If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Tanishing, Erin Keyn!

Tanishing, Erin Keyn. Uning sohasi primatolog va balerina!

Salom, Men Erin Keynman!

Sizning kasbingiz nima?

Men primatologman va ayni damda antropologiya yoʻnalishida doktorlik dissertatsiyam ustida Ohayo shtati universitetida ishlayapman. Primatologiya insonning xulq-atvori, biologiyasi va madaniyatini oʻrganadigan antropologiyaning bir qismi ekanini eshitib koʻpchilik hayron qoladi. Aksariyat odamlar inson madaniyatini oʻrganadigan madaniy antropologiya bilan yaxshi tanish va men primatologiyani ham shu qatorga kiritishni yaxshi koʻraman. Biz inson biologiyasini, ekologiyasini, anatomiyasini va xulq-atvorini eng yaqin qarindoshlarimiz – primatlarning xususiyatlarini oʻrganib chiqib taqqoslaymiz.
Erin Keinning fotosurati
Meni ekologiya va xulq-atvor oʻrtasidagi munosabatlar juda qiziqtiradi. Hozir Kotdyuvarning Tai milliy bogʻida yashovchi Diana maymunlarining xulq-atvoriga, ovqatlanish ekologiyasiga va endokrinologiyasiga taʼsir koʻrsatadigan dissertatsiyamni yakunlashga astoydil harakat qilyapman.
Meva yeyotgan maymun.
Bu eng sevimli mevasini yeyotgan Diana urgʻochi maymuni, yaʼni Sakoglottis Gabonensis.
Mening tadqiqotlarim juda qiziqarli, chunki u turfa xillikka boy. Men 19 oy davomida yashil oʻrmonda oʻzimning dissertatsiya tadqiqotimni oʻtkazdim, bu asosan maymunlar guruhlarini, ularning ijtimoiy va ovqatlanish xatti-harakatlarini kuzatish va har qanday axlat namunalarini toʻplashni oʻz ichiga oladi. Men AQSHga qaytib borganimda, ularning stressi va koʻpayishini baholay olish uchun toʻplangan axlat namunalaridan gormonlar konsentratsiyasini laboratoriyada ishlab tahlil qilaman. Men ham koʻp yozish ishi bilan shugʻullanaman va oʻzimning kafedramda boshlangʻich antropologiya darslarini olib boraman.
Verandali qalay bilan qoplangan uy.
Bu mening yashil oʻrmondagi uyim!

Biologiyaga qanday qilib qiziqib qoldingiz va nimalarni oʻrgandingiz?

7-sinfda oʻqiyotganimda dadam meni 1960–1970-yillarda Tanzaniyadagi shimpanzelarni oʻrganish tajribasi haqidagi Jeyn Gudalning “Odamlar soyasida” kitobini oʻqishga undagan. Men kitobni juda ham yaxshi koʻrib qolganman va 12 yoshimda oʻz-oʻzimga ulgʻayganimda ana shunday inson boʻlishimni aytganman! Oʻshandan beri shu maqsadga qarab intilaman.
Men Afrikada ishlashni xohlayotganimni bilardim, shuning uchun oʻrta maktabda fransuz tilini oʻrganishga qaror qildim va keyinchalik kollejda suaxili tilini oʻrganish imkoniyatiga ham ega boʻldim. Mening juda ajoyib oʻqituvchilarim bor edi, jumladan, mening 8-sinf oʻqituvchim Jeyn Gudalning alma muammosi yuzasidan bergan maʼruzasini tinglashga meni olib borgan.
Qoʻshma Shtatlarda primatlarni oʻrganayotgan aksariyat professorlar antropologiya inson evolyutsiyasiga bogʻliq boʻlgani uchun shu fakultetda ishlashadi, ammo ekologiya va organizm biologiyasi ham amaliy tadqiqotlar olib borish uchun juda muhimdir. Kollejda ikki karra antropologiya va atrof-muhitni oʻrganishga ixtisoslashganman, shuningdek, dala ishlarida samaraliroq boʻlish uchun afrikashunoslik boʻyicha koʻplab darslarda qatnashganman.
Men paleontologiya laboratoriyasida oʻzimning bakalavr maslahatchim uchun qazilma toshqotmalarini tayyorlaganman. Tab [maslahatchim] meni oʻzi bilan Keniyaga paleontologiya loyihasi boʻyicha olib bordi va menga primatlar boʻyicha dala tadqiqotlarini oʻtkazish yoqish yoki yoqmasligini aniqlash uchun aspirantlaridan biriga dalada yordamchi sifatida ishlashni maslahat berdi, shu sababdan Peruda 5 oy davomida egarli tamarinlarni oʻrganganman.
Baland boʻyli bambuklar orasida harakatlanayotgan Erin.
Amazondagi bambuklar orasida dala tadqiqoti.
Hozir men antropologiya fakultetida primatologiya yoʻnalishi boʻyicha doktorlik dissertatsiyamni tugatmoqdaman. 12 yoshli Erin oʻsib ulgʻayganda kim boʻlishni xohlaganini bilganidan juda mamnunman!
Erinning bolalikda daraxt ustida oʻtirgan surati.
Kichkina Erin daraxt ustida.

Boʻsh vaqtingizda nimalar bilan shugʻullanasiz?

Oromgoh yoki yashil oʻrmonda boʻlmagan paytimda menga eng yoqadigan mashgʻulot – bu raqs. Men, ayniqsa, baletni yaxshi koʻraman, lekin blyuz, belanchak va salsa raqslarini ham yaxshi koʻraman!
Devorga qaragan tosh tepasida, Erin ballet uslubida.
Men Kolumbusdagi mahalliy studiyada dars beraman va dars olaman. Mening ikkita ajoyib mushugim bor – Sadie va Triseratops – va men ular bilan birga boʻlishni, turli xil oʻyinar oʻynashni yoqtiraman (ular juda ham aqlli).
Erinning kompyuter yonida oʻtirgan mushukchasi

Biologiyaga qiziquvchi odamlar uchun sizning maslahatingiz qanday?

Biolog inson kun boʻyi vaqtini laboratoriyada oʻtkazadi deb oʻylamang – albatta, biolog sifatida boshqa qiziqarli narsalar bilan shugʻullanish ham mumkin!
Iloji boʻlsa, hayotingizni nimaga bagʻishlamoqchi ekaningizga ishonch hosil qilishdan oldin kimgadir yordamchi boʻlib ishlang yoki turli xil tadqiqot ishlarida qatnashib koʻring. Masalan, agar haqiqatan ham hasharotlar va oʻrgimchaklarga hushingiz yoʻq boʻlsa, ehtimol, yashil oʻrmonda ishlash sizga toʻgʻri kelmas, ammo oʻzingizning laboratoriya ishlarida juda zoʻr ekaningizni bilsangiz, qiziqishingizni boshqa turli xil savollarga javob berish uchun qaytarishingiz mumkin!