Monomerlar, polimerlar, degidratatsiya sintezi va gidroliz reaksiyalari haqida koʻproq bilib oling! Bular sizga turli xildagi makromolekulalarni oʻrganishingizga yordam beradi.
Koʻp shirinlik isteʼmol qilasizmi! Turli xildagi uglevod molekulalari: ularning tuzilishi, kimyoviy xossalari va ular oʻzaro qanday qilib zanjir hosil qilishi haqida batafsil bilib oling. Glyukoza (qon tarkibining asosiy uglevodi), saxaroza (isteʼmol shakari) va fruktoza (meva shakari).
Yogʻlar uzun dumlarga ega chiroyli molekulalar ekanligini bilarmidingiz? Yogʻlarning tuzilishi, vazifalari va boshqa turdagi lipidlar, jumladan, hujayra membranasini hosil qiluvchi xolesterin va fosfolipidlar haqida kengroq bilib oling.
“Genetik material” sifatida muhokama qilingan DNK haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Aslida DNK nima, u sizda qayerdan paydo boʻlgan? DNKning tuzilishi va xossalari hamda uning qarindoshi boʻlgan RNK haqida batafsil bilib oling.
Oqsillar hujayraning ajoyib uskunalari hisoblanadi. Oqsil molekulasini hosil qiluvchi aminokislotalar va peptid zanjir tarkibida ularning qanday bogʻlanishi haqida maʼlumotga ega boʻling. Bundan tashqari, oqsil qanday qilib oʻz shakliga ega boʻlishi va bu uning vazifasi uchun qanchalik muhimligini bilib oling.