If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Hujayraga kirish

Hujayraga kirish, jumladan, ularning kashf etilish tarixi va hujayra nazariyasining rivojlanishi.

Kirish

Koʻzlaringizni yuming va gʻishtli devorni tasavvur qiling. Devorning asosiy qurilish materiali nima? Albatta, bitta gʻisht. Gʻishtli devor singari tanangiz asosiy qurilish materialidan tashkil topgan, tananing qurilish materiali esa hujayralardir.
Yaxshiyamki, sizning tanangizdagi hujayralar g‘ishtdan koʻra qiziqroq. (Shubhasiz, siz g‘ishtli devordan qiziqroq boʻlganingiz kabi!) G‘ishtlar boshqa barcha g‘ishtlar singari toʻrtburchak shaklda, hujayralar esa har xil shaklda boʻlishi mumkin: yumaloq, kvadrat, duksimon va yulduzsimon. Odatda g‘isht joyida turadi, koʻp turdagi hujayralar esa bir joydan ikkinchi joyga koʻchib oʻtadi. Agar g‘ishtni ikkiga boʻlsangiz, shunchaki koʻproq g‘isht topasiz, ammo hujayrani ikkiga kesib koʻrsangiz, hujayraning faoliyatini amalga oshirishga yordam beradigan maxsus strukturalarning murakkab va chiroyli toʻplamini topasiz. Ha, hujayralar qurilish materiali, ammo ular dunyodagi eng ajoyib qurilish materiali!
Hujayralar tanangizda juda koʻp turli xil vazifalarni bajaradi. Masalan, epiteliy hujayralari tananing tashqi yuzasini terining bir qismi sifatida himoya qiladi va ichki a’zolar hamda tana boʻshliqlarini qoplaydi. Suyak hujayralari tananing tayanchi boʻlgan suyaklarni hosil qiladi. Immun tizim hujayralari invaziv bakteriyalar bilan kurashadi. Qon va qon hujayralari tana boʻylab oziq moddalar va kislorodni tashiydi, karbonat angidridni esa ajratib chiqaradi. Ushbu hujayra turlarining har biri tananing oʻsishi, rivojlanishi va kunlik parvarishida muhim rol oʻynaydi.
Ular juda xilma-xil boʻlishiga qaramay, quyidagi rasmlarda barcha organizmlarning hujayralari, shu jumladan, odamlar, piyoz va bakteriya kabi turli xil hujayralar (chapdan oʻngga koʻrsatilgan) ham ba’zi umumiy fundamental xususiyatlarga ega. Bularni kelasi maqolalarda batafsil koʻrib chiqamiz. Bu yerda biz hujayra nazariyasi va hujayra ilk bor qanday kashf qilingani haqida qisqacha toʻxtalamiz.
Odam, piyoz va bakteriya hujayrasining mikrofotografiyasi
Rasm manbasi: “Kirish: shakl 1,” OpenStax College, Biology, CC BY 3.0; a: Ed Uthman, MD tomonidan oʻzgartirish; b: Umberto Salvagnin tomonidan oʻzgartirish; c: Shimoli-sharqiy Universitet Lyuis laboratoriyasida Antony D'Onofrio, Uilyam H. Foule, Eric J. Styuart va Kim Lyuis tomonidan oʻzgartirish; shkaladagi maʼlumotlar Matt Russellniki

Hujayra nazariyasi

Hozirgi kunda biz va boshqa tirik mavjudotlar hujayralardan iborat ekanimiz aniq koʻrinishi mumkin. Biroq 1600-yillarga qadar hech kim hech qachon hujayrani yaqindan va shaxsan koʻrmagani sababli bu toʻlaligicha aniq emas edi. Toʻqima boʻlagi yoki suyuqlik namunasidagi alohida bakteriyalardan yagona hujayrani ajratish uchun nisbatan yuqori quvvatli mikroskoplar, koʻrinishi juda kichik boʻlgan predmetlarni kattalashtirish uchun ishlatiladigan asboblar zarur boʻlgan. Hozir biologiyada mikroskoplardan qanday foydalanish toʻg‘risida koʻproq ma’lumot olish uchun microscopy haqidagi maqolani koʻrib chiqing.
Hujayralarni mikroskopik tuzilmalar sifatida kuzatgan birinchi inson britaniyalik olim Robert Guk edi. Aslida u hujayralarga nom bergan inson boʻlgan. U oddiy mikroskop orqali oʻlgan poʻstloq toʻqimasini koʻrib, “Mikrografiya” kitobida qutichasimon tuzilmalarga nisbatan hujayra atamasini qoʻllaganstart superscript, 1, end superscript. U hujayra (hujracha)ni nom sifatida tanlagan, chunki bu qutichalar unga cherkovning hujralarini, rohiblar uxlagan oddiy xonalarni eslatib turgansquared.
Biroq Guk kuzatgan hujayralar oʻlik toʻqimalardan edi va aslida hujayralar oʻlgandan keyin qolgan hujayra devorlari boʻlgan. Tirik, harakatlanuvchi hujayralarni birinchi marta koʻrgan kishi gollandiyalik doʻkon sotuvchisi va linzalar ustasi Anton van Levenguk boʻlgan. 1670-yillarda Gukning kitobidan ilhomlanib, u oʻzining yanada kuchli mikroskopini yasashni boshladi. Bular yordamida u tirik bir hujayrali organizmlarni, masalan, bakteriya va urug‘ hujayrasini kuzatib, ularning barchasini birgalikda kichik hayvonlar deb atadi.
Hujayralar borligi kashf qilinganiga qaramay, olimlar bu juda ham gʻayrioddiy hodisa emas, balki barcha oʻsimliklar, hayvonlar va boshqa jonzotlarning asosiy qurilish materiali ekanini anglashlari uchun birmuncha vaqt kerak boʻldi. Aslida 1830-yillarga qadar botanik Matias Shleyden va zoolog Teodor Shvann “oʻsimlik va hayvonlarning barcha turli qismlari hujayralardan tashkil topgan va hujayralar boshqa hujayradan hosil boʻladi” degan inqilobiy g‘oyani ilgari surdistart superscript, 4, end superscript.
Keyinchalik nemis olimi Rudolf Virxov shunchaki ba’zi hujayralar kerakli sharoitda shu tarzda shakllanib qolgan emas, balki barcha hujayralar boshqa hujayralardan paydo boʻlgan boʻlishi kerak deb ta’kidladistart superscript, 5, end superscript. Biroq u aslida bu fikrni polyak olimi Robert Remakdan oʻg‘irlaganga oʻxshaydistart superscript, 6, end superscript.
Ushbu ilk mutafakkirlarning g‘oyalari zamonaviy hujayra nazariyasida umumlashtirilgan boʻlib, unda shunday deyilgan:
  1. Barcha tirik mavjudotlar bir yoki koʻp hujayradan tashkil topgan.
  2. Hujayra – hayotning asosiy birligi.
  3. Yangi hujayralar oldin mavjud boʻlgan hujayralardan paydo boʻladi.
Bularning hammasi yaxshi va zoʻr, ammo bu sizni hayron qoldirishi mumkin: agar barcha hujayralar boshqa hujayralardan paydo boʻlsa, dastlabki hujayra qayerdan paydo boʻlgan? Hayotning paydo boʻlishini koʻrib chiqqach, keyingi maqolalarda ushbu oʻylantiradigan masalaga qaytamiz.