Asosiy kontent
Kimyo
Course: Kimyo > Unit 5
Lesson 3: Cheklangan reagent stexiometriyasi- Cheklangan reagent va unum
- Gravimetrik analizga kirish: haydash gravimetriyasi
- Gravimetrik analiz va choʻktirish gravimetriyasi
- 2015 AP Chemistry free response qoʻllanmasidagi 2a misol (1/2 qism)
- 2015 AP Chemistry free response 2a (2/2 qism) va b misollar
- Cheklangan reagent stexiometriyasi
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Gravimetrik analiz va choʻktirish gravimetriyasi
Choʻktirish gravimetriyasining taʼrifi va choʻktirish gravimetriyasidan foydalanib ikki xil tuz tutgan eritmaning tozaligini aniqlashga oid masalalar
Gravimetrik choʻktirish usuli nima?
Gravimetrik choʻktirish usuli bu aralashmadan ionlarni ajratish uchun choʻkma hosil qilish bilan boradigan reaksiyadan foydalaniladigan analiz usuli. Choʻktirish uchun qoʻllanadigan kimyoviy modda choʻktiruvchi yoki choʻktiruvchi agent deb ataladi. Choʻkma suyuq fazadan filtrlash yordamida ajratib olinadi va choʻkmaning massasi hamda tenglashtirilgan tenglamadan foydalanib, eritmadagi ionli birikmalarning miqdori yoki konsentratsiyasini hisoblash mumkin. Gravimetriyaning choʻktirish usulini odamlar baʼzida shunchaki gravimetrik analiz deb ham atashini eshitgan boʻlishingiz mumkin, lekin gravimetrik analiz haydash va choʻktirish usulini oʻz ichiga oluvchi analiz usullarining keng sinfini oʻzida namoyon qiladi. Agar siz umumiy gravimetrik analiz haqida koʻproq bilishni istasangiz, Gravimetrik analiz va gravimetrik haydash usuli maqolasiga qarang.
Ushbu maqolada biz gravimetrik choʻktirish usulidan foydalanib, suvli eritmadagi ionli birikmaning miqdorini aniqlashga doir misolni koʻrib chiqamiz. Baʼzan laboratoriyada olib borilayotgan tajribalar kutilganidek boʻlmaydi, shuning uchun biz tajribada uchrab turadigan xatolarni ham muhokama qilamiz, bu esa tajribalarni oʻtkazishga yanada tayyor boʻlishingizga yordam berishi mumkin!
Misol: tarkibida va boʻlgan aralashmaning tozaligini aniqlash
O, yoʻq! Bizning laborantimiz Ilhom kimyoviy moddalar solingan idishini yana adashtirib, moddalarni aralashtirib yuboribdi. (Sababi koʻpgina oq qattiq kristall moddalar bir-biridan farq qilmaydi, lekin aynan shuning uchun idishdagi yorliqlarni oʻqish muhim!).
Natijada tarkibida va boʻlgan aralashma hosil boʻldi. Biz aralashmadagi suvda toʻliq eriydigan har bir-birikmaning nisbiy miqdorini bilmoqchimiz. Biz choʻkma hosil qiluvchi agent, yaʼni kumush (I) nitratdan ortiqcha miqdorda qoʻshamiz va choʻkma hosil boʻlishini kuzatamiz. Choʻkma filtrlanib, quritilganidan soʻng, uning massasi ekanini aniqlaymiz.
Dastlabki aralashmada ning massa ulushi qancha?
Har qanday gravimetrik analizga doir hisob-kitoblar, shunchaki stexiometriyani qoʻllab ishlanadigan masalalarni va baʼzi qoʻshimcha bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Bu stexiometrik masala boʻlgani uchun biz tenglashtirilgan kimyoviy tenglamadan boshlashlaymiz. Bu yerda ortiqcha miqdorda qoʻshilganiga sabab, va oʻrtasidagi reaksiyada toʻliq choʻkmaga tushishi kerak.
Yodingizda boʻlsa, choʻkma hosil qilish bilan boradigan reaksiyalar almashish reaksiyasining bir turi hisoblangani uchun biz reagentlarning anionlarini (yoki kationlarini) oʻzaro almashtirgan holda reaksiya mahsulotlarni oldindan aytishimiz mumkin edi. Agar zarur boʻlsa, moddalarning eruvchanlik qoidalarini tekshirib chiqishimiz va soʻng reaksiya tenglamasini tenglashtirishimiz mumkin. Lekin biz allaqachon choʻkma ekanini bilamiz. Biz shunchaki boshqa mahsulotni aniqlashimiz, yaʼni bu va umumiy reaksiya tenglamasi tenglashtirilganiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Hosil boʻlgan tenglashtirilgan kimyoviy tenglama quyidagi koʻrinishga ega:
Muvozatda turgan tenglama shuni koʻrsatadiki, har dan choʻkmasi hosil boʻlyapti. Biz bu mol nisbatlardan foydalanib, ning miqdoridan ning miqdorini topamiz. Shuningdek, quyidagi taxminlardan kelib chiqqan holda keyingi bosqichlarni amalga oshirishimiz kerak:
- Choʻkma faqat
hisoblanadi. Demak, biz dan har qanday choʻkma hosil boʻlishi haqida qaygʻurmasak ham boʻladi. - Barcha
anionlari reakiyaga kirishib, ni hosil qiladi. Stexiometriya nuqtayi nazaridan, dagi anionlarining barchasi reaksiyaga kirishishi uchun dan ortiqcha miqdorda qoʻshganimizga ishonch hosil qilishimiz kerak.
