Endi esa biz kimyoviy reaksiyalarni koʻramiz. Ammo biz atomlar sehrli ravishda paydo boʻlmasligi va yoʻqolmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Boshqa soʻz bilan aytganda, reagentlar (reaksiyaga kirishadigan molekula) va reaksiya mahsulotlarida atomlarning umumiy miqdori bir xil ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak!
Endi biz tenglashtirilgan reaksiya tenglamalari va laboratoriyada boʻlayotgan jarayonlar (moddalarning aniq massasi sizga maʼlum) orasidagi bogʻliqlikni koʻrib chiqamiz.
Koʻpgina reaksiyalarda bitta molekula ortib qoladi (yoki boshqasi yetmaydi), shuning uchun hamma reagent reaksiyaga kirishmaydi. Reaksiya biz uchun foydali boʻladigan yoʻnalishda borishi uchun qaysi reagentni cheklangan miqdorda olish kerakligini aniqlash usullarini koʻrib chiqamiz.
Endi biz molekulaning tarkibini ifodalovchi ikki xil usulni koʻrib chiqamiz: molekulyar va emperik formulalar. Molekulyar formulalar molekulada atomlar miqdorini koʻrsatadi, empirik formulalar esa tajribalar asosida olingan komponentlar nisbatini koʻrsatadi. Ushbu fikrlarni bizga birlashtirishga yordam berishi uchun biz "mol" deb nomlangan miqdorni oʻrganamiz. Xuddi "juft" 2 narsadan iborat boʻlganidek, "mol" 602 200 000 000 000 000 000 000 narsadan iborat. Bu bizga molekulalarning massa tarkibi haqida oʻylashga yordam beradi.
Kimyoviy reaksiyalarda atomlar qayta guruhlanish, birikish yoki ajralish orqali yangi moddalar hosil qiladi. Biz turli reaksiyalarning klassifikatsiyasini va bu reaksiyalarning xususiyatlarini oʻrganamiz.