Asosiy kontent
Biologiya
Course: Biologiya > Unit 23
Lesson 5: Jamoa tuzilishi va xilmaxilligiJamoa tuzilishi
Turlar boyligi va xilmaxilligi. Nima uchun xilma-xil turlarga boy ekosistema barqaror boʻladi. Asos va asosiy turlarning ahamiyati.
Asosiy tushunchalar:
- Jamoa strukturasini turlarning moʻlligi (jamoada mavjud turlar soni) va turlarning xilma-xilligi (ham mavjud turlar soni, ham har bir tur vakillarining nisbiy miqdori) bilan izohlash mumkin.
- Jamoaning strukturasiga abiotik omillar, turlararo munosabatlar, beqarorlik darajasi va tasodifiy hodisalar kabi koʻplab omillar taʼsir koʻrsatadi.
- Ayrim turlar, masalan, asos turlar va tayanch turlar ekologik jamoa tarkibini belgilashda alohida rol oʻynaydi.
Kirish
Turli ekologik jamoalar tarkibida qanday turlar borligi va ularning qanchadan vakillari borligiga qarab bir-biridan katta farq qilishi mumkin. Misol uchun, Arktikadagi ayrim jamoalarda sanoqli turlar mavjud boʻlsa, ayrim tropik oʻrmonlarning har bir kub metrida juda koʻp turlar uchraydi.
Jamoalar orasidagi ushbu farqni izohlashning bir yoʻli bu turlar har xil strukturaga ega deyishdir. Sodda qilib aytganda, jamoa strukturasi uning tarkibi boʻlib, jamoada mavjud turlar soni va har bir tur vakillarining nisbiy miqdorini oʻz ichiga oladistart superscript, 1, end superscript. Bu taʼrifni yanada kengroq qilib, turlar orasidagi barcha munosabat qonuniyatlarini ham oʻz ichiga oladi deyish mumkinsquared.
Ushbu maqolada jamoa strukturasini raqamlar bilan ifodalashning turli yoʻllarini koʻrib chiqamiz. Soʻngra jamoa strukturasiga taʼsir qiluvchi omillarni, xususan, asos va tayanch turlarni koʻrib chiqamiz.
Jamoa strukturasini qanday aniqlash mumkin?
Jamoa tarkibini aniqlashda ekologlar qoʻllaydigan ikkita asosiy tushuncha – turlar moʻlligi va turlar xilmaxilligidir.
Turlar moʻlligi
Turlar moʻlligi bu maʼlum bir jamoadagi har xil turlar sonidir. Agar bir jamoada 30 ta, ikkinchi jamoada esa 300 ta tur boʻlsa, ikkinchi jamoaning turlar moʻlligi birinchi jamoaga nisbatan yuqoriroq boʻladi.
Turga eng boy jamoalar odatda ekvator yaqinida uchraydi. U yerdagi katta miqdordagi quyosh energiyasi (yuqori birlamchi mahsuldorlikni taʼminlaydi), iliq harorat, koʻp miqdordagi yogʻingarchilik, mavsumlar orasida oʻzgarishning kamligi bunga sabab boʻladi. Turlar soni eng kam jamoalar quyosh energiyasi kam tushadigan, sovuq, quruq va hayot uchun noqulay boʻlgan qutblarga yaqin hududlarda uchraydi. Quyidagi xaritada sutemizuvchilarning hududlar boʻylab tarqalishi koʻrsatilgan. (Tur moʻlligi faqat sutemizuvchilar uchun hisoblangan, hamma turlar uchun emas.) Geografik kenglikdan tashqari boshqa omillar ham jamoaning tur moʻlligiga taʼsir qiladi.
Turlar xilmaxilligi
Turlar xilmaxilligi jamoa murakkabligining oʻlchamidir. U ham mavjud turlar soni (turlar moʻlligi), ham har bir tur vakillarining nisbiy miqdorini (turlar qanday tarqalganligini) ifodalaydi. Turlar moʻlligi yuqori boʻlsa va tur vakillarining mutanosib ravishda tarqalishi turlar xilmaxilligining ortishiga olib keladi. Misol uchun:
- Agar daraxt turi son jihatdan mutanosib teng tarqalgan deb olsak, 20 xil daraxt turidan tuzilgan oʻrmon jamoasining xilmaxilligi faqat 5 daraxt turidan tuzilgan oʻrmon jamoasining xilmaxilligiga nisbatan yuqoriroqdir.
- Daraxt turlari son jihatdan teng tarqalgan, 20 ta daraxt turidan tuzilgan oʻrmon jamoasining xilmaxilligi xuddi shuncha daraxt turidan tuzilgan, ammo daraxt turlari son jihatidan teng tarqalmagan (misol uchun, oʻrmondagi daraxtlarning 90, percent i bir turga mansub boʻlgan) oʻrmon jamoasining xilmaxilligiga nisbatan yuqoriroqdir.
Umuman olganda, ekologlar xilmaxilligi yuqori boʻlgan ekologik jamoalar xilmaxilligi kam boʻlgan jamoalarga nisbatan barqarordir (yaʼni ular turli kutilmagan hodisalardan soʻng oʻzini tez tiklaydi), deb hisoblashadi. Buning sababini ekologik tarmoqlar nomli videodarsda koʻrishingiz mumkin. Ammo turlar xilmaxilligi bilan jamoalar barqarorligi oʻrtasida doim ham bogʻlanish kuzatilmaydi. Ayrim hollarda jamoa va ekotizim barqarorligini taʼminlaydigan (turlar xilmaxilligidan tashqari) yanada muhimroq omillar mavjudstart superscript, 5, comma, 6, end superscript.