Endi bosqichma-bosqich barcha hisob-kitob amallarini bajaramiz!
-bosqich: choʻkmasining massasini mollarga oʻzgartirish
Choʻkmaning umumiy massasi massasiga teng deb olib, choʻkma massasini mollarga oʻzgartirish uchun ning molekulyar massasidan foydalanishimiz mumkin.
-bosqich: choʻkmaning mol miqdoridan ning mol miqdorini topish
Biz tenglashtirilgan tenglamaning mol nisbatlaridan foydalanib, choʻkmasining mol miqdoridan ning miqdorini aniqlaymiz.
-bosqich: mol miqdorini grammlarga aylantirish
Biz dastlabki aralashmadagi ning massa ulushini aniqlamoqchi ekanmiz, molekulyar massadan foydalanib, molini massaga oʻzgartirishimiz kerak.
-bosqich: dastlabki aralashmadagi ning massa ulushini hisoblash
Qisqartirilgan usul: biz, shuningdek, dan gacha boʻlgan bosqichlardan bitta ifoda tuzib, ularni birlashtiramiz mumkin, lekin birliklarimizga alohida eʼtibor qaratgan holda qisqartirilishi lozim boʻlganlarni qisqartirib yuboramiz:
Boʻlishi mumkin boʻlgan xatolar
Biz gravimetrik choʻktirish usuli boʻyicha qilingan tajribaning natijalarini tahlil qilish uchun stexiometriyadan qanday foydalanish kerakligini oʻrgandik. Lekin siz gravimetrik analizni laboratoriyada bajarsangiz, tajriba natijalaringizning toʻgʻri va aniq chiqishiga (buning natijasida, hisoblaringizga) taʼsir qiladigan turli omillar borligini bilib olasiz. Bunday koʻp uchrab turadigan muammolar quyidagilar:
- Tajribadagi xatoliklar, masalan, choʻkmaning toʻliq qurimasligi
- Stexiometrik xatoliklari, masalan, choʻkma hosil qilish boradigan reaksiya tenglamasini tenglashtirmaslik yoki ortiqcha miqdorda
qoʻshmaslik.
Yuqorida keltirilgan holatlar natijalarimizga qanday taʼsir koʻrsatadi?
-holat: choʻkma toʻliq quritilmagan
Ehtimol, tajriba davomida birikmani quritishga vaqtingiz yetmay qolgandir yoki vakuum filtratsiya moslamasi yetarlicha vakuum hosil qila olmagandir. Maʼlumki, suv oddiy organik erituvchilarga qaraganda yuqori qaynash haroratiga egaligi hamda imkoniyat tugʻilishi bilan vodorod bogʻi hosil qilib olishga moyilligi sababli suvni toʻliq chiqarib yuborish qiyin kechadi. Keling, birikmada qolgan suv bizning hisoblarimizga qanday taʼsir qilishi toʻgʻrisida oʻylab koʻramiz.
Agar choʻkma massasini toʻliq quritilmagan holda oʻlchasak, ning massasi haqiqiy massasidan koʻra ancha yuqoriroq chiqadi (chunki biz hozir ning massasi va unda qolgan suvni oʻlchayapmiz). Natijada -bosqichda ning ushbu massasi orqali topilgan ni miqdorining katta boʻlishiga va bu mol miqdordan foydalanib aniqlangan aralashmadagi ning mol miqdori ham yuqori chiqishiga olib keladi. Soʻnggi bosqichda ning massa ulushi haqiqiysidan koʻra yuqori deb hisoblaymiz.
Tajriba uchun kerakli maslahat: agar vaqtingiz boʻlsa, namunada suv borligini tekshirish usullaridan biri – quritish jarayonining oxirlarida massani bir necha bor oʻlchab tekshiring va massa oʻzgarmayotganiga ishonch hosil qiling, hattoki namunani uzoqroq quritayotgan boʻlsangiz ham. Bu oʻzgarmas massagacha quritish deb ataladi, garchi u namunangiz toʻliq quriganini kafolatlamasa ham, shubhasiz, yordam beradi! Siz, shuningdek, boʻlaklarni maydalash va sirt yuzani kattalashtirish uchun quritish jarayoni vaqtida namunani silkitishga urinib koʻrishingiz mumkin. Filtr qogʻozini teshib qoʻymaslik uchun ehtiyot boʻling!
