If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Ekosistema nima?

Ekosistema tushunchasi taʼrifi, ekosistema boʻylab modda va energiya oqimi hamda ekosistemani barqarorlashtiruvchi omillar haqida batafsil bilib oling.

Asosiy tushunchalar

  • Ekotizim organizmlar jamoasi bilan birgalikda ular yashaydigan tabiiy muhitdan tashkil topgan.
  • Ekotizimlar turli oʻlchamlarda boʻlishi hamda dengiz, chuchuk suv va quruqlik ekotizimidan tashkil topishi mumkin. Quruqlik ekotizimining katta toifasi biomlar deb ataladi.
  • Ekotizimlarda ham modda, ham energiya saqlanadi. Energiya tizim orqali yorugʻlik energiyasidan issiqlik energiyasiga oʻtadi, modda esa qayta ishlanadi.
  • Biologik xilmaxilligi yuqori boʻlgan ekotizimlar buzilishlarga, yaʼni vayron qiluvchi hodisalarga nisbatan yuqori chidamlilik va qayta tiklanuvchanlik bilan barqarorroq boʻlishadi.

Kirish

Kaliforniya sohilidagi suv havzasi bilan Janubiy Amerikadagi Amazon tropik oʻrmonlarining qanday oʻxshash jihatlari bor? Koʻlami jihatdan juda koʻp turli xil oʻlchamlarda boʻlishlariga qaramay, ularning ikkalasi ham ekotizimga, yaʼni organizmlar jamoasining tabiiy muhit bilan birlashib yashashiga misol boʻladi.
Chapda: “Half Moon” koʻrfazidagi suv havzasi. Oʻngda: Amazon tropik oʻrmonlarining yuqoridan olingan surati. Manba: chapda, Tide pools at Half Moon Bay / Broken Inaglori, CC BY-SA 4.0; oʻngda, Aerial view of the Amazon rainforest / Neil Palmer/CIAT, Center for International Forestry Research, CC BY 2.0.
Eslatib oʻtamiz, jamoa muayyan hududda birgalikda yashovchi barcha turlar populyatsiyalaridan iborat. Ekotizim va jamoa tushunchalari bir-biriga juda yaqin, farqi shuki, ekotizim tabiiy muhitni ham oʻz ichiga oladi, lekin jamoa tabiiy muhitni oʻz ichiga olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, jamoa ekotizimning biotik yoki jonli qismidir. Ekotizim biotik qismdan tashqari abiotik, yaʼni tabiiy muhitni ham oʻz ichiga oladi.
Ekotizimlar kichkina boʻlishi mumkin, masalan, okeanlarning qoyali sohili yonida topilgan suv havzalari bunga misol boʻladi. Yoki juda katta boʻlishi ham mumkin, masalan, Janubiy Amerikadagi Amazon tropik oʻrmonlari. Ekologlar ekotizimlarni oʻrganish chegarasini shunday belgilashlari kerakki, bunda ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob topa olishi lozim.

Ekotizimlar qanday koʻrinishga ega?

Qisqa javob: nihoyatda xilma-xil! Ekotizimlar nafaqat oʻlchami bilan farq qiladi, balki tasavvur qilish mumkin boʻlgan deyarli har bir biotik va abiotik tarkibi bilan ham ajralib turadi.
Baʼzi ekotizimlar dengiz, boshqalari chuchuk suv va yana boshqalari quruqlikdir. Okean ekotizimlari Yer yuzida eng koʻp tarqalgan ekotizim hisoblanadi, chunki okenlar va ulardagi tirik organizmlar Yer yuzining 75% ini tashkil etadi. Chuchuk suv ekotizimlari eng kam tarqalgan boʻlib, Yer yuzining 1,8% ini egallaydi. Yer yuzasining qolgan qismini quruqlik – yer ekotizimlari tashkil qiladi.
Quruqlik ekotizimlari iqlim sharoitlariga qarab, biomlar deb ataluvchi kattaroq turkumlarga guruhlanishi mumkin. Quruqlik ekotizimlariga nam tropik oʻrmonlar, savannalar, choʻllar, ignabargli va bargli oʻrmonlar hamda tundralarni misol qilish mumkin. Quyida berilgan xaritada Yer yuzida biomlarning keng tarqalishi aks ettirilgan.
“Biomlar”. Manba: Biomes: Figure 2 / OpenStax College, Biology, CC BY 4.0
Hattoki biomlar orasida ham nihoyatda katta xilmaxillik mavjud. Masalan, chapdagi rasmda tasvirlangan Sonoran choʻli va oʻngdagi rasmda keltirilgan Boa Vista orolining ichki qismini ham choʻl deb hisoblash mumkin, lekin ular juda farqli ekologik jamoalarni oʻz ichiga oladi. Oʻsimlik va hayvon turlarining koʻpchiligi Sonoran choʻlida yashaydi.
Chapda: “Sonoran choʻli”. Oʻngda: “Boa Vista orolining ichki qismida joylashgan toshloq choʻl (hamada)”. Manba: chapda Sonoran desert / Highqueue, public domain; oʻngda Rock desert (hamada) inside the island of Boa Vista / Ingo Wölbern, public domain

