If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Endomembren tizimi

Endoplazmatik toʻr (ET), Golji apparati, lizosomalar va vakuolalar. Tuzilmalar orasida pufakchalar almashinuvi.

Kirish

Oʻzingizni oshqozon osti bezi hujayrasi deb tasavvur qiling. Sizning vazifangiz ingichka ichakdagi oziq-ovqatdan ozuqaviy moddalarni parchalashga yordam beradigan oshqozon fermentlarini ajratishdir. Ushbu ishni bajarish uchun siz bu fermentlarni sintez qilingan joydan – hujayra ichkarisidan – oʻz faoliyat joylariga, yaʼni hujayradan tashqariga yuborishingiz kerak.
Siz buni qanday bajarasiz? Buning uchun sizda ichki membrana tizimi bor.

Endomembrana tizimi nima?

Endomembrana tizimi (“endo-” – “ichki”) bu eukariot hujayralardagi membrana va organellalarning birgalikda ishlovchi tizimi boʻlib, bu tizim oqsil va lipidlarni modifikatsiyalaydi va transportini taʼminlaydi. Bu tizim turli xil organellalar, masalan, yadro qobigʻi, lizosomalar, endoplazmatik toʻr va biz keyinroq sizga qisqacha tanishtiradigan Golji apparatidan tashkil topgan.
Oʻzi aslida plazmatik membrana hujayraning ichida boʻlmasa ham, endomembrana tizimining tarkibiga kiradi. Plazmatik membrana boshqa endomembrana organellalari bilan taʼsirlashadi va hujayrada sintezlangan oqsillar u orqali hujayra tashqarisiga tashiladi. Shuni unutmangki, hujayraning endomembrana tizimiga mitoxondriya, xloroplast va peroksisomalar kirmaydi.
Keling, endomembrana tizimining turli qismlarini va ularning oqsillar va lipidlarni tashishda qanday ishlashini batafsil koʻrib chiqamiz.

Endoplazmatik toʻr

Endoplazmatik toʻr oqsillar modifikatsiyasi va lipidlar sintezida muhim rol oʻynaydi. U membranali naychalar va yassi xaltachalardan iborat. Ushbu xaltachalar va naychalarning ichi boʻsh va ularning ichki qismi lumen deb ataladi.

Donador endoplazmatik toʻr

Donador endoplazmatik toʻr uning tashqi membranasiga gʻadir-budur ribosomalar yopishgani uchun shu nomni olgan. Ribosoma oqsilni sintez qilgani sababli lumenda oqsil zanjirlari boʻladi. Bu oqsillarning baʼzi birlari endoplazmatik toʻrning ichida suzib yursa, baʼzilari endoplazmatik toʻrning ichki membranasiga yopishgan holda boʻladi.
Endoplazmatik toʻrning ichida oqsillar modifikatsiyaga uchraydi, yaʼni uglevod zanjiri va boshqa funksional guruhlar qoʻshilishi mumkin. Ushbu modifikatsiyaga uchragan oqsillar hujayra membranalari – endoplazmatik toʻr yoki boshqa organellalar membranasi bilan birlashadi yoki hujayradan ajralib chiqadi.
Agar modifikatsiyalangan oqsillar endoplazmatik toʻrning ichida qolmasa, ular vezikula (pufakcha)larga joylanadi. Vezikula bu membranali kichik sharlar boʻlib, Golji majmuasiga oqsillarning tashilishini taʼminlaydi. Shuningdek, donador endoplazmatik toʻrda membrana uchun fosfolipidlar hosil qilinadi, bu fosfolipidlar ham vezikulalar yordamida kerakli joyga tashiladi.
Endoplazmatik toʻrning mikrosurati va diagrammasi. Mikrosuratda donador endoplazmatik toʻr yadro atrofidagi bir nechta membranali burmalar sifatida koʻrsatilgan. Diagrammada esa yadro atrofidagi donador va silliq endoplazmatik toʻrning 3D koʻrinishi tasvirlangan.
Manba: chapda OpenStax College, Biology (CC BY 3.0)ning “The endomembrane system and proteins: Figure 2” (Ichki membrana tizimi va oqsillar) deb nomlangan grafik materiali, Luiza Hovard tomonidan oʻzgartirilgan ish; oʻngda “Animal cell structure” (Hayvon hujayrasining tuzilishi) grafik materiali Mariana Ruiz tomonidan oʻzgartirildi.
Donador endoplazmatik toʻr hujayrada sintezlanuvchi oqsilning asosiy qismini sintezlagani uchun ham juda koʻp miqdorda ferment ajratib chiqaruvchi hujayralarda, misol uchun, jigar hujayralarida juda koʻp donador endoplazmatik toʻrga ega boʻladi.

