If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 23: Ekologiya

800 possible mastery points

Boʻlim haqida

Bu boʻlim biologiya kutubxonasining bir qismidir. Mavzular boʻyicha video, maqola va mashqlar bilan tanishib chiqing.
Ekologiyaga oid asosiy tushunchalar bilan tanishmoqchimisiz? Ekologiya oʻzi nima ekanligidan ajablanyapsizmi? Siz toʻgʻri yoʻnalishdasiz! Ajabtovur murakkab va chiroyli tarmoqlarning yaratilishida organizmlar oʻzaro va atrof-muhit bilan qanday taʼsirlashishi haqida batafsil bilib oling.
Siz populyatsiyaning qaysi qismiga kirasiz? Inson va boshqa organizmlar populyatsiyalarga ajratilishi mumkin. Populyatsiya – bir turga mansub, oʻzaro oʻxshash va bir muhitda yashovchi organizmlar guruhi. Ekologlar populyatsiyalarni oʻrganishda va ularning soni kelajakda qanday oʻzgarishini taxmin qilishda foydalanadigan usullar haqida koʻproq bilib oling.
Agar cheksiz resurslar bilan taʼminlansa, har qanday tur koʻpayish orqali butun yer yuzasini egallashi mumkin. Bularga biz butun yer yuzasini qoplab olishini istamaydigan bakteriya, chuvalchanglar, ilonlar kabi organizmlar ham kiradi. Populyatsiyalar qanday oʻsishi va haqiqiy tabiatda populyatsiyalar oʻsishida qanday cheklovlar borligi haqida koʻproq bilib oling.
Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,240 tagacha mahorat ballarini toʻplang
Faqatgina populyatsiyalarning mavjud boʻlishi zoʻr. Ammo har xil turdagi populyatsiyalar bir joyga jamlanganda nima sodir boʻladi? Undan ham yaxshirogʻi – sizda ekologik jamoa paydo boʻladi! Jamoadagi turlar bir-biriga qanday taʼsir etishi haqida koʻproq bilib oling.
Qaysi xususiyat ekologik jamoalarning noqulay hodisalarga nisbatan koʻproq yoki kamroq barqaror boʻlishini taʼminlaydi? Invaziv turlar yangi muhitga kiritilganda nima sodir boʻladi? Ekologik jamoa tuzilishini qanday taʼriflay olishimiz va nima uchun turli xil ekologik jamoalar odatda barqaror boʻlishini bilib oling.
Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,160 tagacha mahorat ballarini toʻplang
Ekosistema nima? Xoʻsh... bu eng kichkina hovuz yoki Amazon yomgʻirli katta oʻrmoni kabi boʻlishi ham mumkin. Biroq qanday boʻlishidan qatʼi nazar, ekosistema jamoa (turlarning oʻzaro munosabatlari) va ularni oʻrab turuvchi muhitdan iborat. Har xil ekosistema turlari va ekologik jamoalarda energiya oqimi qanday kechishi haqida koʻproq bilib oling.
Turli joylarda turlicha hayvon va oʻsimliklarning mavjudligiga hech eʼtibor berganmisiz? Turlarning taqsimlanishi va keng tarqalganlik modellarining orqasida turgan ayrim omillar haqida bilib oling.
Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,240 tagacha mahorat ballarini toʻplang
Keyingisi:

Oraliq test

Ushbu boʻlimdagi barcha mahoratingizni oshiring va 800 gacha mohirlik ballarini toʻplang!
Biology is brought to you with support from the Amgen Foundation