Ekotizimlarda energiya va modda

Ekotizim ekologlari odatda ekotizimlar boʻylab energiya va moddalar harakatini kuzatishga qiziqishadi.
Keyinchalik oziq toʻri – bir organizmlarning bir-biri bilan bilan oziqlanish tarmoqlarini hamda biogeokimyoviy sikl – kimyoviy elementlarning biosfera boʻylab harakatlanish yoʻnalishlarini oʻrganish davomida biz energiya va moddalar harakatini yaqindan koʻrib chiqamiz. Ekotizimda yashayotgan organizmlar tabiiy tanlanish natijasida paydo boʻlgan moslanish xususiyatiga ega boʻlib, bu narsa ularga muayyan bir ekotizimda energiya va moddani oʻzlashtirishga yordam beradi.
Mavzuni yanada batafsil oʻrganishdan oldin energiya va moddaning ekotizim boʻylab asosiy harakatlanish xususiyatlarini koʻrib chiqamiz. Energiya ham, modda ham ekotizimda saqlanadi, ular na yangidan hosil boʻladi, na butunlay yoʻq qilinadi, lekin ekotizim boʻylab boshqa-boshqa yoʻnalishlarda harakatlanadi:
  • Moddalar davriy aylanadi; bir xil atomlar qayta va qayta ishlanadi.
  • Energiya oqimi ekotizim boʻylab yorugʻlik energiyasi sifatida kirib, issiqlik energiyasi sifatida chiqadi.

Moddaning davriy aylanishi

Modda Yer ekotizimlari boʻylab davriy aylanar ekan, u bir ekotizimdan ikkinchisiga oʻtishi mumkin, masalan, ozuqaviy moddalarni daryo yuvib ketsastart superscript, 1, end superscript. Bir atomdan qayta va qayta foydalaniladi. Atomlar turli kimyoviy shakllarga birlashadi va turli organizmlarning tana tuzilishini tashkil qiladi.
Kimyoviy ozuqa moddalarining quruqlik ekotizimi boʻylab qanday harakatlanishini misol sifatida koʻrib chiqamiz. Quruqlikda oʻsuvchi oʻsimlik karbonat angidridni atmosferadan va boshqa ozuqa moddalarni, masalan, azot va fosforni yerdan olib, oʻzi uchun hujayralarni tashkil etuvchi moddalarni hosil qiladi. Hayvon oʻsimlik bilan oziqlanganda esa hayvon organizmi oʻsimlik molekulalarini energiya hosil qilish va hayvon hujayralari uchun quruvchi material sifatida ishlatadi, bu jarayonda atomlar va molekulalar odatda qayta guruhlanib, yangi shakllarga oʻtadi.
Oʻsimlik va hayvonlar hujayrali nafas olishni amalga oshirganda, molekulalar parchalanib, energiya sifatida atmosferaga karbonat angidrid ajralib chiqadi. Xuddi shu kabi ular oʻzlaridan chiqindi ajratishsa yoki halok boʻlishsa, ulardagi kimyoviy birikmalarni bakteriya va zamburugʻlar energiya hamda quruvchi material sifatida ishlatadi. Bunday redutsentlar tuproq va atmosferaga oddiy molekulalarni ajratib chiqaradi, bu molekulalar esa yana keyingi davriy aylanishda ishtirok etadi.
Manba: J. A. Nilsson surati asosida taqdim etildisquared
Davriy aylanish tufayli hozir tanamizni tashkil etuvchi atomlar uzoq va noyob tarixga ega. Ehtimol ular oʻsimliklar, hayvonlar, boshqa odamlar va hattoki dinozavrlarning bir qismi boʻlgandir!cubed

Bir yoʻnalishli – bir tomonlama energiya oqimi

Energiya moddadan farqli oʻlaroq ekotizimda davriy aylana olmaydi. Balki u ekotizim boʻylab bir yoʻnalishda harakatlanib, asosan yorugʻlik energiyasidan issiqlik energiyasiga aylanadi.
Odatda energiya quyosh nuri sifatida ekotizimga kiradi va fotosintez qiluvchi oʻsimlik hamda suvoʻtlar tomonidan kimyoviy shaklda ushlab qolinadi. Soʻng energiya ekotizimga oʻtib, shaklini oʻzgartiradi va organizmlar metabolizmi, chiqindi ajratishi, biri boshqasi bilan oziqlanishida ishtirok etadi, nihoyat, organizmlar nobud boʻladi va parchalanadi.
Har gal energiya shaklini oʻzgartirganda, uning maʼlum miqdori issiqlikka aylanadi. Issiqlik ham energiya hisoblanadi, demak, energiya yoʻq boʻlmadi, lekin u tirik organizmlar uchun energiya manbasi boʻla olmaydi. Oxir-oqibat energiya ekotizimga quyosh nuri orqali kiradi va issiqlikka aylanib, fazoda tarqaladi.
Manba: J. A. Nilsson surati asosida taqdim etildisquared
Energiyaning ekotizim boʻylab bir yoʻnalishli oqimi tufayli har bir ekotizimga oʻz funksiyasini bajarishi uchun doimiy energiya taʼminoti – asosan quyosh nuridan kelyotgan energiya zarur. Energiya bir organizmdan ikkinchi organizmga berilib boradi, lekin davriy aylana olmaydi, chunki uning maʼlum miqdori har bir shaklga oʻtish davrida issiqlik sifatida sarflanib ketadi.

