If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Nazorat qilinadigan tajribalar

Olimlar tajriba va gipotezalarni tekshirish uchun kuzatuvlarni amalga oshirishni qanday olib boradi?

Kirish

Biologlar va boshqa olimlar tabiiy olam haqidagi savollarni soʻrashda ilmiy usuldan foydalanishadi. Ushbu ilmiy usul kuzatish bilan boshlanadi va olimni savollar berishga undaydi. Keyin u shu asnoda ushbu savolga javob bera oladigan, tekshirilishi kerak boʻlgan izoh – gipotezani taklif qiladi.
Gipoteza har doim ham toʻgʻri boʻlavermaydi. Bu “eng zoʻr taxmin”, xolos, uning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini tekshirib koʻrish esa olimlar zimmasida. Olimlar gipotezani bashorat qilish orqali tekshirishadi: agar X gipoteza toʻgʻri boʻlsa, unda Y ham toʻgʻri boʻlishi kerak. Keyin olimlar oʻzlarining taxminlari toʻgʻriligini sinash uchun tajribalar oʻtkazishadi yoki kuzatuv olib borishadi. Agar qilingan bashorat toʻgʻri boʻlsa, gipoteza oʻz tasdigʻini topadi. Agar u notoʻgʻri boʻlsa, unda boshqa bir yangi gipotezaga yoʻl beriladi.

Gipotezalar qanday tekshiriladi?

Imkon boʻlganda olimlar oʻzlarining farazlarini nazoratli tajribalardan foydalanib tekshiradi. Nazoratli tajriba – bu nazorat qilinadigan sharoitlarda amalga oshiriladigan ilmiy tekshiruv, yaʼni faqat bitta (yoki bir nechta) omil vaqti-vaqti bilan oʻzgartirilib, qolganlari doimiy bir xillikda saqlanadi. Nazoratli tajribalar bilan keyingi boʻlimda yaqinroq tanishib chiqamiz.
Ayrim hollarda (amaliy yoki axloqiy sabablarga koʻra) nazoratli tajriba orqali gipotezani tekshirishning iloji boʻlmaydi. Bunday holatda olim gipotezaning toʻgʻriligini tabiatda uchratish mumkin boʻlgan namunalardan bashorat qilish orqali tekshirib koʻrishi mumkin. Keyinchalik u bunday namunalar aslida ham mavjud yoki yoʻqligini tekshirish uchun maʼlumot toʻplashi mumkin.

Nazoratli tajribalar

Nazoratli tajribaning muhim tarkibiy qismlari nimalardan iborat? Tasavvur qilish uchun bitta oddiy (hatto ahmoqona) bir misolni koʻrib chiqamiz.
Aytaylik, men oshxonamdagi deraza oldida loviya oʻsimliklarini oʻstirishga qaror qildim. Loviya urugʻlarini tuproq solingan tuvakka solib, deraza tokchasiga qoʻyaman va ularning oʻsib chiqishini kutaman. Biroq bir necha hafta oʻtgach qarasam, hech qanday oʻsimlik yoʻq. Nima uchun? Xoʻsh... men urugʻlarni sugʻorishni unutganman. Demak, suv yetishmasligi tufayli ular oʻsmagan deb faraz qilaman.
Qilgan gipotezamni tekshirish uchun nazoratli tajriba oʻtkazaman. Ushbu tajribada ikkita bir xil tuvakdan foydalanaman. Har ikkala tuvakdagi bir xil tuproqqa oʻntadan loviya urugʻini ekib, ikkalasini ham yonma-yon qilib, deraza tokchasiga qoʻyaman. Bu ikki tuvakda faqat birgina narsa farqli boʻladi:
  • Loviya ekilgan tuvakning biri har kuni kunduzi sugʻoriladi.
  • Ikkinchi loviya urugʻi esa umuman sugʻorilmaydi.
Bir haftadan soʻng, sugʻorilgan tuvakdagi oʻnta loviyadan toʻqqiztasi oʻsib chiqdi, sugʻorilmagan tuvakdagi loviyalardan esa hech qaysi biri oʻsib chiqmadi. Aftidan, “urugʻlarga suv kerak” degan gipotezamiz toʻgʻriga oʻxshaydi.
Keling, ushbu oddiygina misol qanday qilib nazoratli tajriba qismlarini koʻrsatib berishiga nazar solamiz.
1-panel: ikkita bir xil tuvak tayyorlandi. Har bir tuvakka 10 tadan loviya urugʻi ekildi. Tuvaklar deraza oynasiga yaqin joylashtirildi.
2-panel: bitta tuvak (tajriba guruhi) sugʻorildi. Boshqa tuvak (nazorat guruhi) sugʻorilmadi. Berilgan suv miqdori erkli oʻzgaruvchi hisoblanadi.
3-panel: tajriba guruhidagi (sugʻorilgan) tuvakda 10 tadan 9 ta urugʻ oʻsib chiqdi. Nazorat guruhidagi (sugʻorilmagan) tuvakda esa 10 tadan bitta ham urugʻ oʻsib chiqmadi. Oʻsib chiqqan urugʻ qismi erksiz oʻzgaruvchidir.