Silliq endoplazmatik toʻr

Silliq endoplazmatik toʻr (silliq ET) donador endoplazmatik toʻrning davomi boʻlib, uning tashqi sitoplazmatik membranasida ribosoma juda kam yoki umuman boʻlmaydi. Silliq endoplazmatik toʻrning asosiy vazifalari quyidagilar:
  • Uglevod, lipid va steroid gormonlar sintezi
  • Tibbiy dori vositalari va zaharlarni zararsizlantirish
  • Kalsiy ionlarini zaxiralash
Muskul hujayralarida silliq ET ning sarkoplazmatik toʻr deb nomlanuvchi maxsus turi mavjud boʻlib, u muskul hujayralarida qisqaruvchanlikni taʼminlovchi kalsiy ionlarini toʻplashda xizmat qiladi.
Donador endoplazmatik toʻrda “silliq” nuqtalar ham boʻlib, ushbu nuqtalar donador endoplazmatik toʻrdan ajralib chiquvchi vezikulalarning chiqish joyi boʻlib xizmat qiladi hamda tranzit endoplazmatik toʻr deb ataladi.

Golji apparati

Vezikula (pufakcha)lar endoplazmatik toʻrdan ajralib chiqqach qayerga boradi? Oʻzlarining soʻnggi manzillariga transport pufakchalarida yetib borishlaridan oldin lipid va oqsillar saralanadi va tartiblanadi. Ushbu saralash, yoʻnaltirish, oʻrash va tarqatish jarayonlari Golji apparati (Golji majmuasi) – membrananing yassi disklaridan iborat organellada sodir boʻladi.
Golji apparatining mikrosurati: yassi membranali disklar ketma-ketligining koʻndalang kesimi koʻrsatilgan.
_Manba: OpenStax College, Biology (CC BY 3.0)ning “The endomembrane system and proteins: Figure 3” (Ichki membrana tizimi va oqsillar: 3-rasm) nomli grafik materiali. Luiza Hovard tomonidan oʻzgartirildi._
Golji apparatining qabul qiluvchi tomoni sis qismi, qarama-qarshi tomoni esa trans qismi deb nomlanadi. Endoplazmatik toʻrdan ajralgan pufakchalar sis qismga borib, u bilan birlashadi va ichidagi qismlarni Golji apparatining lumeniga boʻshatadi.
Oqsil va lipidlar Golji apparati boʻylab harakatlanadi va turli xil modifikatsiyalarga uchraydi. Qand molekulalarining qisqa zanjirlari qoʻshilishi yoki olib tashlanishi mumkin yoki boʻlmasa fosfat guruhlari ham oʻrash maqsadida biriktirilishi mumkin. Oqsilga qoʻshilayotgan uglevod guruhining (binafsharang) tarmoqchalarini olish va berish jarayoni koʻrsatilgan.
Ushbu rasmda donador endoplazmatik toʻrda sintezlangan oqsilning Golji apparati orqali plazmatik membranaga tashilishi koʻrsatilgan. Oqsil dastlab donador endoplazmatik toʻrda uglevod zanjirining qoʻshilishi natijasida oʻzgaradi; bu uglevod zanjirlari Golji apparatida kesilib, boshqasi bilan almashtiriladi. Shu kabi oʻzgarishlarga uchragan oqsil vezikulalar yordamida plazmatik membranaga olib boriladi. Vezikula plazmatik membrana bilan birlashadi, uning uchidagi lipid va oqsillardan plazmatik membrananing tarkibiy qismi sifatida foydalaniladi.
_Manba: OpenStax College Biology (CC BY 3.0)ning “The endomembrane system and proteins: Figure 1” (Ichki membrana tizimi va oqsillar) nomli grafik materialidan olindi. Magnus Manske tomonidan oʻzgartirishlar kiritildi._
Nihoyat, modifikatsiyalangan oqsillar saralanadi (aminokislotalar ketma-ketligi yoki oʻralgan kimyoviy moddalarning turiga qarab) va Golji apparatining trans qismidan ajraluvchi pufakchalarga joylanadi. Ushbu pufakchalarning baʼzilari oʻzining ichidagi qismlarni vakuola yoki lizosoma kabi organoidlarga olib boradi. Qolganlari esa oqsillarni hujayra tashqarisiga ajratib, plazmatik membrana bilan birlashadi.
Juda ham koʻp miqdorda oqsil ishlab chiqaruvchi hujayralarda Golji apparatining sisternalari soni boshqa hujayralarga nisbatan ancha koʻp boʻladi. Bunga misol tariqasida hazm qilish fermentlari ajralib chiqadigan soʻlak bezlarini yoki antitana sintezlovchi immun tizimini koʻrsatish mumkin. Bundan tashqari, Golji apparati oʻsimlik hujayralarida polisaxaridlar (uzun zanjirli uglevodlar)ni hosil qilishda qatnashadi. Bu polisaxaridlarning ayrimlari hujayra devorining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Lizosomalar

