If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Boʻlim: Energiya va fermentlar

Tanangiz boʻylab energiya oqimini his qila olasizmi? Yoʻq deb javob berishingiz mumkin (agar yaqin orada kofein (qahva) qabul qilmagan boʻlsangiz), lekin bu haqiqat: bizning tanamizda doimiy ravishda energiya uzatilib turadi. Har xil energiya turlari va ularning qanday qilib bir-biriga aylanishi haqida bilib oling va har bir hujayrangizda sodir boʻladigan metabolik “harakatlar” haqida yanada batafsil oʻrganing.
Kimyoviy reaksiya oʻz-oʻzidan sodir boʻladimi (hech qanday tashqi energiyasiz amalga oshadimi)? Gibbsning erkin energiyasi yordamga keladi! Gibbsning erkin energiyasi oʻzgarishi (ΔG) va buni reaksiyaning oʻz-oʻzidan sodir boʻlish ehtimolini taxmin qilishdagi ahamiyati haqida batafsil bilib oling.
ATF hujayraning “energiya birligi” sifatida taʼriflanishi haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Lekin bu oʻzi nimani anglatadi? ATF energiyani qanday zaxiralashi va uning parchalanishi (gidrolizi) energiya sarfi bilan kechuvchi reaksiyalarni qanday taʼminlashi haqida batafsil bilib oling.
Kunning har bir soniyasida fermentlar deb ataluvchi kichkina molekulyar mashinalar hujayralaringiz ichida toʻxtamasdan ishlab, kimyoviy reaksiyalarni katalizlash va boshqarish orqali sizning hayot faoliyatingizni taʼminlab turibdi. Fermentlarning hujayradagi reaksiyalarni qanday tezlashtirishi va metabolik “yoʻllar”ni boshqarishi haqida koʻproq bilib oling.
Fermentlar kimyoviy reaksiyalarni nazorat qiladi, ammo fermentlarni nima nazorat qiladi? Koʻrinib turibdiki, fermentlar koʻplab molekulalar tomonidan “oʻchirilishi” yoki “yoqilishi” mumkin, ularning ayrimlari hujayrada mavjud boʻlsa, boshqalari tashqaridan qabul qilinadi. Har xil turdagi ferment regulyatorlari, jumladan, sarin gazi, OIV dori vositalari va metabolik yoʻllarning oxirgi mahsulotlari haqida batafsil bilib oling.
Energiya va fermentlar mavzularni qanday tushunganingizni ushbu 9 savolga javob berib sinab koʻring.

Boʻlim haqida

Bu boʻlim biologiya kutubxonasining bir qismidir. Mavzular boʻyicha video, maqola va mashqlar bilan tanishib chiqing.
Biology is brought to you with support from the Amgen Foundation