Asosiy kontent
Biologiya
Course: Biologiya > Unit 1
Lesson 3: Suv va hayotDars xulosasi: suv va hayot
Asosiy atamalar
Atama | Mazmuni | |
---|---|---|
Qutbli molekula | Qisman musbat va qisman manfiy qismlar boʻlishini taʼminlovchi asimmetrik ichki zaryad taqsimotiga ega boʻlgan neytral yoki zaryadlanmagan molekula. | |
Kogeziya | Muayyan turdagi molekulalar orasidagi oʻzaro tortishish | |
Adgeziya | Har xil turdagi molekulalar orasidagi oʻzaro tortishish | |
Zichlik | Moddaning birlik hajmiga toʻgʻri keladigan massasi | |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | Bir gramm modda haroratini bir kelvinga oshirish uchun sarflanadigan issiqlik miqdori | |
Bugʻlanish issiqligi | Bir gramm suyuqlik massa birligini turgʻun haroratda gaz holatiga oʻtishi uchun zarur energiya miqdori |
Suvning oʻziga xos xossalari
- Suv qutblidir. Suv molekulalari qutbli, vodorodlar qisman musbat, kislorodlar esa qisman manfiy zaryadga ega boʻlib, egilgan umumiy strukturaga ega. Buning sababi shundaki, kislorod koʻproq elektromanfiy, yaʼni elektronni jalb qilishda vodoroddan ustunroqdir.
- Suv eng yaxshi erituvchi. Suv koʻpgina qutbli va ionli moddalarni eritib yuboruvchi noyob xossaga ega. Bu barcha tirik mavjudotlar uchun juda muhimdir, chunki suv aylanish jarayonida oʻzi bilan birga koʻpgina kerakli oziq moddalarni ham tashiydi!
- Suv yuqori issiqlik sigʻimiga ega. Muayyan miqdordagi suvning haroratini bir darajaga koʻtarish uchun juda koʻp energiya talab etiladi, shuning uchun suv atrof-muhit haroratini tartibga solishda yordam beradi. Masalan, bu xususiyat atmosferadagi oʻzgaruvchan haroratga qaramasdan hovuzdagi suvning harorati kundan tungacha nisbatan barqaror turishiga imkon beradi.
- Suv yuqori bugʻlanish issiqligiga ega. Odamlar (va terlaydigan boshqa hayvonlar) sovitish uchun suvdagi yuqori bugʻlanish issiqligidan foydalanadi. Bugʻlanish issiqligiga erishganda suv suyuq shakldan bugʻ shakliga oʻtadi. Ter asosan suvdan iborat boʻlgani sababli bugʻlanadigan suv tanadagi ortiqcha issiqlikni oʻzlashtiradi va u atmosferaga chiqariladi. Bu sovituvchi bugʻlanish deb nomlanadi.
- Suv kogeziv va adgeziv xususiyatlarga ega. Suv molekulalari bir-biri bilan vodorod aloqalarini hosil qilish qobiliyati tufayli kuchli kogeziv (biriktiruvchi) kuchlarga ega. Kogeziv kuchlar uchun suyuqlik yuzasi zoʻriqish yoki stress ostida qolganda uning yorilishga qarshi xizmat qiluvchi sirt tarangligiga moyillik uchun javobgardir. Suv, shuningdek, oʻzidan boshqa moddalarga ham yopishib olishga imkon beruvchi adgeziv (yopishish) xossalarga ham ega.Ushbu kogeziv va adgeziv xossalar hayotning koʻp shakllarida suyuqlikni tashish uchun zarurdir. Masalan, ular ozuqa moddalarini daraxtning tepasiga tortishish kuchiga qarshi tashishga imkon beradi.
- Suv qattiq holatga qaraganda suyuq holatda zichroqdir. Suv muzlashi natijasida molekulalar kristall tuzilishga oʻtib, natijada molekulalar orasini suyuq holatdagidan koʻra koʻproq uzoqlashtiradi. Bu shuni anglatadiki, muzning zichligi suvga nisbatan kamroq, shuning uchun u suv ustida qalqiydi.Bu xususiyat muhimdir, chunki u koʻlmaklar, koʻllar va okeanlarni qattiq muzlashdan asraydi va hayotni muzli zamin ostida gullab-yashnashiga imkon beradi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Suv hamma narsani eritadi, chunki u “universal erituvchi”dir. Suv koʻp moddalarni eritishi mumkin, ammo “universal erituvchi” tushunchasi adashtiruvchi tushunchadir. Suv turli qutbli molekulalarni va ionlarni, masalan, shakar va tuzlarni eritishga qodir. Biroq qutbsiz molekulalardan boʻlgan yogʻlar qisman musbat yoki qisman manfiy zaryadlarga ega emas, shuning uchun ular suv molekulalariga tortilmaydi. Shu sababli yogʻga oʻxshash qutbsiz tarkibli moddalar suvga qoʻshilganda alohida boʻlib ajraladi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
- lidryoiet3opowiowrhiqwhdelqjkew(1 ta ovoz)