If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Funksional guruhlar

Funksional guruh nima ekanligi. Funksional guruhlarning biologik molekulalarda uchrovchi asosiy turlari.

Kirish

Uglevodorodlar butunlay vodorod va ugleroddan tashkil topgani bois juda ham ajoyib yonilgʻilarni hosil qiladi (propan, butan, benzin va boshqalar). Lekin siz tirik organizmlar faqatgina yonilgʻilardan tashkil topishiga ishonasizmi? Yoʻq, albatta. Koʻplab makromolekulalar uglerod va vodoroddan tashqari boshqa atomlardan ham tashkil topgan. Bu qoʻshimcha atomlar uglevodorodlarda yoʻq boʻlgan xossalarni oʻsha moddaga bera oladi.

Funksional guruhlar

Umuman olganda, yirik biologik molekulalar uglerod skeleti (vodorod va uglerod atomlaridan tashkil topgan zanjir) va kislorod, azot, oltingugurt kabi atomlardan tashkil topgan boʻladi. Koʻpincha ushbu qoʻshimcha atomlar funksional guruhlar tarkibida uchraydi. Funksional guruhlar qaysi bir molekula tarkibida topilgan boʻlishiga qaramay, maʼlum bir izchil “funksiya”lar (reaksiyaga kirishuvchanlik va boshqa xossalar)ni bajaradi. Biologik molekulalar funksional guruhlarning turli xil tur va birikmalaridan tarkib topgan boʻlishi mumkin va bu funksional guruhlar makromolekulaning ayrim bir xususiyatlari: strukturasi, eruvchanligi va reaksiyaga kirishuvchanligiga taʼsir qiladi.
Quyidagi rasmda eng muhim boʻlgan funksional guruhlar koʻrsatib oʻtilgan. Funksional guruhlar qutbliligi jihatidan gidrofob va gidrofil guruhlarga boʻlinadi. Quyidagi jadvalda bitta gidrofob funksional guruh bu qutbsiz metil (CH3) guruhi, xolos. Jadvaldagi qolgan oltita funksional guruh turli darajadagi gidrofil guruhlardir.
Kuchli gidrofil guruhlardan biri bu karboksil (COOH) guruhidir. Bu funksional guruh kislota vazifasini bajara oladi va bitta protonini yoʻqotib, manfiy zaryadlangan ionga (COO) aylana oladi. Karboksil guruhlar koʻpincha aminokislotalar, yogʻ kislotalar va boshqa biomolekulalar tarkibida uchraydi. Kuchsizroq gidrofil funksional guruh bu karbonil (C=O) guruhidir. Bu funksional guruh zaryadlanmagan, ammo qutbli (qisman manfiy va qisman musbat zaryadlangan atomlarga ega) guruhdir. Karbonil guruhlar turli xil biologik molekulalar: oqsillar, peptidlar va uglevodlar tarkibida uchraydi.

Biologiyada koʻp uchrovchi funksional guruhlar

Funksional guruhStrukturasiXossalari
Gidroksil
Qutbli
Metil
Qutbsiz
Karbonil
Qutbli
Karboksil
Koʻplab biologik tizimlarning pH ida zaryadlangan holatda boʻladi (R-COO ni hosil qiladi). Karboksil guruhlar H+ ionini eritmaga chiqargani uchun kislotali funksional guruh sifatida qaraladi.
Amino
Koʻplab biologik tizimlarning pH ida zaryadlangan holatda boʻladi (R-NH3+ ni hosil qiladi). Amino guruhlar OH ionini eritmadan ajratib chiqargani uchun asosli funksional guruh deb qaraladi.
Fosfat
Koʻplab biologik tizimlarning pH ida zaryadlangan holatda boʻladi ( R-OPO32 ni hosil qiladi). Fosfat guruhlar H+ ionini eritmaga chiqargani uchun kislotali funksional guruh sifatida qaraladi.
Sulfigidril
Qutbli
Jadval OpenStax Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
Yuqoridagi jadvalda R harfi funksional guruh birikkan molekulaning qolgan qismlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Misol uchun, R agar etil (CH2CH3) guruhi boʻlsa, jadvalning birinchi qismi etanol boʻladi. Biroq R oqsil kabi kattaroq molekulaning asosiy qismini ham ifodalashi mumkin. R harfi kimyo va biologiyada kimyoviy birikmalarning strukturasini soddalashtirish va molekulaning eng muhim qismlarini (koʻpincha funksional guruhlarni) ajratish uchun ishlatiladi.