Jamoa tarkibining shakllanishiga qaysi omillar taʼsir qiladi?
Jamoaning strukturasi oʻzaro taʼsirlashuvchi koʻplab abiotik (jonsiz jismlar) va biotik (tirik organizmlar) omillar natijasidir. Quyida jamoa strukturasiga taʼsir koʻrsatuvchi ayrim omillar keltirilgan:
- Jamoa joylashuvining iqlimga bogʻliqligi.
- Jamoa joylashuvining geografiyaga bogʻliqligi.
- Muhitning geterogenligi (bir xil emasligi)start superscript, 7, end superscript.
- Tasodifiy voqealar yoki tabiiy ofatlarning uchrash tezligi.
- Organizmlar oʻrtasidagi munosabatlar.
Jamoaning strukturasiga uning oʻtmishida boʻlib oʻtgan tasodifiy hodisalar ham taʼsir qilishi mumkin. Misol uchun, maʼlum bir hududga bir dona urugʻ uchib kelib, oʻrnashib qolsa va u rivojlanib, maʼlum vaqtdan soʻng (oʻziga oʻxshash turlarni chetlashtirib) dominant turga aylanishi mumkin. Agar bu urugʻ unib chiqmasa, boshqa unga oʻxshash biroz omadliroq tur hududni egallab, dominant turga aylanadi.
Asos va tayanch turlar
Ayrim turlar jamoa strukturasiga juda kuchli taʼsir koʻrsatib, uning muvozanatini saqlab yoki hatto jamoaning mavjudligini taʼminlab turadi. Bunday oʻziga xos turlarga asos va tayanch turlar kiradi.
Asos turlar
Asos turlar jamoa strukturasida va uning asosiy xususiyatlarini namoyon qilishda juda muhim va takrorlanmas rol oʻynaydi. Ular odatda atrof-muhitni oʻzgartirib, jamoani tashkil qiluvchi boshqa organizmlarni mustahkamlaydi.start superscript, 9, comma, 10, comma, 11, end superscript.
Laminariya (qoʻngʻir suvoʻtlar) Kaliforniya qirgʻoqlari yaqinidagi suvosti oʻrmonlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Laminariyalar oʻziga xos muhit yaratib, suvosti oʻrmonlari jamoasini tashkil qiluvchi boshqa turlarning yashashiga imkon beradistart superscript, 9, end superscript. Korall riflaridagi korallar yana bir asos turlardan biridir. Tirik va oʻlgan korall poliplarining tashqi skeleti riflarning asosini tashkil qilib, ular boshqa turlarni toʻlqinlar va okean oqimlaridan himoya qiladi. Qunduzlar ham toʻgʻonlar qurib, oʻzlari yashaydigan muhitni oʻzgartiradi va asos tur sifatida qaralishi mumkinstart superscript, 9, comma, 11, end superscript.
Tayanch turlar
Tayanch turlar oʻzlarining biomassasi yoki soniga nisbatan jamoa strukturasiga nomutanosib katta taʼsir qiladigan turlardir. Tayanch turlar asos turlardan ikki jihati bilan farq qiladi: ularning yuqori trofik darajaga (yuqori darajadagi yirtqich) tegishli boʻlish ehtimolligi yuqoriroq va bu turlar asos turlarga nisbatan koʻproq yoʻllar bilan taʼsir qilib, oʻz muhitlarini oʻzgartiradistart superscript, 10, comma, 11, end superscript.
Qoʻshma Shtatlarning shimoli-gʻarbiy qirgʻoqlarida yashovchi dengiz yulduzchasi – Pisaster ochraceus tayanch turlarning eng yorqin misolidir. Jamoa ekologiyasi boʻyicha oʻtkazilgan klassik tajribada dengiz yulduzchalari oʻzlari yashaydigan joydan olib tashlangan. Natijada ularning oʻljasi boʻlgan midiyalar keskin koʻpayib, jamoa tarkibi oʻzgargan va turlar xilmaxilligi kamayib ketgan. Dengiz yulduzchalari bor paytda bu yerda 25 ga yaqin moʻylovoyoqlilar va suvoʻt turlari yashagan, lekin ular olib tashlanganda midiyalar boshqa turlarni deyarli toʻliq siqib chiqargan va moʻylovoyoqlilar hamda suvoʻt turlari yoʻqolib ketgan.
Tayanch turlar olib tashlanganda odatda jamoadagi turlar xilmaxilligi keskin kamayadi yoki jamoa tanazzulga uchraydi. Yuqoridagi misolda midiyalar koʻpayib, boshqa turlarni siqib chiqardi. Odatda bunday holat kuzatilmaydi, chunki dengiz yulduzchalari midiyalar sonini nazorat qilib turadi.
Khan Academyʼdan tashqari manbalarni ham kashf qiling
Yuqorida keltirilgan tayanch turlar boʻyicha oʻtkazilgan klassik tajriba haqida koʻproq bilib olishni xohlaysizmi? Quyidagi interfaol material bilan tanishib chiqing. Manba: LabXchange.
LabXchange fanlarni bepul oʻrgatuvchi platforma boʻlib, Garvard universitetining sanʼat va fan fakulteti va Amgen jamiyati tomonidan yaratilgan.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.