Asosiy kontent
Kimyo
Course: Kimyo > Unit 1
Lesson 1: Atom bilan tanishish- Kimyoga kirish
- Kimyoni oʻrganishga tayyorlanish
- Elementlar va atomlar
- Ishlangan misol: atom ogʻirligini hisoblash
- Mol va Avogadro soni
- Atom raqami, massa soni va izotoplar
- Ishlangan misol: izotoplar va ionlarni aniqlash
- Izotop tarkibi: protonlar, elektronlar va neytronlarni hisoblash
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Kimyoni oʻrganishga tayyorlanish
Khan Academyʼda kimyo fanini oʻrganish uchun matematika va boshqa fanlar bilan qisqacha tanishib chiqing!
Kimyo olamiga xush kelibsiz!
Ushbu maqolada boshlangʻich kimyoni oʻzlashtirishingizga koʻmaklashadigan bir qancha asosiy tushunchalarni koʻrib chiqamiz. Agar baʼzi mavzular notanish tuyulsa yoki yodingizdan koʻtarilgan boʻlsa, tashvish chekmang! Kurslarni oʻzlashtirish davomida Khan Academy materiallarini oʻrganishingiz yoki qayta koʻrib chiqishingiz uchun havolalar mavjud. Yodingizda tuting, siz har qanday narsani oʻrganishga qodirsiz!
Matematika
Asosiy koʻnikmalar
- Darajalarning xossalari va logorifmlarning xossalari: logorifm va darajalarni yaxshi bilish kislota-asos, kinetika va muvozanat kabi mavzularni oʻrganishda yordam beradi.
- Chiziqli funksiyani tuzish: kimyoning eng qiziqarli taraflaridan biri bu oʻz tajribalaringizni olib borishdir. Tajriba natijalarini olgach, ularni qanday qilib tasvirlash va sharhlashni bilish kerak boʻladi.
- Kvadrat formula: kvadrat tenglamani tuzish va yechishni bilish kimyoviy muvozanatni oʻrganayotganda qoʻl keladi.
Fanga oid koʻnikmalar
- Sonning standart shakli: kimyogarlar dangasa boʻlishadi va 300000000 yoki 0,0000057 kabi sonlardagi nollarni yozishni xohlashmaydi, shuning uchun bunday sonlarni sonning standart shaklidan foydalanib yozamiz. Sonning standart shaklini bilish sondagi nollarni tushirib qoldirishimizga imkon yaratadi.
- Birliklar tahlili: kimyoni oʻrganayotganda mening ikkinchi qoidam bu doim, doim birliklarni tekshirish. Birliklar tahlili bu turli xil birliklarni hisoblashlar davomida mutanosibligi saqlanishida juda kerakli usuldir.
- Qiymatga ega boʻlgan raqamlar: olimlar qiymatga ega boʻlgan raqamlarni kimyo oʻquvchilarining gʻashini keltirish uchun atayin ishlatishadi (bu albatta hazil!). Qiymatga ega boʻlgan raqamlar oʻlchov yoki hisoblashdagi aniqlikni ifodalashda ishlatiladi.
Fizika va biologiya
- Ilmiy usul: olimlar doimiy tarzda atrofimizdagi hodisalar qanday kechishi haqida yangi maʼlumotlarni aniqlashadi. Ilmiy usul savollarni toʻgʻri qoʻyishimizga va ularning ehtimoliy izohlarini sinovdan oʻtkazish uchun tajribalarni loyihalashtirimizga koʻmaklashadi.
- Kulon qonuni: zaryadlangan zarrachalar orasidagi kuch materiyaning subatom darajadagi xossalarini tushuntirishda ishlatilishi mumkin.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.