If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Reychel Prays bilan tanishing

Muhandis va velosayohatchi Reychel Prays bilan tanishing.

Salom, men Rechel Praysman!

Siz nima ish qilyapsiz (yoki qilgansiz)?

Men dengiz neft platformasida muhandislik loyihalarini qurish va ishga tushirish ishlarini boshqarganman. U kimyo bilan bevosita aloqador edi! Neft yer qaridan barcha turdagi uglevodorodlar bilan, shuningdek, suv va boshqa kimyoviy moddalar aralashmasi sifatida chiqadi. Suv aralashgan neftni qirgʻoqqa uzatish yoki yuborishning maʼnosi yoʻq, shuning uchun platforma neft, gaz va suvni ajratish uchun unga yetarli darajada ishlov beradi. Biz neft va gaz yetarlicha yaxshi ekaniga ishonch hosil qilgachgina, quyi oqimdagi neftni qayta ishlash zavodlari ularni amalda ishlatadigan mahsulotlarimizga aylantirishi mumkin. Eng muhimi, biz suvning dengiz suviga aralashishi uchun yetarli darajada toza boʻlishiga va platformaning atrof-muhitga zarar etkazmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak edi. Agar biz bir choyqoshiq neftni toʻkib yuborsak ham (va biz kuniga millionlab gallon suv ishlab chiqarayotgan boʻlsak), bu haqda tegishli idoralarga xabar berar edik.
Ishda: suzib yuruvchi neft platformasida
Mening eng yaxshi loyiham platformadagi energiya generatorlarini yanada samarali ishlashiga yordam beruvchi moslama boʻlgan. Bizga omad kulib boqdi, bizning neftdan ajratib olgan tabiiy gazimiz energiya ishlab chiqarish uchun foydalanishi mumkin edi, ammo vaqt oʻtishi bilan uning sifati yomonlasha bordi. Bizning gaz tarkibimizga oz miqdorda neft aralasha boshladi. Natijada bu oddiy mashinaga premium yonilgʻisini quyganingizda sodir boʻladigan jarayonga oʻxshash holatni yuzaga keltirar edi. Dvigatellar ushbu yonish taʼsiriga moslashmagani sababli vaqt oʻtishi bilan eskirayotgan edi! Men gazni 20F gacha sovitadigan moslamani qoʻshdim. Ushbu haroratda aralashma tarkibidagi neft tezda suyuqlikka aylandi va biz uni gazdan ajratib olishni uddaladik. Hech bir suzuvchi platformada ilgari bunday jihozlar boʻlmagan, shuning uchun bu biz uchun juda ajoyib imkoniyat edi!

Siz nimalarni oʻrgangansiz va qanday qilib kimyo bilan bogʻliq masalalarga qiziqib qoldingiz?

Men bakalavr va aspirant boʻlgan vaqtimda suyuqliklar dinamikasi bilan qiziqar edim, chunki men professional suzuvchi boʻlganman, shuningdek, qayiqlarni juda yaxshi koʻraman. Menga suyuqliklarga oid kurslari juda yoqar edi, chunki men oʻzimni suv bilan bogʻliq ekanimni his qilib turar edim, ammo kimyoviy reaksiyalar menda unchalik qiziqish uygʻotmagan edi. MITda 2-kurs talabasi boʻlganimda men yaratgan robot bilan suzayotganimning fotosurati:
Yaratgan robotim bilan suzish
Neft kompaniyasiga ishlashni boshlaganimda hammasi oʻzgarib ketdi. Ishlayotgan paytingizda kompaniyada masʼuliyatli lavozimga erishish uchun qoʻlingizdan keladigan eng yaxshi ishni bajarishingiz kerak va kompaniyaning barcha maqsadlarini yodda tutishingiz kerak. Neft kompaniyalari yer qaridan neft olish uchun mavjud, shuning uchun men neft kompaniyalari haqida oʻrgandim. Suyuqlik dinamikasini oʻrganayotganda men juda koʻp masalalarga qiziqib qoldim, masalan: “bu trubadagi bosim qanday va suyuqlik qanday tezlikda harakat qiladi?”. Shuningdek, suyuqlikning fizik xususiyatlari haqidagi savollar bitta moddani emas, aralashmaga oid boʻlganida yanada qiziqarli boʻlardi. Gʻayratli boʻlish va oʻsishda davom etish uchun ishlash davomida uzoq va yangi muammolarga ega boʻlishi muhim, shuning uchun men qiziqarli muammolarni kuzatdim va yuqorida aytib oʻtgan ishimni tugatdim.

Boʻsh vaqtingizda nimalar bilan shugʻullanasiz?

Men faol boʻlishni juda yaxshi koʻraman! Mashq qilmasam yoki tashqariga chiqmasam, aqlim ishlamay qoladi, toʻgʻri fikrlay olmayman yoki yangi muammolarni anglay olmayman. Qolaversa, men qila olmayman, deb oʻylagan narsani amalga oshirish tuygʻusi menga yoqadi. Masalan, ushbu yozda orzularimdagi safar uchun yetarlicha vaqt ajratdim: Italiya boʻylab velosipedda sayr qilib taʼtilni oʻtkazdim. Besh hafta davomida Venetsiyadan Sitsiliya shahriga velosipedda bordim! Mana, sayohat yakunidagi rasmim:
Venetsiyadan Sitsiliyaga velosipeddagi sayohatdan soʻng

Kimyoga qiziquvchilarga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?

Koʻp odamlar kimyo fanidan qoʻrqishadi, chunki unda muayyan maʼnoga ega boʻlgan notanish soʻzlar koʻp hamda elementlarning nomlari va xususiyatlari kabi yodlash zarur boʻlgan narsalar juda koʻp. "Men shunchaki QOBILIYATLI emasman", deb oʻylash oson. Ammo bunday oʻy-xayollarga berilmaslik kerak. Xotiraning dastlabki toʻsigʻidan oʻtib olganingizdan soʻng, qiziqarli narsalar paydo boʻla boshlaydi, chunki siz turli xil narsalar oʻzaro qanday munosabatda boʻlishi va bu biz yashayotgan dunyoga qanday taʼsir qilishi haqida bila boshlaganingizda, u oʻzini namoyon qila boshlaydi!
Yoshi kattaroq odamlar uchun ham maxsus takliflarim bor. Bolaligida kimyoviy tajribalar oʻtkazish va oʻrganish uchun yetarli manbaga ega boʻlmagan kishilarda kimyoviy moddalarni va ulardan foydalanishni oʻrganishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Ammo deyarli barcha oʻrta taʼlim maktablarida kimyo xonalari mavjud va siz kimyo oʻqituvchisiga laboratoriya ishlariga tayyorgarlik koʻrishda yordam berishingiz mumkin. Kollejlarda laboratoriya ishlariga yordam berish uchun doimo qoʻshimcha odamlar kerak boʻladi. Oʻqishimning birinchi yilida yashash uchun ijara pulimni aynan laboratoriyada ishlab topganman. Laboratoriyada eritmalar tayyorlardim, turli jihozlarni tozalardim va aspirantlar ishlashi uchun joy tayyorlashga yordam berardim. Aynan ana shu bir yil davomida ilmiy izlanishlar qanday olib borilishi haqida oʻta qimmatli maʼlumotlar oldim.