalavr ilmiy darajasini Indiana shtatidagi Vabash kollejida oldim, keyin esa kimyo boʻyicha tayanch doktoranturani Nyu York shtatidagi Kornell universitetida davom ettirdim. Maktabni yakunlagan vaqtimda oʻrgangan narsalarimdan hayotda kerak boʻladigan mahsulotlarni yaratishda foydalanishni xohlashimni angladim, shu sababdan men hozirgi yoʻlimni tanladim. Aeroport, mehmonxona, maktab yoki oziq-ovqat doʻkonlarida aylanib yurganimda men yaratgan yoki yaratishga yordam bergan mahsulotlarning ishlatilayotganini va bu odamlar hayotni oʻzgartirganini koʻrish meni juda ham hayajonlantiradi.

Boʻsh vaqtingizda nimalar bilan shugʻullanasiz?

Musiqa mening hayotimning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Men juda yoshligimdan Janubiy Osiyo zarbli cholgʻu asbobi – tabla chalib kelaman va har doim uni chalishga imkon qidiraman. Avvallari ona yurtim Bangladeshdagi koʻplab mashhur artistlar, doʻstlarim va guruhlarga (ayniqsa AJOB nomli guruhga) hamrohlik qilganman. Bu mening sevimli mashgʻulotim edi.
Tabla chalish jarayoni
Men yana velosipedda uchishni yaxshi koʻraman – imkon topishim bilan shu yerda va Tvin Sitidagi baʼzi koʻllar atrofida velosipedda uchishga harakat qilaman. Bir safar Itaka shahrida boʻlganimda doʻstlarim bilan birga bir asr yurishini (asr yurishi – 100mil yoki undan koʻproq masofani bosib oʻtish) amalga oshirganmiz. Men odatda velosipedda 25 dan 50 milgacha boʻlgan masofani oʻrtacha tezlikda bosib oʻtaman.

Kimyoga qiziquvchilarga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?

Kimyoning asl goʻzalligi bu – tajribalar va izlanishlar olib borish orqali oʻrganishdir. Agar siz kimyoga haqiqatan qiziqsangiz, men sizga maktabda/uyda oʻqituvchilaringiz (yoki kattalar)dan ular bilan birgalikda biror xavfsiz tajribani amalga oshirish imkoni bor-yoʻqligini soʻrab koʻrishni yoki yaqin atrofdagi kollej/universitetdagi professorlar bilan gaplashib koʻrishni va ular kimyo laboratoriyasida olib boradigan tadqiqotlar haqida koʻproq oʻrganishni tavsiya qilardim. Bu omil sizga kimyo haqiqatda nima ekanini anglashga va uning real dunyoda qoʻllanishi haqida yaxshiroq tushuncha bergan boʻlar edi.
Kimyoning haqiqiy goʻzalligi laboratoriyadagi tajribalar va tadqiqotlar orqali namoyon boʻladi!