Asosiy kontent
Kimyo
Course: Kimyo > Unit 12
Lesson 1: Muvozanat konstantasi- Muvozanatda turgan reaksiyalar
- Km tushunchasi
- Muvozanat doimiysi K
- Km ni keltirib chiqarish
- Geterogen muvozanat
- Parsial bosim orqali muvozanat doimiysi (Kp) ni hisoblash
- Kc qiymati kichik boʻlganda x ni topish
- Kc qiymati katta boʻlganda x ni topish
- Muvozanat doimiysi ifodalarini yozish
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Muvozanat doimiysi K
Qaytar reaksiyalar, muvozanat va muvozanat doimiysi K. Muvozanatdagi reaksiyada K qanday hisoblanadi va K ning mahsulot yoki reagent hosil boʻlishiga taʼsiri qanday aniqlanadi.
Asosiy tushunchalar
- Bir vaqtning oʻzida bir-biriga teskari ikki yoʻnalishda (ham oldinga, ham orqaga) boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. Bunda oldinga boradigan reaksiya – toʻgʻri reaksiya, orqaga ketadigan reaksiya esa teskari reaksiya hisoblanadi.
- Toʻgʻri reaksiya tezligi teskari reaksiya tezligiga teng boʻlgan holat kimyoviy muvozanat deyiladi. Kimyoviy muvozanatda turgan sistemada barcha reagentlar va reaksiya mahsulotlarining konsentratsiyasi oʻzgarmas boʻladi.
reaksiya berilgan. Kimyoviy muvozanat (shuningdek, yoki harflari bilan belgilanadi. Yuqoridagi reaksiya uchun kimyoviy muvozanat konstantasi quyidagicha ifodalanadi:
- Muvozatda qaror topmagan reaksiyalarda reaksiya koeffitsiyenti
nomli tushuncha bor. Reaksiya koeffitsiyenti kabi kattalik boʻlib, muvozanat qaror topganda reaksiya koeffitsiyenti muvozanat doimiysi ga teng boʻladi. va muvozanat qaror topgan reaksiyalar komponentlarining konsentratsiyalarini aniqlashda, shuningdek, reaksiya mahsulotlari va reagentlarining reaksiya moyilligini baholashda ishlatiladi.
Kirish: qaytar reaksiyalar va kimyoviy muvozanat
Qaytar reaksiyalarda bir vaqtning oʻzida ham toʻgʻri reaksiya, ham teskari reaksiya ketishi mumkin. Koʻpchilik reaksiyalar nazariy jihatdan qaytar reaksiyalar hisoblanadi. Baʼzi reaksiyalar esa reaksiya mahsuloti va reagenti xossalariga koʻra orqaga qaytmaydi, yaʼni qaytmas reaksiyalar hisoblanadi. Qaytar reaksiyalarni tenglashtirishda 2 ta qarama-qarshi yarim yoy ( ) belgisidan foydalanamiz. Bu belgi bizga reaksiya ham mahsulot tomonga (toʻgʻri reaksiya), ham chap tomonga (teskari reaksiya) ketishi mumkinligini koʻrsatadi. Qaytar reaksiyani azot tetraoskiddan ( ) azot dioksidi ( ) hosil boʻlishi misolida koʻrib chiqamiz:
Tasavvur qiling, rangsiz gaz boʻlgan moddasidan maʼlum miqdorini ogʻzi yopiq shisha idishga xona temperaturasida joylashtirildi. Soʻngra uni kuzatsak, maʼlum vaqtdan soʻng shisha idishdagi gaz rangi oʻzgarib sargʻish rangga kiradi va yana vaqt oʻtgan sari rangi toʻqlashib boradi. Ushbu jarayonda va konsentratsiyalarining oʻzgarishini quyidagi grafik orqali koʻrishingiz mumkin.
Dastlab idishda faqat bor edi va ning konsentratsiyasi 0 M ga teng edi (yaʼni idishda yoʻq). gazi ga aylanib borgan sari ning konsentratsiyasi kamayib boradi va aksincha ning konsentratsiyasi oshib boradi. Buni grafikda ham koʻrishimiz mumkin. Qizil chiziq ning konsentratsiyasini ifodalaydi. Qizil chiziq pastdan koʻtarilib maʼlum nuqtaga yetganda toʻxtaydi va doimiy holatga keladi. Koʻk chiziq esa ning konsentratsiya oʻzgarishini ifodalaydi. Koʻrib turganingidek, koʻk chiziq borgan sari pasayib maʼlum nuqtaga yetganda doimiy holatga oʻtadi. va larning konsentratsiyalari oʻzgarmas holatga kelganda reaksiyada muvozanat qaror topadi.
