If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Jared Rup bilan tanishing

Sud-tibbiy/analitik kimyogar va Kardinallar muxlisi Jared Rup bilan tanishing.

Salom, men Jared Rupman!

Ayni vaqtda nima bilan bandsiz?

Men biologik suyuqliklar (qon, peshob, tupuk va h.) tarkibida spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar bor-yoʻqligini tekshirib koʻraman va natijalarni sudda foydalanish uchun topshiraman. Men quyidagi holatlarda yuzasidan ish olib boraman: MHMH (mast holatda mashina haydash), GMTOH (giyohvand moddalar taʼsiri ostida haydash), alkogol yoki giyohvand moddalar omil boʻlishi mumkin boʻlgan zoʻravonlik jinoyatlari va vafot etganlar bilan bogʻliq ishlar. Baʼzida natijalarimni sud hayʼati oldida guvohlik sifatida taqdim etishim talab qilinadi.
Jared rafiqasi Kristin bilan
Laboratoriyamizda turli xil jihozlardan foydalanamiz, baʼzida asbob-uskunalarda texnik nosozlik boʻlishi va ular toʻgʻri oʻlchamay qolishi mumkin, bunday paytda jihozlarga texnik xizmat koʻrsataman. Laboratoriyamizdagi asosiy jihozlar – gaz xromatografi va toʻrtta mass spektrometri, men ushbu asboblar haqida mashgʻulotlarda oʻqitilganidan koʻra koʻproq bilib oldim.

Siz qanday qilib kimyo faniga qiziqib qoldingiz va nimalarni oʻrgandingiz?

Men kollejga kirganimda qaysi sohani tanlashni va nima qilishni xohlashimni bilmas edim. Tabiiy fanlarga qiziqishim borligini bilardim va kimyo fanidan birinchi semestrni imtiyozli baho bilan bitirdim. Shu semestrda meni hayron qoldirgan narsa kimyoni yaxshi koʻrib qolganim boʻldi, keyinchalik tushundimki, kimyo men uchun eng yoqimli fan ekan. Men kimyo boʻyicha bakalavriaturani kichik matematika kursi bilan tugatdim.
Bakalavriaturada olib borgan tadqiqotlarim kimyo boʻyicha magistraturaga kirish uchun yoʻl ochdi. Magistrant sifatida men elektrod yuzasida ionli suyuqlik (IS) mavjudligi turli xil birikmalar (luminoforlar) ning elektrogeneratsiyalangan kimyoviy luminesansiyasini (EKL) kuchaytirishi mumkinligini oʻrganib chiqdim. Mening ilmiy maslahatchim tadqiqotlarim davom ettirish uchun etarli darajada istiqbolli deb oʻyladi va boshlagan ishimni magistrlik dissertatsiyasi mavzusi sifatida tasdiqladi.
Yosh Jared, ehtimol, ninza hayotiy kasb emasligini anglab yetishidan avval
Universitetda oʻqigan paytlarimda pul ishlashim kerakligi uchun mahalliy jinoyatlar laboratoriyasida texnik sifatida ishlaganman (asosan amaliyotchi sifatida). Universitetni tugatganimdan soʻng, bir ish joyi ochilgan edi, laboratoriyada ishlashni yoqtirganim uchun uni yaxshi ish deb oʻyladim. Bu uch yarim yil oldin sodir boʻlgan edi va men bundan keyin ortga qaramadim!

Boʻsh vaqtingizda nimalar bilan shugʻullanasiz?

Boʻsh vaqtimni xotinim va doʻstlarim bilan oʻtkazishni yaxshi koʻraman. Biz juda koʻp stol va karta bilan oʻynaladigan oʻyinlarini oʻynaymiz, shuning uchun bu oʻyinlar kechalari boʻlib turadi va har doim zoʻr boʻladi! Men ham sportni yaxshi koʻraman (“Sent Lyuis kardinals” beysbol jamoasi oʻyinlariga boring!!!), toʻpli oʻyinlar parkida kechalar ajoyib oʻtadi. Men super qahramonlar haqidagi filmlar, virtual oʻyinlar, muzqaymoq, baland ovozda qoʻshiq kuylash va shunchaki vaqtni yaxshi oʻtkazishning ashaddiy muxlisiman!
“Sent Luis kardinals” jamoasi oʻyinlariga boring!!!

Kimyoga qiziquvchilarga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?

Qanday boʻlmasin, amaliy ish toping! Men oʻz faoliyatimni shu tarzda boshladim, amaliyotsiz kimyo sohasidagi imkoniyatlarni koʻra olmagan boʻlar edim.