If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 5: Kimyoviy reaksiyalar va stexiometriya

400 possible mastery points

Boʻlim haqida

Bu boʻlim Kimyo kutubxonasining bir qismidir. Mavzular boʻyicha video, maqola va mashqlarni koʻrib chiqing.
Endi esa biz kimyoviy reaksiyalarni koʻramiz. Ammo biz atomlar sehrli ravishda paydo boʻlmasligi va yoʻqolmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Boshqa soʻz bilan aytganda, reagentlar (reaksiyaga kirishadigan molekula) va reaksiya mahsulotlarida atomlarning umumiy miqdori bir xil ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak!
Endi biz tenglashtirilgan reaksiya tenglamalari va laboratoriyada boʻlayotgan jarayonlar (moddalarning aniq massasi sizga maʼlum) orasidagi bogʻliqlikni koʻrib chiqamiz.

Mashq qiling

Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,240 tagacha mahorat ballarini toʻplang
Koʻpgina reaksiyalarda bitta molekula ortib qoladi (yoki boshqasi yetmaydi), shuning uchun hamma reagent reaksiyaga kirishmaydi. Reaksiya biz uchun foydali boʻladigan yoʻnalishda borishi uchun qaysi reagentni cheklangan miqdorda olish kerakligini aniqlash usullarini koʻrib chiqamiz.
Endi biz molekulaning tarkibini ifodalovchi ikki xil usulni koʻrib chiqamiz: molekulyar va emperik formulalar. Molekulyar formulalar molekulada atomlar miqdorini koʻrsatadi, empirik formulalar esa tajribalar asosida olingan komponentlar nisbatini koʻrsatadi. Ushbu fikrlarni bizga birlashtirishga yordam berishi uchun biz "mol" deb nomlangan miqdorni oʻrganamiz. Xuddi "juft" 2 narsadan iborat boʻlganidek, "mol" 602 200 000 000 000 000 000 000 narsadan iborat. Bu bizga molekulalarning massa tarkibi haqida oʻylashga yordam beradi.
Keyingisi:

Oraliq test

Ushbu boʻlimdagi barcha mahoratingizni oshiring va 400 gacha mohirlik ballarini toʻplang!