Asosiy kontent
Uniporterlar, simporterlar va antiporterlar
Uniporter, simporter va antiporterlar moddalarni hujayra membranasi boʻylab tashishda ishlatiladigan oqsillar hisoblanadi. Uniporterlar yengillashgan diffuziyada qatnashadi va substrat molekulasiga bogʻlanib, uning konsentratsiya gradiyentiga koʻra harakatini taʼminlaydi. Simporter va antiporterlar esa aktiv transportda qatnashadi. Antiporter molekulalarning qarama-qarshi tomonga harakatini taʼminlaydi, simporterlar esa molekulalarning bir tomonga harakatini taʼminlaydi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.