Lizosoma hazm qiluvchi fermentlarni oʻz ichiga olgan organella boʻlib, u hayvon hujayralarida qayta ishlovchi organella vazifasini bajaradi. U eski va keraksiz hujayra qismlarini parchalaydi va bu bilan molekulalardan qayta foydalanish imkonini beradi. Lizosomalar ichki membrana tizimining bir qismidir. Golji apparatini tark etgan ayrim vezikulalar lizosomalar bilan bogʻlanadi.
Lizosomalar hujayra ichiga tashqaridan kelgan yot zarralarni ham hazm qilishi mumkin. Masalan, inson immun tizimining bir qismi boʻlgan, makrofaglar deb nomlanuvchi oq qon hujayralarini koʻrib chiqamiz. Quyida koʻrsatilganidek, fagotsitoz deb nomlanuvchi jarayonda patogenni oʻrab olish uchun makrofag plazmatik membranasining bir qismi ichkariga kiradi.
Fagotsitozning rasmi: unda zarrachaning birikishi natijasida hosil boʻlgan fagosoma zarrani hazm qilishga imkon beradigan lizosoma bilan birlashadi.
_Manba: OpenStax College, Biology (CC BY 3.0)ning “Endomembrana tizimi va oqsillar: 4-rasm” nomli grafik materiali oʻzgartirib olindi._
Ichida patogen boʻlgan botiq qism plazmatik membranadan uzib olib, fagosoma deb nomlangan strukturani hosil qiladi. Keyin fagosoma lizosoma bilan qoʻshiladi va hazm fermentlari patogenni parchalaydi.

Vakuolalar

Oʻsimlik hujayralari oʻziga xosdir, chunki ularda vakuola deb nomlangan lizosomaga oʻxshash organella mavjud. Katta markaziy vakuola suv va chiqindilarni saqlaydi, zararli moddalarni ajratib chiqaradi va lizosomaga oʻxshab makromolekulalarni va hujayraning tarkibiy qismlarini parchalovchi fermentlarga ega.cubed Oʻsimlik vakuolalari suvning hujayradagi muvozanatida ham qatnashadi. Shuningdek, vakuola toksinlar, pigmentlar (rangli zarrachalar) va shu kabi birikmalarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin.start superscript, 4, end superscript

Lizosomalarni peroksizomalar bilan solishtiramiz

Chalgʻitishi mumkin boʻlgan bitta nuqta bu lizosomalar va peroksisomalar oʻrtasidagi farqdir. Ikkala turdagi organellalar ham molekulalarni parchalash va hujayra uchun zararli moddalarni neytrallashda ishtirok etadi. Bundan tashqari, ikkalasi ham odatda diagrammalarda mayda, yumaloq tomchiga oʻxshash shaklda koʻrsatiladi.
Vaholanki, peroksisoma – hujayrada oʻziga xos rolga va xossalarga ega boʻlgan boshqa bir organelladir. Uning ichida qoʻshimcha mahsulot sifatida vodorod peroksid (start text, H, end text, start subscript, 2, end subscript, start text, O, end text, start subscript, 2, end subscript) ishlab chiqaradigan oksidlanish reaksiyalarida ishtirok etuvchi fermentlar mavjud. Fermentlar yogʻ kislotalari va aminokislotalarni parchalaydi, shu bilan birga, tanaga kiradigan baʼzi moddalarni zararsizlantiradi. Masalan, alkogolni jigar hujayralarida joylashgan peroksisomalar zararsizlantiradi.
Eng muhimi, lizosomalardan farqli oʻlaroq, peroksisomalar ichki membrana tizimiga kirmaydi. Bu shuni anglatadiki, peroksisomalar Golji majmuasidan keladigan vezikulalarni qabul qilmaydi. Siz oqsillarning peroksisomaga qanday yetkazib berilishi haqida oqsilni yoʻnaltirish maqolasidan bilib olishingiz mumkin.