Asosiy kontent
Kimyo
Course: Kimyo > Unit 20
Lesson 1: Kimyo mutaxassislari bilan tanishing.- "Kimyo mutaxassislari bilan tanishing" loyihasi bilan tanishish
- Said Mumtoz Ahmad bilan tanishish
- Meri OʼReyli bilan tanishing
- Reychel Prays bilan tanishing
- Jared Rup bilan tanishing
- Karen Uiler bilan tanishing
- Jorj Zaydon bilan tanishing
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Jorj Zaydon bilan tanishing
Koʻp qirrali ilmiy OAV jurnalisti va alpinist Jorj Zaydon bilan tanishing!
Salom, men Jorj Zaydonman!
Ayni vaqtda nima bilan bandsiz?
Men televideniyeda boshlovchilik, internetda video blogerlik, yozuvchilik va rejissorlik bilan shugʻullanaman. Men odatda ilmiy videolar suratga olaman, masalan, ushbu video (syujetini oʻzim yozganman va suratga olganman) yoki bunisi (mening muallifligimdagi video emas), lekin baʼzan hamkorlikda ham ish olib borganman, masalan, CNBC'ning “Meni millioner-ixtirochi qiling” shousida. Rostini aytsam, bu ishlarni pul uchun qilishimga ishonmayman.
Soʻnggi loyihalarimdan yana biri bu NASA, Massachusets texnologiya instituti va Xalqaro konkichilar ittifoqining ~10 nafar olim va muhandislari bilan Aydaho shahridagi Oy kraterlari milliy qoʻriqxonasiga tashrifimiz haqidagi hujjatli film. Unda lava maydonlarida sayr, uchuvchi dronlar, ulkan bolgʻalar bilan toshlarni maydalash ... va boshqa kino olishda kerak boʻladigan koʻplab ajoyib narsalar bor.
Siz qanday qilib kimyo faniga qiziqib qoldingiz va nimalarni oʻrgandingiz?
Oʻrta maktabda kimyo oʻqituvchim ajoyib edi, kimyoga qiziqishim shundan boshlandi. Kollejga kelgach, qaysarligim tufayli kimyodan boshqa biror sohani oʻrganmadim. Shu bilan 4 yil oʻtib ketganini serzmay ham qoldim, kollejni tugatgach, vahimaga tushib qoldim: "aspiranturaga borishni xohlamayman, nima qilsam ekan?!". Ammo tavakkal qilib, oʻzimni ilm sohoasida sinab koʻrishga qaror qildim va oxir-oqibat (koʻplab muvaffaqiyatsizliklardan keyin) buni uddaladim.
Boʻsh vaqtingizda nimalar bilan shugʻullanasiz?
Men balandlikdan va oʻrgimchaklardan qoʻrqaman, shuning uchun mening mantiqiy hordiq chiqarishim qoyaga tirmashish va piyoda yurishdir. Bu ikki qoʻrquv birlashganini yaxshi koʻraman (misol uchun balandda osilib turibsiz va qoʻlingiz ustida boʻri oʻrgimchak oʻrmalayapti) va keyin esa siz devordan hoʻl boʻlayotgan shim bilan yiqilasiz. Men, shuningdek, golf ham oʻynayman.
Kimyoga qiziquvchilarga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?
Toʻgʻri deb bilganingizni qiling, boshqalar aytganni emas.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.