Evolyutsiya, yaʼni davrlar mobaynida organizmlarning genetik tarkibi va irsiy xususiyatlari oʻzgarib boruvchi jarayon haqida koʻproq bilib oling. Tabiiy tanlanish evolyutsiyaning eng muhim mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Tabiiy tanlanish avlodlar davomida organizmlar guruhining oʻzlari yashaydigan muhitga yanada yaxshiroq moslashib olishlarini taʼminlaydi.
Umumiy qilib aytganda, evolyutsiya davrlar osha populyatsiyada allel chastotasining oʻzgarishi hisoblanadi. Ammo bu oʻzgarish qanday sodir boʻladi va uni qanday qilib hisoblash mumkin? Bu qismda biz mana shu savollarga ham nazariy, ham matematik jihatdan javob topishga harakat qilamiz.
Shajara daraxti organizmlarning bir-biriga qanchalik yaqin ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot beradi...lekin evolyutsiya daraxti butun Yer yuzasidagi organizmlar bir-biriga qanchalik yaqin ekanligini koʻrsatadi! Yangi turlarning kelib chiqishi va tirik organizmlar (evolyutsion yaqinligi yoki boshqa xususiyatlariga koʻra) guruhlarga qanday taqsimlanishi haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻling.