Agar siz ushbu xabarni oʻqiyotgan boʻlsangiz, demak, saytimizga tashqi resurslarni yuklashda muammolarga duch kelmoqdamiz.

If you're behind a web filter, please make sure that the domains *.kastatic.org and *.kasandbox.org are unblocked.

Asosiy kontent

Kk va Ka orasidagi bogʻliqlik

Kuchsiz kislota Kk qiymati va uning tutash asosi Ka qiymati orasidagi bogʻliqlik. Kk va Ka hamda pKk va pKb larni almashtirishga oid tenglamalar. 

Asosiy tushunchalar

Tutash asos-kislota juftlarida kislotaning dissotsilanish doimiysi Kkva asosning ionlanish doimiysi Ka oʻzaro quyidagicha bogʻlangan:
  • KkKa=Ks
    bu yerda Ks avtoionlanish doimiysi
  • pKk+pKa=14  25C da 

Kirish: kuchsiz kislota va asoslarning ionlanishi qaytar jarayondir

Kuchsiz kislotalarni umumiy HK deb yozsak, ular suvga H+ (proton) berib tutash asos - K va H3O+ hosil qiladi:
HK(s.e.)+H2O(s)H3O+(s.e.)+K(s.e.)
  kislota          asos            kislota              asos
Kuchsiz asos (A) ham kuchsiz kislotalarga oʻxshab suvdan proton qabul qilib tutash kislota – HA+ va OH ni hosil qiladi:
A(s.e.)+H2O(s)HA+(s.e.)+OH(s.e.)
  asos         kislota          kislota          asos
Kuchsiz kislota va asoslarning ionlanish reaksiyasi muvozanat doimiysi har bir modda uchun alohida aniqlanadi. Ushbu mavzuda tutash kislota-asos juftlarining muvozanat doimiylari Kk va Ka lar orasidagi bogʻliqlikni oʻrganamiz.
Kuchsiz kislota-ftorid kislotaning suvli eritmasida dissotsilanmagan HF molekulasi hamda proton va ftorid ionlari muvozanat holatida boʻladi.
Izoh: ushbu mavzuda barcha eritmalar suvli eritmalar deb hisoblansin.

HK kislota uchun Kk ni topish

Bir negizli kuchsiz kislota (HK) uchun dissotsilanish reaksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
HK(s.e.)+H2O(s)H3O+(s.e.)+K(s.e.)
Ushbu reaksiya mahsulotlari HK ning tutash asosi boʻlgan K va H3O+. Ushbu reaksiyaning muvozanat doimiysi (Kk) uchun quyidagi ifodani yozish mumkin:
Kk=[H3O+][K][HK]

Asos xossali K uchun Ka topish

K asos xossasini namoyon qilgani sababli K uchun qaytar reaksiya yozish mumkin, yaʼni bunda K suvdan proton qabul qiladi:
K(s.e.)+H2O(s)HK(s.e.)+OH(s.e.)
Ushbu reaksiya mahsulotlari HK va OH. Bu reaksiya uchun muvozanat doimiysi (Ka)ni topishimiz mumkin:
Ka=[HK][OH][K]
Ushbu reaksiya HK ning suv bilan reaksiyasiga oʻxshasa-da, bu ikki reaksiya bir-biridan katta farq qiladi. HK suv bilan kislota sifatida reaksiyaga kirishganda reaksiya mahsulotlaridan biri H3O+ boʻlsa, uning tutash asosi - K asos sifatida suv bilan reaksiyaga kirishganda mahsulotlardan biri sifatida OHhosil boʻladi.

Tutash kislota-asos juftlari uchun Kk va Ka lar orasidagi bogʻliqlik

HK ga tegishli Kk ni va K ga tegishli Ka ni oʻzaro koʻpaytirsak, quyidagini olamiz:
KkKa=([H3O+][K][HK])([HK][OH][K])=[H3O+][OH]=Ks
bu yerda Ks suvning dissotsilanish doimiysi. Tutash kislota-asoslarning Kk va Ka lari orasidagi bogʻliqlik juda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yana bir ajoyib tenglama olish uchun Ks ning 25C dagi qiymatidan foydalanishimiz mumkin:
KkKa=Ks=1,0×1014  25C(1-teng.)
1-teng. ning har ikkala tomonidan manfiy log10 olsak, quyidagi tenglama hosil boʻladi:
pKk+pKa=14   25C(2-teng.)
Ushbu tenglamadan foydalanib tutash kislotaning Kk qiymati maʼlum boʻlganda kuchsiz asosning Ka (yoki pKa) qiymatini topishimiz mumkin. Shuningdek, tutash asosning Ka qiymati maʼlum boʻlganda kuchsiz kislotaning Kk (yoki pKk) qiymatini ham topishimiz mumkin.
Bu tenglama faqatgina tutash kislota-asos juftlarida ishlashini eslab qolish zarur!! Tutash kislota-asos juftlarini qanday aniqlashni eslab olish uchun tutash kislota-asos juftlari mavzusini koʻring.
Nazorat savoli: 25C dagi Ka (NH3) qiymatini bilgan holda quyidagilardan qaysi birini aniqlash mumkin?
Bitta javobni tanlang:

Misol: kuchsiz asos uchun Ka ni topish

Ftorid kislota (HF) ning pKk qiymati 25C da 3,36 ga teng.
F(s.e.) uchun Ka ni toping
Keling, ushbu masalani bosqichma-bosqich ishlaymiz.

1-qadam. Tutash kislota-asos jufti borligiga ishonch hosil qilib olamiz

Tutash kislota-asos juftlari orasidagi bogʻliqlikni HF ning dissotsilanish reaksiyasini yozib aniqlashimiz mumkin:
HF(s.e.)+H2O(s)F(s.e.)+H3O+(s.e.)
Koʻrib turibmizki, HF suvga proton berib H3O+ va F hosil qilayapti. Demak, HF ning tutash asosi F ekan. Bundan xulosa qilish mumkinki, HF ning pKk sidan F ning pKa sini aniqlashda foydalanish mumkin. Ura!

2-qadam. pKk dan pKa ni topishda 2-teng. dan foydalanish

2-teng. ni qayta yozib pKa ni topsak quyidagi ifoda hosil boʻladi:
pKa=14,00pKk
pKk ning qiymatini tenglamaga qoʻysak, quyidagi natijani olamiz:
pKa=14,00(3,36)=10,64
Demak, pKa 10,64 ga teng.

3-qadam. pKa dan foydalanib Ka ni hisoblash

Quyidagi ifodadan foydalanib pKa dan Ka ni topishimiz mumkin:
pKa=log(Ka)
Tenglamadan Ka ni topsak, quyidagi ifoda hosil boʻladi:
Ka=10pKa
pKa qiymatini oʻrniga qoʻyib hisoblaymiz va quyidagi natijani olamiz:
Ka=10(10,64)=2,3×1011
Demak, F uchun Ka qiymati 2,3×1011 ga teng.

Xulosa

Tutash kislota-asos juftlarining Kk va Ka lari orasida quyidagicha bogʻliqlik bor:
  • Ks=KkKa
  • pKk+pKa=14  25C da