If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 18: Rivojlanish biologiyasi

Boʻlim haqida

Bu boʻlim biologiya kutubxonasining bir qismidir. Mavzular boʻyicha video, maqola va mashqlar bilan tanishib chiqing.

Inson tanasi qanday qilib burun boʻshligʻidagi hid retseptorlaridan tortib zararsizlantiruvchi jigar hujayralarigacha boʻlgan turli-tuman hujayralardan tashkil topadi? Rivojlanish davomida hujayralar qanday ixtisoslashishi va ularning taqdirini belgilovchi gen faoliyati haqida koʻproq bilib oling.
Boshidan oyoqlar oʻsib chiqqan pashshani koʻrganmisiz? Qorin qismlari oʻzaro qoʻshilgan ikkita tritonni-chi? Agar koʻrmagan boʻlsangiz, oʻqishda (va tomosha qilishda) davom eting! Bu boʻlimda biz koʻp hujayrali organizm rivojlanishi mobaynida molekulyar signallar va transkripsiya faktorlarining boshqaruv ahamiyati va mana shu signallarda yuzaga kelgan oʻzgarishlar qanday qilib rivojlanish natijalarini hosil qilishi haqida toʻxtalib oʻtamiz.
Rivojlanishning erta davrlarida inson qoʻli va oyoqlari eshkakka oʻxshash tuzilishda boʻlishini bilarmidingiz? Qoʻl va oyoq barmoqlari apoptoz yoki rejalashtirilgan hujayra oʻlimining mahsuli hisoblanadi. Apoptoz jarayoni va uning rivojlanishdagi (va inson tanasidagi) ahamiyati haqida koʻproq bilib oling.
Biology is brought to you with support from the Amgen Foundation