Nazorat va tajriba guruhi

Ushbu tajribada ikkita guruh mavjud va ular bir xil, faqat biriga eʼtibor beriladi (sugʻoriladi), boshqasiga esa yoʻq. Tajribada eʼtibor berilayotgan guruh (bu yerda sugʻoriladigan tuvak) tajriba guruhi, eʼtibor berilmayotgan guruh (bu yerda quruq tuvak) esa nazorat guruhi deb ataladi. Tajriba guruhi eʼtiborning samaraga ega ekanini bizga namoyon qiladigan asosni taqdim etadi.

Erkli va erksiz oʻzgaruvchilar

Nazorat va tajriba guruhlari oʻrtasida farqli boʻlgan omil (ushbu misolda suv miqdori) erkli (erkin) oʻzgaruvchi deb nomlanadi. Ushbu oʻzgaruvchi erkli, chunki uning oʻzgaruvchanligi tajribada nima sodir boʻlishiga bogʻliq emas. Aslida u tajriba egasi tanlagan narsadir.
Boshqa tomondan, tajribadagi erksiz oʻzgaruvchi qilingan eʼtiborning samaradorligini aniqlash uchun oʻlchangan javobdir. Bu holda loviya urugʻlari oʻsib chiqqan qism erksiz oʻzgaruvchidir. Erksiz oʻzgaruvchi (urugʻlarning oʻsib chiqqan qismi) erkli oʻzgaruvchi (suv miqdori)ga bogʻliq, aksincha emas.
Tajribaga oid maʼlumotlar (inglizcha data) tajriba davomida oʻtkazilgan kuzatishlardir. Bizning holatda biz toʻplagan maʼlumot bir haftadan soʻng har bir tuvakda oʻsib chiqqan loviya niholchalarining sonidir.

Oʻzgaruvchanlik va takrorlanish

Sugʻorilgan oʻnta loviya urugʻidan faqat toʻqqiztasi oʻsib chiqdi. Oʻninchi urugʻga nima qildi? Ushbu urugʻ jonsiz, nosogʻlom yoki shunchaki sekin oʻsib chiqadigan urugʻ boʻlgan boʻlishi mumkin. Ayniqsa, (murakkab va tirik jonzotlarni oʻrganuvchi) biologiyada tajriba uchun foydalaniladigan materiallarda oʻzgaruvchanlik boʻladi. Bu yerda loviya urugʻlari tajriba oʻtkazuvchi bila olmaydigan narsadir.
Oʻzgaruvchanlik potensiali tufayli biologik tajribalar katta miqdordagi namunalarga ega boʻlishi va ideal holatda tajriba bir necha marta takrorlanishi kerak. Namuna hajmi tajribada tekshirilgan har bir narsaning sonini bildiradi – bu holda 10 soni har bir guruhdagi loviyalar urugʻi soni. Koʻpgina namunalarga ega boʻlish va tajribani qayta-qayta oʻtkazish tasodifiy oʻzgarishlar tufayli notoʻgʻri xulosaga kelish ehtimolini kamaytiradi.
Biolog va boshqa olimlar tasodifiy farqlarni haqiqiy farqlardan ajratishga yordam berish uchun statistika testlaridan foydalanishadi (masalan, tajribaviy va nazorat guruhlarini solishtirayotganda).

Nazoratli tajribaga oid amaliy tadqiqot: CO2 va koral poliplarining oqarishi

Nazoratli tajriba uchun haqiqatga yaqinroq misol sifatida, keling, koral poliplarining oqarib qolishiga oid soʻnggi amalga oshirilgan tadqiqotni koʻrib chiqaylik. Odatda korallar ichida mayda fotosintetik organizmlar yashaydi va oqarib qolish ular koralni tark etgandan soʻng, asosan atrof-muhit taʼsirida sodir boʻladi. Quyidagi rasmda oldinda oqarib qolgan va orqada sogʻlom koral koʻrsatilgan.
Quyidagi rasmda oldinda oqarish sodir boʻlgan va orqada jigarrang sogʻlom koral koʻrsatilgan.
Manba: “Keppelbleaching” (CC BY 3.0).
Oqarishning sabablari ustida qilingan koʻplab tadqiqotlarda suvning haroratiga eʼtibor qaratiladi1. Biroq bir guruh avstraliyalik tadqiqotchilar boshqa omillar ham muhim boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisidagi gipotezani ilgari surdilar. Xususan, okean suvini kislotalilik xossasini oshiradigan CO2 ning yuqori darajasi oqarishga ham sharoit tugʻdirishi toʻgʻrisidagi gipotezani tekshirib koʻrishdi2.
Siz ushbu gipotezani tekshirish uchun qanday tajribani amalga oshirgan boʻlar edingiz? Quyidagilar haqida oʻylab koʻring:
  • Nazorat va tajriba guruhlari qaysilar boʻlar edi?
  • Erkli va erksiz oʻzgaruvchilar-chi?
  • Har bir guruhdan qanaqa natijalarni bashorat qilgan boʻlar edingiz?
Sinab koʻrdingizmi?

