DNK Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar uchun irsiy axborotlarni tashuvchi molekula hisoblanadi. Ushbu ajoyib molekulaning tuzilishi va maʼlumotlarni qanday tashishi haqida koʻproq bilib oling.
Bugun biz DNK genetik material ekanligini yaxshi bilamiz: oʻzida genlarni saqlovchi bu molekula ota-onadan farzandlarga oʻtadi va tirik organizmlarning oʻsishi va faoliyatiga oid koʻrsatmalarni oʻzida saqlaydi. Ammo olimlar har doim ham buni bilmagan. Aslida, bir qancha yil davomida izlanuvchilar oqsil genetik materialga aylanadi deb oʻylab yurishgan! DNKning xususiyatlari va u irsiy molekula sifatida qanday aniqlangani haqida koʻproq bilib oling.
Siz biror narsani koʻpaytirganingizda, nusxa qanchalik mukammal boʻlishi kerak? Agar u narsa sizning DNKingiz boʻlsa, yuqoridagi savolning javobi – nusxa juda ham murakkab boʻlishi kerak. DNK koʻchirilishidagi xatoliklar saraton yoki salomatlik bilan bogʻliq boshqa muammolarga olib kelishi mumkin. Hujayralar DNKni toʻgʻri koʻchirish (nusxalash) uchun turli xildagi fermentlardan qanday foydalanishi va bu jarayondagi xatoliklar va DNK shikastlanishini aniqlab, ularni qanday tuzatishi haqida batafsil bilib oling.