Barcha muvozanatda turgan reaksiyalarda ham toʻgʻri reaksiya, ham teskari reaksiya bir xil tezlikda sodir boʻladi. Toʻgʻri va teskari reaksiya tezliklari bir xil boʻlgani sababli reaktivlar va mahsulotlar konsentratsiyasi doimiydir. Unutmang!!! Muvozanat qaror topganda reaksiyalar toʻxtamaydi, balki davom etib turadi. Bunda qancha reagent reaksiyaga kirishsa, shuncha reagent hosil boʻladi (teskari reaksiya hisobiga!). Shuning uchun kimyoviy muvozanat dinamik muvozanat (harakatdagi muvozanat) deb ham ataladi.
Muvozanatda turgan reaksiyaning barcha komponentlarining muvozanat konsentratsiyalaridan foydalanib muvozanat doimiysi ( ) ini aniqlay olamiz. baʼzan yoki kabi yoziladi. Indeksdagi konsentratsiyani ifodalaydi, chunki muvozanat doimiysi topilishida muvozanatda turgan reaksiyaning komponentlarining aniq bir temperaturadagi molyar konsentratsiyasi ( ) dan foydalaniladi. Muvozanat doimiysi muvozanatdagi reaksiyaning reagentlari va mahsulotlarining konsentratsiyalari nisbatini ifodalaydi. Yaʼni bu nisbat bizga reaksiya olib boriladigan idishda mahsulotlar yoki reagentlar miqdori bir-biriga nisbatan koʻpligini koʻrsatib beradi. Shuningdek, muvozanat doimiysi ( ) dan sistema muvozanatga kelgan-kelmaganini aniqlashda ham foydalaniladi.
qanday hisoblanadi?
Quyida muvozanatda turgan qaytar reaksiya berilgan:
Agar reaksiyada qatnashuvchi har bir moddaning molyar konsentratsiyasini bilsak, quyidagi bogʻliqlik orqali ni qiymatini topa olamiz.
Bu yerda va reaksiya mahsulotlarining muvozanat konsentratsiyasi; va reagentlarning muvozanat konsentratsiyasi; , , va lar esa reaksiyani tenglashtiruvchi stexiometrik koeffitsiyentlardir. Odatda molyar konsentratsiyadan foydalaniladi. Molyar konsentratsiyaning birligi dir.
maʼlum bir reaksiya uchun faqat ayni bir temperaturadagina oʻzgarmasdir. Temperatura oʻzgarsa, ham boshqa qiymatga oʻzgaradi.- Qattiq moddalar va erituvchilar qatoriga kiruvchi moddalar muvozanat tenglamasida ifodalanmaydi.
darsliklarda odatda birliksiz holatda ishlatiladi. ning aniq qiymatini aniqlash uchun muvozanatda turgan reaksiya koeffitsiyentlar yordamida tenglashtirilgan boʻlishi kerak. Bunda koeffitsiyentlar oʻzaro qisqarmaydigan butun sonlar boʻlishi shart.
Eslatma! Agar reagent yoki mahsulotlarning biri gaz holatda boʻlsa (yoki hammasi), biz muvozanat konstantasini gazlarning parsial bosimi orqali ifodalashimiz mumkin. Biz odatda bu qiymatga deb qaraymiz, muvozanat konsentrarsiyasi orqali ifodalanganda esa . Bu maqolada biz ga eʼtibor qaratamiz.
muvozanatda turgan reaksiya haqida qanday maʼlumotlarni beradi?
- Agar
ning qiymati juda yuqori ~1000 yoki undan ham koʻp boʻlsa, muvozanatda turgan sistema asosan reaksiya mahsulotlaridan iborat boʻladi. Yaʼni reaksiya yuqori unum bilan sodir boʻlib, reagentlarning deyarli hammasi sarflangan va ularning miqdori juda kam qolgan. - Agar
ning qiymati juda kichik, ~0,001 yoki undan ham kam boʻlsa, muvozanatda turgan sistema asosan reagentlardan iborat boʻladi. Yaʼni reaksiya unumi past boʻlib, mahsulot deyarli hosil boʻlmagan. - Agar
ning qiymati 0,001 va 1000 oraligʻida boʻlsa, muvozanatda turgan sistemada ham reaksiya mahsulotlari, ham reagentlarning konsentratsiyasi sezilarli darajada boʻladi.Ushbu qoʻllamadan foydalanib, biz tezda toʻgʻri reaksiyaning ketishi oson, yaʼni mahsulot hosil boʻlishi bilan boradigan reaksiyada juda katta, teskari yoʻnalishda borishi oson boʻlgan, yaʼni boshlangʻich mahsulotlar (reagentlar) hosil boʻlishi bilan boradigan reaksiyalarda juda kichkina yoki oraliq holatda ekanini bilishimiz mumkin.