Tajriba orqali sinalmaydigan gipoteza tekshiruvlari

Gipotezalarning ayrim turlari axloqiy yoki amaliy sabablarga koʻra nazoratli tajribalarda tekshirilishi mumkin emas. Masalan, virusli infeksiya haqidagi gipotezani sogʻlom odamlarni ikki guruhga boʻlish va bir guruhni virus bilan zararlash orqali tekshirib boʻlmaydi: sogʻlom odamlarni virus bilan zararlash xavfli yoki odob-axloq jihatidan toʻgʻri kelmaydi. Xuddi shunga oʻxshab, yomgʻirlar taʼsirlarini oʻrganayotgan ekolog ham, qitʼaning bir qismida yomgʻir yogʻdirib, ikkinchi qismini nazorat guruhi sifatida quruq qilib saqlay olmaydi.
Bunday vaziyatlarda biologlar gipotezani tekshirishning tajribaviy boʻlmagan shakllaridan foydalanishi mumkin. Tajribaviy boʻlmagan gipoteza tekshiruvida tadqiqotchi gipoteza toʻgʻriligini, tabiatda uchratish mumkin boʻlgan kuzatuvlar yoki misollarni bashorat qiladi. Keyinchalik u bunday misollar aslida mavjud yoki yoʻqligini bilib, maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi.

Amaliy tadqiqot: korallarning oqarishi va harorat

Korallar oqarishining ilk tadqiqotlari kuzatuvga asoslangan gipoteza tekshiruviga yaxshi misol boʻladi. Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, oqarish korallar oʻz ichida yashaydigan fotosintetik mikroorganizmlarni yoʻqotishi natijasida sodir boʻladi va bu ularning oq rangga kirishiga olib keladi. Tadqiqotchilar suvdagi yuqori harorat oqarishga sabab boʻlishi mumkinligini taxmin qilganlar va ular bu gipotezani kichik masshtabda (ajratib olingan koral qismlarini akvariumlarda saqlash orqali) tekshirib koʻrdilar3,4.
Biroq ekologlar hammasidan ham koʻra korallarning xilma-xil turlari oʻzlarining tabiiy muhitida ham oqarishiga suvning harorati sabab boʻlmoqdami yoki yoʻqligini bilishmoqchi edi. Ushbu kengroq savolga tajribaviy tarzda javob berish ilojsiz, chunki barcha korall riflari atrofidagi suv haroratini sunʼiy tarzda oʻzgartirish aqlga sigʻmaydigan (yoki ilojsiz) ish hisoblanadi.
Yer yuzidagi dengiz sathlari harorati sunʼiy ranglashtirilgan xarita. Issiq ranglar asosan ekvator yaqinida joylashgan issiqroq haroratni, sovuqroq ranglar esa qutbga yaqinroq joylashgan sovuqroq haroratni ifodalaydi.
Manba: “Global dengiz sathi harorati,” / NASA (jamiyat mulki).
Buning oʻrniga tabiiy oqarish suv haroratining oshishi bilan bogʻliq deyilgan gipotezani tekshirish uchun tadqiqotchilar guruhi ayni vaqtdagi suv harorati maʼlumotlari asosida oqarish vaqtini prognoz qilish uchun kompyuter dasturi ishlab chiqishdi. Misol uchun, ushbu dastur odatda rif hududidagi suv harorati oʻrtacha oyda maksimum 1 C yoki undan oshganda muayyan bir rifning oqarib qolishini bashorat qiladi1.
Kompyuter dasturi 1998-yilda koʻplab oqarish hodisalarini, shu jumladan, Avstraliyadagi Katta toʻsiq rifidagi ulkan oqarish hodisalarini ular sodir boʻlishidan bir necha hafta va hattoki oylar oldin bashorat qilishga muvaffaq boʻldi1. Haroratga asoslangan modelning oqarish hodisalarini bashorat qilishi, haqiqatan ham, korall riflarida tabiiy ravishda sodir boʻladigan oqarishga suvning yuqori harorati sabab boʻladi degan ilmiy farazni qoʻllab-quvvatladi.

Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?

Ingliz tilini tushunasizmi? Khan Academyʼning inglizcha saytida boʻlayotgan muhokamalarni koʻrish uchun shu yerga bosing.