Asosiy kontent
Boʻlim: Inson biologiyasi
Boʻlim haqida
Bu boʻlim biologiya kutubxonasining bir qismidir. Mavzular boʻyicha video, maqola va mashqlar bilan tanishib chiqing.Biz insonlar kislorod bilan nafas olamiz. Agar yetarlicha kislorod qabul qilmasak, tanamizdagi hujayralar nobud boʻla boshlaydi. Bu qismda oʻpkada qon va atmosfera oʻrtasida kislorod qanday almashinishi va qon aylanish sistemasi orqali qabul qilingan kislorod qanday qilib butun tanaga yetkazilishi bilan tanishib chiqamiz.
Neyronlar tanamizda signallarni bir joydan boshqa joyga juda tez yetkazib berishga imkon beradigan hujayralardir. Ushbu seminarda biz neyron anatomiyasini va neyronlarning signal uzatish mexanizmini oʻrganamiz.
Oʻrganish
Qon tarkibidagi zararli (qoldiq) moddalar organizmdan qanday chiqarib yuboriladi? Buyraklar orqali. Bu seminarda buyraklar faoliyati bilan tanishib chiqamiz.
Mushaklar ishtirokisiz biz biror-bir harakatni amalga oshira olmaymiz. Ushbu seminar davomida mushak hujayralari qanday tuzilganligi va tanani harakatga keltirish uchun ular qanday qisqarishi bilan tanishib chiqamiz.
Oʻrganish
Tanamiz yot organizmlar, jumladan, kasallik chaqiruvchi bakteriya va viruslarga qarshi qanday kurashadi? Immun tizimi, uning tarkibiga kiruvchi hujayralar va zararli mikroorganizm (patogen)larga qarshi organizmni qanday yoʻllar bilan himoya qilishi haqida batafsil bilib oling.
Oʻrganish
Biology is brought to you with support from the Amgen Foundation