-holat: tenglamani tenglashtirishni unutdik!
Oldinroq gravimetrik tahlil aslida stexiometriyaning yana bir masalasi ekanini aytib oʻtganimiz yodingizdami? Bu tenglashtirilmagan tenglama bilan ishlash hisoblarimizni notoʻgʻri chiqishini anglatadi. Bu holat uchun biz quyidagi tenglashtirilmagan tenglamadagi stexiometrik koeffitsiyentlardan foydalangan boʻlardik:
Bu ifodadan koʻrinib turibdiki, har bir mol dastlabki aralashmadagi mol dan hosil boʻlgan degan xulosaga kelish mumkin. Agar biz ushbu stexiometrik nisbatdan foydalanib, ning massasini hisoblasak, quyidagi natijani olamiz:
Biz hozirgina aralashmamizdagi ning ikki marta ortgan massasini hisobladik! Natijada ning massa ulushini ham martaga ortishiga olib keladi:
-holat: ortiqcha miqdorda qoʻshmaslik
Soʻnggi holatda bizni agar ni ortiqcha miqdorda qoʻshmasak, nima sodir boʻlishi mumkinligi qiziqtiradi. Bu yaxshi natijaga olib kelmasligini bilamiz, chunki agar ortiqcha miqdorda boʻlmasa, eritmadagi hammasi ham reaksiyaga kirishmay qoladi. Demak, massa orqali dastlabki aralashmadan massasini topish uchun foydalana olmaymiz, chunki eritmada reaksiyaga kirishmagan anionlari hali ham bor. Shundan kelib chiqib, biz dastlabki aralashmada ning massa ulushini notoʻgʻri hisoblagan boʻlardik.
Yuqoridagi holatga tegishli va ehtimol eng muhim savollar quyidagilar:
Biz bu savolning javobini bilganimizda, hisob-kitoblarimiz juda ishonchli boʻlardi! Bu masalada:
- Bizda tarkibida
ning foizi nomaʼlum boʻlgan aralashma bor. - Biz, shuningdek, tenglashtirilgan tenglamamizdan
ning har bir moli uchun ning kamida moli talab etilishini bilamiz.
Eritmada ortiqcha miqdorda boʻlishining ziyoni yoʻq, chunki ning barchasi reaksiyaga kirishganidan keyin ortib qolgan eritma filtr qilinganida eritma bilan chiqib ketadi.
Agar biz dastlabki aralashmamiz tarkibida qancha miqdorda borligini bilmasak, u holda ning qoʻshilishi kerak boʻlgan miqdorini qanday qilib hisoblaymiz? Bilamizki, dastlabki aralashmamizda ning miqdori qancha koʻp boʻlsa, shuncha koʻp miqdorda kerak. Baxtimizga, aralashmamiz ni tashkil qilganida nima qilishimiz kerakligi toʻgʻrisida bizda yetarli maʼlumotlar bor. Yaʼni bu ning boʻlishi mumkin boʻlgan maksimal qiymati va aynan shunday qiymatda eng koʻp talab etiladi.
Keling, bizda bor deb tasavvur qilamiz. Xoʻsh, unda qancha miqdorda kerak? Bu yana bir stexiometrik masala! Biz ning molekulyar massadan foydalanib, uning massasini molga aylantiramiz, keyin ning mol miqdoridan ning mol miqdorini topamiz:
Olingan natija shuni koʻrsatadiki, hatto aralashmamizda aniq qancha miqdorda borligini bilmasak-da, kamida qoʻshganimizda kutilgan natijaga erishishimiz kerak!
Xulosa
Gravimetrik choʻktirish usuli bu – choʻkma hosil boʻlish reaksiyasidan foydalangan holda ionli birikmaning miqdori yoki konsentratsiyasini hisoblash usuli. Masalan, tutgan ion birikmalarni miqdoriy analiz qilishimiz uchun eritmaga qoʻshishimiz mumkin. Gravimetrik choʻktirish usulini qoʻllab, olib boriladigan tajriba va hisoblashlar uchun baʼzi foydali maslahatlar:
- Stexiometrik koeffitsiyentlarni takror tekshiring va tenglamalar toʻgʻri tenglashtirilganiga ishonch hosil qiling.
- Choʻkma doimiy massagacha quritilganiga ishonch hosil qiling.
- Choʻktiruvchi agentni ortiqcha miqdorda qoʻshing.
Shunchaki qiziqish tufayli!
Deylik, bizda tarkibida va boʻlgan aralashma bor. Biz ortiqcha miqdorda qoʻshamiz va choʻkmasini hosil qilamiz.
Dastlabki aralashmamizda qancha miqdorda va bor?
Javoblaringizni ta qiymatga ega boʻlgan raqamlar bilan ifodalang.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.