Asosiy kontent
Kimyo
Course: Kimyo > Unit 13
Lesson 1: Kislotalar, asoslar va pH- Arrenius kislotalari va asoslari
- Arreniusning kislota va asoslar haqidagi taʼrifi
- pH, pOH va pH koʻrsatkich
- Brensted-Lourining kislota-asos nazariyasi
- Brensted-Lourining kislota va asoslar haqidagi taʼrifi
- Suvning ionlanishi (ionlarga ajralishi)
- Suvning ionlanishi (ionlarga parchalanishi) va Ks
- pH taʼrifi
- Kuchli kislota va asoslarning pH va pOH koʻrsatkichi
- Kuchli kislota va kuchli asoslar
- Kislotaning kuchi, anionning oʻlchami va bogʻning energiyasi
- Kuchli va kuchsiz kislotalarni aniqlash
- Kuchli va kuchsiz asoslarni aniqlash
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Arrenius kislotalari va asoslari
Arrenius kislota va asoslarining taʼrifi, Arrenius kislota va asoslari reaksiyalari
Asosiy tushunchalar
- Arrenius kislotalari deganda suvli eritmada start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript ionlari konsentratsiyasini oshiradigan har qanday modda tushuniladi.
- Arrenius asoslari deganda suvli eritmada start text, O, H, end text, start superscript, minus, end superscript ionlari konsentratsiyasini oshiradigan har qanday modda tushuniladi.
- Suvli eritmada start text, H, end text, start superscript, plus, end superscriptionlari darhol suv molekulalari bilan taʼsirlashib, gidroksoniy ioni left parenthesis, start text, H, end text, start subscript, 3, end subscript, start text, O, end text, start superscript, plus, end superscript, right parenthesisni hosil qiladi.
- Odatda kislota-asos yoki neytrallanish reaksiyalarida Arrenius asoslari va kislotalari oʻzaro taʼsirlashadi hamda tuz va suv hosil qiladi.
Kirish
Oshxonaningizdagi sirkadan tortib dushdagi sovuningizgacha – hamma yerda kislota va asoslar bor. Lekin kislotali yoki asosli deganda nima nazarda tutiladi? Bu savolga javob berish uchun kislota va asoslilikni taʼriflaydigan ayrim nazariyalarni oʻrganishimizga toʻgʻri keladi. Ushbu mavzuda biz Arrenius nazariyasiga toʻxtalamiz.
Arrenius kislotalari
Kislota va asoslar haqidagi Arrenius nazariyasi dastlab 1884-yilda shved kimyogari Svante Arrenius tomonidan taklif etilgan. U baʼzi birikmalarni suvga solganda qanday ion hosil qilishiga koʻra asoslar yoki kislotalar deb tasniflashni taklif qilgan.
Suvli eritmada start color #1fab54, start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript, end color #1fab54 ioni, yaʼni proton konsentratsiyasini oshiradigan moddalar Arrenius kislotalaridir. Masalan, xlorid kislota start text, H, C, l, end text ning dissotsilanish reaksiyasini koʻrib chiqaylik:
Xlorid kislotaning suvdagi eritmasini tayyorlaganimizda start color #1fab54, start text, H, end text, end color #1fab54, start text, C, l, end text dissotsatsiyalanadi va start color #1fab54, start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript, end color #1fab54 va start text, C, l, end text, start superscript, minus, end superscript ionlarini hosil qiladi. Natijada eritmada start color #1fab54, start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript, end color #1fab54 ioni konsentratsiyasi oshadi, shuning uchun ham xlorid kislotani Arrenius kislotasi deb hisoblash mumkin.
Vodorod ioni yoki gidroksoniy ioni?
Aytaylik, Arrenius kislotalaridan biri boʻlgan bromid kislota start text, H, B, r, end text ning 2 M li eritmasini tayyorladik. Bu bizning eritmada start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript ionining miqdori 2 M ekanini anglatadimi?
Aslida yoʻq. Amalda musbat zaryadlangan protonlar suv molekulalari bilan taʼsirlashib gidroksoniy ionlarini left parenthesis, start text, H, end text, start subscript, 3, end subscript, start text, O, end text, start superscript, plus, end superscript, right parenthesis hosil qiladi. Bu reaksiyani quyidagicha yozish mumkin:
Odatda kislotalarning dissotsilanish reaksiyasini yozganda start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript, left parenthesis, s, point, e, right parenthesis ioni hosil boʻlishini koʻrsatsak-da, amalda eritmada erkin start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript, left parenthesis, s, point, e, right parenthesis ioni boʻlmaydi. Uning oʻrninga start text, H, end text, start subscript, 3, end subscript, start text, O, end text, start superscript, plus, end superscript ioni boʻlib, bu ion kislota suvli eritmada dissotsilanishi bilan darhol hosil boʻladi. Quyidagi rasmda molekulyar modellardan foydalangan holda suv va vodorod ionlaridan gidroksoniy ioni hosil boʻlishi koʻrsatilgan:
Kimyogarlarning fikriga koʻra amalda start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript ioni va start text, H, end text, start subscript, 3, end subscript, start text, O, end text, start superscript, plus, end superscript ioni konsentratsiyasi oʻzaro bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Agar biz aniqroq yozishni istasak va dangasalikni bir chetga surib tursak, bromid kislotaning dissotsilanish reaksiyasida proton oʻrniga gidroksoniy ionini yozishimiz va gidroksoniy ioni hosil boʻlishini aniq koʻrsatishimiz mumkin:
Umuman olganda, har ikkala taʼrif ham Arrenius kislotasining dissotsiyatsiyasini koʻrsatish uchun maʼquldir.
