Biz molekulalarni koʻz bilan koʻra olmaymiz, ammo ularning tuzilishini soddalashtiramiz hamda qalam va qogʻoz yordamida turli shakllarda tasvirlaymiz. Bu, biz sizga tanishtirmoqchi boʻlgan kimyo tilidir. Siz endilikda Luisning nuqtaviy strukturalarini va rezonans strukturalarni chizishni, tegishli guruhlarning zaryadlarini topishni hamda Gillespi nazariyasidan foydalangan holda molekula va ionlarning geometriyasini tahlil qilishni oʻrganasiz.