If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Meri OʼReyli bilan tanishing

Ilmiy illyustrator va komikslar yozuvchisi boʻlgan Meri O'Reyli bilan tanishing!

Salom, men Meri OʼReyliman!

Ayni vaqtda nima bilan bandsiz?

Men ilm-fan sohasidagi erkin rassomman, yaʼni olimlarga ularning tadqiqotlari natijalarini boshqalarga tushuntirishlari oson boʻlishi uchun rasmlar, grafiklar va animatsiyalar yarataman. Baʼzan ular texnikaga oid grafiklar boʻladi, lekin koʻpincha jurnallar yoki boshqa joylar uchun rasm chizdirishni xohlashadi, bu menga chindan ham ijod qilishga imkon beradi. Koʻngilochar serialar uchun illyustratsiyalar tayyorlayman, soʻnggi ilm-fan yutuqlari haqida komikslar ham yarataman (quyida berilgan misolga qarang). Kimyoda bilimga ega boʻlishim boshqa odamlarga ilm-fanni osonroq tushuntirishimga yordam beradi, bu esa kasbimni yanada zalvorli qiladi. Ishimning koʻp qismi kimyo, biologiya va ularni oʻzaro bogʻlab turuvchi barcha narsalarga bagʻishlangan. Mening ishlarimdan namunalarni quyidagi saytda koʻrishingiz mumkin: www.oreillyscienceart.com.

Siz qanday qilib kimyo faniga qiziqib qoldingiz va nimalarni oʻrgandingiz?

Meni oʻrta maktabda kimyo boʻyicha juda ham yaxshi oʻqituvchim boʻlgan va kimyo fanini har doim yaxshi koʻrganman. Menga haqiqatan ham laboratoriya ishlarini qilish yoqmasdi, ammo kimyo nazariyalarini oʻrganishni yaxshi koʻrardim. Bu holat kollejga kirgunimgacha davom etdi va magistratura tadqiqotlarini boshlaganimda kimyo laboratoriyasida ishlash menga haqiqatda yoqib qolgan edi. Kimyoni oʻrganish sizni yangi kashfiyotlar qilishga undashini bilib oldim. Biror-bir narsani dunyoda birinchi boʻlib koʻrish va bu haqida biladigan dunyodagi yagona inson boʻlishni taʼriflab boʻlmaydi. Mening ixtisosligim kimyo, ammo bioorganik kimyo boʻyicha magistrlik tadqiqotlarini olib bordim. Keyin biologik kimyo boʻyicha Ph.D dissertatsiyasini oldim va hujayra biologiyasi va immunologiyasi mavzusida tayanch doktorantlik tadqiqotlari oʻtkazdim.

Boʻsh vaqtingizda nimalar bilan shugʻullanasiz?

Men boʻsh vaqtimda kitoblar oʻqishni, rasm chizishni, filmlar koʻrishni, jonli musiqa eshitishni va erim hamda bir va uch yoshli ikki quvnoq oʻgʻlim bilan vaqt oʻtkazishni yaxshi koʻraman.
Xursandchilik uchun: biokimyo sohasidagi soʻnggi yutuqlarga oid komikslar! Yanada koʻproq misollarni koʻrish uchun uning veb saytidagi arxivni tomosha qiling.

Kimyoga qiziquvchilarga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?

Agar siz kimyoga qiziqsangiz, siz juda ham kam uchraydigan odamlardan birisiz va shuning uchun sizga uni oʻrganishni maslahat beraman. Mening fikrimcha, siz bu sohani oʻzingizga moslashtirish uchun kimyo asoslarini ertaroq oʻrganishni boshlashingiz kerak. Siz kim ekaningizni, sizda qanday jihatlar borligini, sizni nima baxtli qilishini va qanaqangi hayot tarzini istashingizni yaxshilab oʻylab koʻring. Siz oʻylagan va qilishni istagan narsalar bilan shugʻullanayotgan odamlar bilan gaplashing. Shuningdek, ''fizkimyoʻ' (fizikaviy kimyo)dan qoʻrqmang, u haqiqatda juda murakkab!