If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Karen Uiler bilan tanishing

Shifokor va uzoq masofaga yuguruvchi Karen Uiler bilan tanishing!

Salom, men Karen Uilerman!

Ayni vaqtda nima bilan bandsiz?

Men akusher-ginekologman. Men har kuni kasalxonada bemorlarni koʻrish, sogʻlom kishilarni koʻrikdan oʻtkazish, jarrohlik amaliyotini oʻtkazish va chaqaloqlarni dunyoga keltirish kabi turli ishlarni bajaraman. Ayniqsa bepushtlikka chalingan bemorlarni tekshirish va davolash qiziq, chunki bunda farzandli boʻlishning barcha bosqichlari va bu bosqichlarning qay birida buzilish borligini topib aniqlash kerak. Men har kuni ham murakkab kimyoviy masalalar yechish bilan shugʻullanavermayman, ammo kimyo fanini oʻrganish davomida muammolarni hal qilish malakamni beqiyos darajada oshirdim, deya olaman.

Siz qanday qilib kimyo faniga qiziqib qoldingiz va nimalarni oʻrgandingiz?

Maktabdagi ajoyib kimyo oʻqituvchisi tufayli kimyoga qiziqib qoldim. Tibbiy yordamni rivojlantirishda kimyo, xususan, biokimyodan qanday foydalanish haqida darsliklardagi maʼlumotlarni oʻqishni yaxshi koʻrardim. Kollejda kimyo fanini oʻrganganman va ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanishni boshlaganman. Oxir-oqibat men bemorlar uchun shifokor sifatida yangi kashfiyotlarni kashf qilish jarayonida ishtirok etishni xohlayotganimni angladim.

Boʻsh vaqtingizda nimalar bilan shugʻullanasiz?

Men uzoq masofalarga yugurishni yoqtiraman, marafon va yarim marafonlarda qatnashaman. Piyoda, velosipedda yoki baydarkada boʻlsa ham ochiq havoda sayr qilishni juda yoqtiraman! Albatta, ushbu mashqlarning barchasidan keyin ajoyib taom istemol qilish kerak!
Velosipedda Napa vodiysi boʻylab sayohat

Kimyoga qiziquvchilarga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?

Oʻz qiziqishlaringiz ortidan boring. Hayot sizni qayerga olib borishini bilmasligingiz mumkin, ammo oʻz qalbingizga quloq tutsangiz, dunyoni yaxshi tarafga oʻzgartirish uchun albatta yoʻl topasiz.
Arizona. Tukson shahri, Lemmon togʻidagi sayr