Asosiy kontent
Biologiya
Course: Biologiya > Unit 30
Lesson 1: Biologiya mutaxassislari bilan tanishingTanishing, Paul Nioi!
Tanishing, Paul Nioi, biotibbiy tadqiqotchi olim va dunyo sayohatchisi!
Izoh: “Amgen” jamgʻarmasi Xan akademiyasining biologiyaga taalluqli qismini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻ ajratadi.
Salom, mening ismim Paul Nioi!
Sizning kasbingiz nima?
Men “Amgen” tadqiqot va rivojlantirish guruhi olimiman. Men ishlab chiqarilayotgan dori vositalari xavfsizligini va ular hech qanday jiddiy nojoʻya taʼsir koʻrsatmasligini taʼminlash boʻyicha faoliyat yuritaman.
Buning uchun biz laboratoriyamizda inson hujayralarini boshqarish va inson genomidagi oʻzgarishlar qanday taʼsirga olib kelishi mumkinligini oʻrganish borasida koʻp ish olib boramiz. Dori ishlab chiqarish sanoati juda qiziq, chunki men nafaqat ilm-fanga, balki biznesga ham aloqador shaxs hisoblanaman.
Biologiyaga qanday qilib qiziqib qoldingiz va nimalarni oʻrgandingiz?
Mening qiziqishlarim bolaligimga taqaladi. Dadam neft konida ishlagan va u har doim neft namunalarini olib kelar edi, bu mening kimyoga qiziqishimni oshirgan. Shu bilan birga, onam shifokor boʻlib ishlagan va men uning bemorlarni davolashda qanday yordam berayotgani haqida eshitishni juda yaxshi koʻrardim. Bolaligimdagi ushbu voqealar kasalliklarni davolash uchun meni sogʻliqni saqlash bilan ilm-fanni birlashtirishga undadi va aniq eslay olamanki, shundan beri bu mening diqqat markazimda boʻlib kelmoqda.
Universitet davomida men farmakologiya, kasalliklarni davolash va dorilar ishlab chiqarishni oʻrganganman. Mening doktorlik ishim ham amaliy boʻlib, men inson tanasi stressga qanday javob berishini oʻrganganman.
Boʻsh vaqtingizda nimalar bilan shugʻullanasiz?
Mening uch farzandim bor, shuning uchun men doimo ular bilan boʻlaman. Boʻsh vaqtimda yugurish, sanʼat va sayohat bilan shugʻullanishni yaxshi koʻraman. Yugurish men uchun terapiya muolajasi hisoblanib, bu vaqtda menda eng yaxshi gʻoyalar rivojlanadi.
Ilm koʻp ijodkorlikni talab qiladi, shuning uchun men sanʼatni qadrlayman va muzey, galereyalarga borishni juda ham yaxshi koʻraman. Men sayohat safarlariga yoshligimda duch kelganman, chunki asli Shotlandiyadanman, ammo otam italiyalik. Men bu ehtiroslarni uygʻunlashtirganimda har doim xursand boʻlib ketaman.
Biologiyaga qiziquvchi odamlar uchun sizning maslahatingiz qanday?
Odamlar sizni yangi narsalarni sinab koʻrish va tajriba oʻtkazishdan qaytarishiga yoʻl qoʻymang. Odamlar har doim ham oʻzlarini eng yaxshi bilagʻon deb oʻylashadi, lekin men ilgari tadqiqotlar orqali ayrim fikrlar butunlay notoʻgʻri ham boʻlishi mumkinligini bilib oldim.
Biologiyaning haqiqiy goʻzalligi yangi narsalarni sinab koʻrish, maʼlumotlarni yigʻish, ular orqali biror nima oʻrganish va shunga mos ravishda ularni oʻzgartirishdir.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.