Ekotizimlarning barqarorligi va dinamikasi

Ekotizimlar dinamik tizimlardir, xuddi statik hujayra oʻlik hujayra boʻlgani kabi statik ekotizim ham oʻlik ekotizim boʻlgan boʻlardi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, energiya ekotizim boʻylab toʻxtovsiz oqib oʻtadi va kimyoviy ozuqalar tinimsiz davriy aylanadi. Tuzilishning yuqori darajasida organizmlar tugʻiladi va nobud boʻladi, populyatsiyalar soni oʻzgarib turadi, iqlim sharoitlari mavsumga qarab farq qilib boradi va ularni oldindan taxmin qilish imkoniyati kamayadi.

Muvozanat va buzuvchi omillar

Muvozanat ekotizimning turgʻun holati boʻlib, bunday holatda tabiiy sharoitlarning oʻzgarishi hamda biotik jamoaning tuzilishiga qaramasdan, uning tarkibi va bir xilligi deyarli saqlanib qoladi. Muvozanatni buzuvchi omillar, yaʼni ekotizimning tarkibiga taʼsir qiluvchi hodisalar tufayli ekotizimdagi muvozanat izdan chiqishi mumkin.
Nevada shtatidagi Elko shahri gʻarbida joylashgan “Adobe Range” togʻida Syuzi yongʻini. Manba: Susie Fire in the Adobe Range west of Elko, Nevada / Famartin CC BY-SA 3.0
Baʼzi buzilishlar tabiiy jarayon natijasida sodir boʻladi. Masalan, yongʻin buzuvchi omil boʻlib, yaylov yoki oʻrmon ekotizimida chaqmoq chaqishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Boshqa buzuvchi omillar inson faoliyati natijasidir. Masalan, kislotali yomgʻirlar, oʻrmonlarning kesilishi, suv oʻtlarining koʻpayib ketishi hamda invaziv turlarning kirib kelishi kabilar.
Turli ekotizimlar bir xil buzuvchi omilga turlicha javob qaytaradi; biri tezda qayta tiklansa, boshqasi sekinlik bilan tiklanishi yoki umuman tiklanmasligi mumkin.

Chidamlilik va qayta tiklanuvchanlik

Ekologlar baʼzida 2 ta parametrdan foydalanib ekotizimning buzilishlarga qanday munosabatda ekanini aniqlaydi. Bu parametrlar chidamlilik va qayta tiklanuvchanlikdir. Ekotizimni buzuvchi omillarga qaramasdan muvozanatda qolish qobiliyati chidamlilik deyiladi. Ekotizim buzilganidan keyin tezda yana muvozanat holiga qaytishi qayta tiklanuvchanlik deyiladi. Baʼzi ekologlar chidamlilik qayta tiklanuvchanlikning tarkibiy qismi deb hisoblashadi, chunki tiklanuvchanlik qisqa muddat oraligʻida sodir boʻladistart superscript, 4, comma, 5, end superscript.
Aksariyat ekologlarning fikricha, biologik xilmaxillik ekotizimning barqaror boʻlishida asosiy rol oʻynaydi. Masalan, ekotizimda maʼlum bir ahamiyatga ega boʻlgan faqat bir turdagi oʻsimliklar oʻsganida buzuvchi omillar, aytaylik, qurgʻoqchilik qurgʻoqchilikka chidamsiz boʻlgan oʻsimliklarga ziyon yetkazibgina qolmasdan, butun ekotizimga jiddiy taʼsir koʻrsatardi. Bundan farqli oʻlaroq, agar ekotizimda bir xil funksional ahamiyatga ega bir nechta oʻsimlik turlari boʻlsa, ular orasida qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlib, bunday oʻsimlik butun ekotizimning qurgʻoqchilik davrida tirik qolishiga yordam beradistart superscript, 6, end superscript.
Inson faoliyati natijasida kelib chiqadigan buzuvchi omillarning taʼsirlariga eʼtibor qaratsak, ekotizimning chidamliligi va qayta tiklanuvchanligi katta ahamiyatga ega boʻlib qoladi. Agar buzilish yetarlicha jiddiy boʻlsa, u ekotizimni qayta tiklana olmaydigan darajada oʻzgartirib, boshqa chidamli boʻla olmaydigan holatga tushirib qoʻyadi. Bunday turdagi buzilish ekotizimni doimiy oʻzgartirib yuboradi yoki uning yoʻqolishiga olib keladi.