Misol
1-qism: muvozanat konsentratsiyasidan foydalanib ni hisoblash.
Keling, oltingugurt (IV) oksidi va kisloroddan oltingugurt (VI) oksidi hosil boʻlish reaksiyasining muvozanat holatini koʻrib chiqaylik:
Reaksiya maʼlum bir temperaturada muvozanat holatida boʻladi. Moddalarning muvozanat konsentratsiyasi quyidagicha boʻlsin:
Agar ifodaga yuqoridagi konsentratsiya qiymatlarini olib kelib qoʻysak, quyidagi natijani olamiz:
Ahamiyat bering, biz olgan ning natijasi 0,001 va 1000 orasida. Shu sababli muvozanatda turgan sistemada ham reaksiya mahsulotlari, ham reagentlarning konsentratsiyasi sezilarli darajada boʻladi.
2-qism: reaksiya koeffitsiyenti ( ) yordamida muvozanatdagi reaksiyani tekshirish
Demak, biz temperatura uchun muvozanat doimiysini qiymatini bilamiz: . Tasavvur qiling, xuddi shu temperaturada shu reaksiya sodir boʻlayotgan boʻlsin. Oldingisidan farqli ravishda konsentratsiyalar quyidagi qiymatga ega:
Endi biz bu reaksiyada muvozanat qaror topgan yoki topmaganini bilishni xohlaymiz. Buni qanday aniqlaymiz?! Qachonki reaksiyada muvozanat qaror topganiligini aniq bilmasak, reaksiya koeffitsiyenti ( ) ni quyidagicha hisoblaymiz:
Shu nuqtada eʼtibor bering-a! Bu ifoda koʻzingizga juda tanish tuyulmadimi? Ha, aynan, bu ifoda muvozanat doimiysi ifodasi bilan bir xil. Endi sizda va bir-biridan qanday farq qilishi toʻgʻrisida savol tugʻilgandir-a? Asosiy farq shundaki, biz reaksiya uchun ni istalgan vaqtda reaksiya muvozanat holatida boʻladimi yoki yoʻqmi hisoblashimiz mumkin, ammo biz muvozanat paytida faqat ni hisoblashimiz mumkin. va larning qiymatlarini taqqoslab, reaksiya muvozanatda holatida boʻlganini yoki yoʻqligini ayta olamiz, chunki muvozanat holatida boʻladi.
Yuqoridagi konsentratsiya qiymatlaridan foydalanib ni hisoblasak, quyidagi natijani olamiz:
2-masala: yordamida muvozanat tarkibni aniqlash
Keling, , va lardan iborat muvozanatni koʻrib chiqaylik:
Bu reksiya uchun muvozanat doimiysi tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Bizga temperatura uchun shu reaksiyaning muvozanat doimiysi ga tengligi maʼlum. Shuningdek, quyidagi konsentratsiyalar ham maʼlum:
Kutganimizdek, ning muvozanat konsentratsiyasi ( ) reagentlarning va konsentrastiyalaridan ancha kichik.
Xulosa
- Bir vaqtning oʻzida bir-biriga teskari ikki yoʻnalishda (ham oldinga, ham orqaga) boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. Bunda oldinga boradigan reaksiya – toʻgʻri reaksiya, orqaga ketadigan reaksiya esa teskari reaksiya hisoblanadi.
- Toʻgʻri reaksiya tezligi teskari reaksiya tezligiga teng boʻlgan holat kimyoviy muvozanat deyiladi. Kimyoviy muvozanatda turgan sistemada barcha reagentlar va reaksiya mahsulotlarining konsentratsiyasi oʻzgarmas boʻladi.
tenglama berilgan. Bu tenglamaning muvozanat doimiysi quyidagicha topiladi. Bunda muvozanat doimiysi muvozanatdagi moddalarning molyar konsentratsiyasi yordamida topilyapti, shu sababli :
- Muvozatda qaror topmagan reaksiyalarda reaksiya koeffitsiyenti
nomli tushuncha bor. Reaksiya koeffitsiyenti kabi kattalik boʻlib, muvozanat qaror topganda reaksiya koeffitsiyenti muvozanat doimiysi ga teng boʻladi. - Muvozanat holatida turgan reaksiyadagi moddalarning muvozanat konsentratsiyalarini hisoblashda va reaksion muhitda reagentlar yoki mahsulotlar miqdori koʻpligini aniqlashda
dan foydalaniladi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.