Arrenius asoslari
Arrenius asoslari deganda suvli eritmada start color #e84d39, start text, O, H, end text, start superscript, minus, end superscript, end color #e84d39 ionlari konsentratsiyasini oshiradigan har qanday modda tushuniladi. Arrenius asosiga misol tariqasida eruvchanligi yuqori boʻlgan natriy gidroksidini (start text, N, a, O, H, end text) keltirish mumkin. Natriy gidroksid suvli eritmada quyidagicha dissotsilanadi:
Suvli eritmada natriy gidroksid toʻliq dissotsilanadi va start color #e84d39, start text, O, H, end text, start superscript, minus, end superscript, end color #e84d39 va start text, N, a, end text, start superscript, plus, end superscript ionlarini hosil qiladi, natijada eritmada gidriksid ionlarining konsentratsiyasi oshadi. Shuning uchun ham start text, N, a, O, H, end text Arrenius asosi hisoblanadi. Arrenius asoslariga start text, L, i, O, H, end text va start text, B, a, left parenthesis, O, H, right parenthesis, end text, start subscript, 2, end subscript ga oʻxshash 1 - va 2- guruh elementlarining gidroksidlari kiradi.
Sizning sinfingizda, kitobingizda yoki oʻqituvchingizning fikriga koʻra gidroksid saqlamagan moddalar Arrenius asoslariga kiritilishi yoki kiritilmasligi mumkin. Ayrim darsliklarda Arrenius asoslari aniqroq taʼriflanadi: suvli eritmada start text, O, H, end text, start superscript, minus, end superscript ionlarining konsentratsiyasini oshiradigan va kimyoviy formulasida kamida bitta start text, O, H, end text, start superscript, minus, end superscript guruhiga ega boʻlgan moddalar. Bu taʼrif 1- va 2- guruh gidroksidlarining klassifikatsiyasini buzmasa-da, metilaminga (start text, C, H, end text, start subscript, 3, end subscript, start text, N, H, end text, start subscript, 2, end subscript) oʻxshash moddalarni aniqlashda anglashilmovchilik keltirib chiqaradi.
Suvga metilamin qoʻshilganda quyidagi reaksiya sodir boʻladi:
Birinchi nazariyamizga koʻra metilamin eritmada start text, O, H, end text, start superscript, minus, end superscript ionlarining konsentratsiyasini oshirgani uchun Arrenius asosi boʻla oladi. Ikkinchi nazariyaga koʻra tarkibida gidroksid yoʻqligi uchun Arrenius asosi hisoblanmaydi.
Kislota-asos reaksiyalari: arrenius kislotasi + Arrenius asosi = suv + tuz
Odatda Arrenius asosi va kislotasi reaksiyaga kirishganda mahsulot sifatida tuz va suv hosil boʻladi. Bu reaksiyalar neytrallanish reaksiyasi deb ham ataladi. Misol uchun, ftorid kislota (start text, H, F, end text) va litiy gidroksid (start text, L, i, O, H, end text)ning suvli eritmalari aralashtirilganda nima sodir boʻladi?
Kislota va asos eritmalari aralashtirilmay, alohida turganda bu eritmalar haqida quyidagilarni bilamiz:
- Arrenius kislotalari start color #1fab54, start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript, end color #1fab54, left parenthesis, s, point, e, right parenthesis konsentratsiyasini oshiradi:
- Arrenius asoslari start color #e84d39, start text, O, H, end text, start superscript, minus, end superscript, end color #e84d39, left parenthesis, s, point, e, right parenthesis ionlari konsentratsiyasini oshiradi:
Kislota va asos eritmalari qoʻshilganda vodorod va gidroksid ionlaridan start text, H, end text, start subscript, 2, end subscript, start text, O, end text hamda boshqa ionlardan tuz – start text, L, i, F, end text, left parenthesis, s, point, e, right parenthesis hosil boʻladi:
Agar suv hosil boʻlishi va tuz hosil boʻlishi reaksiyalarini qoʻshsak, ftorid kislota va litiy gidroksid orasidagi umumiy neytrallanish reaksiyasini olamiz:
Arrenius nazariyasining kamchiliklari
Arrenius nazariyasining qoʻllanish doirasi cheklangan, chunki u faqat suvli eritmalardagi kislota-asos kimyosini tasvirlab bera oladi. Shunga oʻxshash reaksiyalar suvdan boshqa erituvchilarda ham, gaz fazasidagi molekulalar oʻrtasida ham sodir boʻlishi mumkin. Natijada zamonaviy kimyogarlar odatda koʻproq kimyoviy reaksiyalarda foydali boʻlgan Brensted-Louri nazariyasini afzal koʻrishadi. Kislotalar va asoslarning Brensted-Louri nazariyasi alohida maqolada muhokama qilinadi!
Xulosa
- Arrenius kislotasi - eritmada start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript ionlarining konsentratsiyasini oshiradigan har qanday modda.
- Arrenius asosi - eritmada start text, O, H, end text, start superscript, minus, end superscript ionlarining konsentratsiyasini oshiradigan har qanday modda.
- Suvli eritmada start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript ionlari darhol suv molekulasi bilan reaksiyaga kirishib, start text, H, end text, start subscript, 3, end subscript, start text, O, end text, start superscript, plus, end superscript (gidroksoniy) ionini hosil qiladi.
- Kislota-asos yoki neytrallanish reaksiyalarida Arrenius kislota va asoslari oʻzaro reaksiyaga kirishib, suv va tuz hosil qiladi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.